21
qayta qurish siyosati o‗zbek tilshunosligi fanini ham chetlab o‗tmadi.
O‗zbek tilshunosligining yangi avlodlari H.Ne‘matov, E.Begmatov,
N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva kabi olimlar qayta qurish
sharoitida o‗zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‗yicha
respublika va ittifoq matbuotida chiqishlar qildilar. Кo‗tarilgan
masalalarni mohiyatan ikkiga bo‗lish mumkin:
1)
o‗zbek tilshunosligi oldiga 30-40-yillarda qo‗yilgan
vazifa(o‗zbek tili turli sath birliklarining zamonaviy tahlil usullaridagi
mukammal tavsifini berish; adabiy til me‘yorlarini
belgilash,
ta‘limning turli bosqichi uchun zarur bo‗lgan o‗quv qo‗llanmalari,
darslik hamda lug‗atlar yaratish va ommalashtirish)ni bajarib bo‗ldi;
2)
o‗zbek tilini o‗z ichki tabiatidan kelib chiqqan holda alohida
yaxlitlik sifatida o‗rganish uchun shart-sharoit vujudga keldi.
H.Ne‘matov,
N.Mahmudov,
A.Nurmonov,
G‗.Zikrillayev,
R.Sayfullayeva,
O.Bozorov,
B.Mengliyev,
M.Qurbonova,
Sh.Shahobiddinova kabi nazariyotchi tilshunoslarning ishlarida o‗zbek
tilining asl tabiatini ochib berishni maqsad qilib qo‗ygan o‗zbek
substansial tilshunosligi shakllandi va qisqa muddatda jiddiy
yutuqlarni qo‗lga kiritdi.
O‗zbek substansial tilshunosligi yutuqlar quyidagilarda ko‗zga
tashlandi:
Birinchidan,
lison
va
nutq
farqlanmasligi
natijasida
tilshunosligimizda
fonema
va
tovush
,
morfema
va
qo„shimcha
,
leksema
va
so„z
kabi atamalar mohiyatidan kelib chiqilmagan holda,
muqobil atamalar sifatida ishlatilar edi. Lison
va nutqning farqlanuvi
ularni qat‘iy tartiblashtirdi.
Ikkinchidan,
lison va nutqni farqlash grammatikada umumiy va
xususiy ma‘noni farqlash talabini qo‗ydi. Shunga ko‗ra, falsafaning
umumiylik va xususiylik dialektikasi asosida o‗zbek tili grammatik
kategoriyalari tadqiq qilindi.
Uchinchidan,
so‗z turkumlari tasnifi
tilshunosligimizdagi eng
chigal masalalardan biri edi. Masalan, o‗zbek tilida olmosh barcha
mustaqil so‗z turkumini, qolaversa, gap
va matnni ham almashtira
olsa-da, u rus tilidagidek ot, sifat, son turkumiga xos so‗zlar
almashtiruvchisi sifatida talqin qilinar edi. Buning asossizligi ilmiy
isbotini topdi.
22
To„rtinchidan,
taqlidlarning so‗z turkumlari sirasida tutgan o‗rni
ham o‗zbek tili tabiatiga yot edi. Unga chuqur ilmiy tahlillar asosida
mustaqil so‗zlar sirasidan o‗rin berildi.
Beshinchidan,
grammatik qo‗shimchalar mohiyati ham,
ularning
nomlanishi ham o‗zbek tilining tabiatiga mos emas edi. Shu boisdan
so„z o„zgartiruvchi
va
shakl yasovchi
atamalari ostida o‗rganiluvchi
hodisalar qayta ko‗rib chiqildi va
sintaktik shakl hosil qiluvchilar
hamda
lug„aviy shakl hosil qiluvchilar
atamasi ostida qayta
tasniflandi.
Oltinchidan, gap markazi
tushunchasi
fanga kiritilib, u asosda
o‗zbek tilining gap qurilishiga xos substansial mohiyati ochildi va
o‗zbek tilida gapning eng kichik qurilishi
Do'stlaringiz bilan baham: