19
2.
Leksika.
3.
Leksikografiya.
4.
Derivatsiya.
5.
Grammatika.
6.
Punktuatsiya.
7.
Dialektologiya.
9.
Frazeologiya.
10.
Morfemika.
11.
Uslubiyat.
12.
Til tarixi.
Bu sohalarning barchasi bo‗yicha O‗zR
FA Alisher Navoiy
nomidagi Til va adabiyot instituti, universitetlar va pedagogika
institutlarining tilshunos olimlari samarali mehnat qilishdi.
O‗zbek tilining fonetik va grammatik qurilishi sohasida olib
borilgan keng qamrovli ishlar A.Кononov, A.Borovkov, V.Reshetov,
U.Tursunov, A.G‗ulomov, Sh.Shoabdurahmonov, G‗.Abdurahmonov,
M.Asqarova,
Sh.Rahmatullayev,
F.Abdullayev,
S.Usmonov,
M.Mirzayev, A.Safoyev, J.Muxtorov, I.Qo‗chqortoyev, A.Hojiyev
kabi olimlarning nomlari bilan bog‗liq. O‗zbek tili grammatikasi
bo‗yicha olib borilgan keng ko‗lamli
ishlarning yakuni va
umumlashmasi sifatida 1975-76-yillarda yaratilgan ikki tomli «O‗zbek
tili grammatikasi»ni ko‗rsatish mumkin.
So‗nggi yillarda eksperimental fonetikaning yuzaga kelishi –
o‗zbek tilshunosligi taraqqiyotining qonuniy natijasi. O‗zbek tili
leksikologiyasi va frazeologiyasi ham alohida soha sifatida shakllandi.
O‗zbek tili leksikologiyasi va frazeologiyasining rivojlanishida
S.Ibrohimov,
F.Кamolov,
O.Usmonov,
S.Usmonov,
Sh.Rahmatullayev kabi tilshunoslarning xizmati katta. 1980-yilda
nashr qilingan «O‗zbek tili leksikologiyasi» nomli asar bu boradagi
so‗nggi yutuqlarni umumlashtirdi.
O‗zbek tili leksikografiyasi ham katta yutuqlarni qo‗lga kiritdi.
Кo‗p tomli «O‗zbek sovet ensiklopediyasi», «O‗zbek tilining izohli
lug‗at»lari o‗zbek tili frazeologiyasi,
terminologiyasi, kasb-hunar
leksikasi, Navoiy asarlari tili va boshqa sohalar bo‗yicha ham qator
lug‗atlar yuzaga keldi. «O‗zbek tilining morfem lug‗ati» yangi turdagi
lug‗at sifatida yaratildi. O‗zbek lug‗atchiligining rivojlanishida,
ayniqsa, A.К.Borovkov, К.К.Yudaxin, V.V.Reshetov, O.Usmonov,
20
R.Doniyorov,
Z.Ma‘rufov,
Sh.Rahmatullayev,
S.Akobirov,
G.Mixaylov kabi olimlar samarali mehnat qilishdi.
Derivatsiya o‗zbek tilshunosligining alohida sohasi sifatida ajralib
chiqdi. U leksemalar hosil bo‗lishining turli yo‗llarini o‗rganmoqda.
O‗zbek tilshunosligi sohalaridan yana biri dialektologiyadir.
O‗zbek dialektologiyasining fan sifatida yuzaga kelishi va
rivojlanishida E.D.Polivanov, К.К.Yudaxin, A.К.Borovkov, G‗ozi
Olim Yunusov, V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, F.Abdullayev,
U.Tursunov, M.Mirzayev, A.Aliyev, B.Jo‗rayev, A.Shermatov,
A.Jo‗rayevlarning alohida xizmatlari bor. O‗zbek
dialektologiyasi
o‗zining so‗nggi yutuqlari bilan areal tilshunoslik, sotsiolingvistika,
pragmalingvistika fanlari bilan uyg‗unlashib ketdi.
O‗zbek tili tarixini o‗rganish tilshunosligimizning ilg‗or sohasidan
biriga
aylandi.
Bu
sohada
A.N.Кononov,
A.К.Borovkov,
G‗.Abdurahmonov,
S.N.Ivanov,
S.Mutallibov,
U.Tursunov,
J.Muxtorov, F.Abdullayev, P.Shamsiyev, A.Rustamov, E.Fozilov,
Sh.Shukurov, H.Ne‘matovlarning ilmiy tadqiqotlari alohida diqqatga
molik.
Davr siyosati bilan bog‗liq ravishda o‗zbek tili grammatikasi
talqinida ham o‗zbek tili hodisalarini
rus tili qoidalari asosida
sharhlash hollari yuz berdi. Bular morfologiyada so‗z turkumlari
tasnifi va tartibida, grammatik qo‗shimchalar tasnifida, so‗zlarning
birikuv omillari va vositalari talqinida,
gap mohiyatini belgilashda,
qo‗shma gaplar tasnifida yaqqol namoyon bo‗ldi.
Lug‗atchilikda ham rus tili lug‗atlari andoza vazifasini o‗tadi.
Masalan, «yangi tipdagi» o‗zbek tilining morfem lug‗atida o‗zbek
tiliga o‗zlashgan so‗zlarni morfemalarga ajratish, so‗z borayotgan
tillarnikidagidek amalga oshirildi:
Do'stlaringiz bilan baham: