O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Mas‟ul muharrir: 
MUHAMEDOVA S. 
filologiya fanlari doktori, professor 
Taqrizchilar: 
ERNAZAROVA M. 
filologiya fanlari doktori, dotsent 
BOBOKALONOV R. 
filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Ushbu darslik O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim 
vazirligining 2020-yil 4-maydagi 285-sonli buyrug„iga asosan nashr etishga 
tavsiya qilindi. 
 
 
 
 
ISBN 978-9944-6985-4-3 




KIRISH 
 
Mazkur darslikda hozirgi o‗zbek tilining o‗ziga xos xususiyatlari 
til va nutq farqlanishida o‗zbek tilshunosligining asosiy sathlari 
doirasida lisoniy holat talqini va nutqiy voqelanish ko‗rinishida 
yoritilgan, bunda o‗zbek substansial tilshunosligi yutuqlariga 
tayanilgan. 
Til va tafakkur ayniyati falsafiy tahlillarda muhim kategoriyalar 
sifatida ajratiladi. Demak, til tadqiqida falsafiy kategoriyalarga 
tayanib ish ko‗rish ham ulkan ahamiyatga ega. Yutuqlari, tahlil 
natijalari rasmiy jihatdan XX asrning oxirgi o‗n yilligida tan olingan, 
milliy istiqloldan keyin ta‘lim amaliyotiga keng tatbiq etilgan o‗zbek 
substantsial 
(mohiyat) 
tilshunosligi 
falsafiy 
kategoriyalardan 
metodologik asos sifatida foydalanadi. 
O‗zbek substantsial tilshunosligi mohiyatan jahonda keng 
tarqalgan funksional-struktural (Praga strukturalizmi) tahlil usullariga 
tayanadi, ammo ularni aynan takrorlamaydi: o‗ziga xos tarzda tahlil 
usullarini ongli, izchil, dialektik tamoyillar bilan (tilning milliy 
tabiatidan 
uzilmagan 
holda) 
to‗ldiradi, 
tilga 
tafakkurni 
shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, nutqiy muloqotda son-sanoqsiz 
shakl va ko‗rinishlarda voqelanadigan, har bir voqelanishi o‗ziga xos 
maqsad va vazifaga ega bo‗lgan imkoniyatlar xazinasi
1
sifatida 
yondashadi. Ya‘ni mazkur yo‗nalishdagi tadqiqotlarda lingvistik 
hodisalar falsafiy kategoriyalar prizmasi orqali ko‗rilgan va 
baholangan. 
O‗zbekiston mustaqil yurt sifatida dunyoga bo‗ylashayotgan bir 
davr yosh avlodning mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur 
ko‗nikmalariga ega bo‗lishini talab qiladi. 
Zero, istalgan jamiyat, davlat, millat, xalq rivojida o‗sha jamiyat 
kishilarining bilimi, tafakkur darajasi, bilimlaridan amaliy foydalana 
olish malakasi muhim o‗rin tutadi. O‗zbek xalqi azaldan bu mantiqni 
to‗g‗ri uqqan. Jahonda deyarli barcha fan asoslarining tamal toshini 
o‗rta osiyolik olimlar qo‗ya olganligi fikrimizni dalillaydi. Ilmni, 
ilmlilarni, iqtidorlilarni qadrlash, yuzaga chiqarish masalasiga 

Неъматов Ҳ. Ўзбек тилшунослигида формал, структурал ва субстанциал йўналишлар 
хусусида //Ж. Ўзбек тили ва адабиёти. – Т., 2009. – №4. – Б. 34. 



mustaqillikka erishganimizdan keyin yanada ko‗proq e‘tibor qaratildi, 
desak mubolag‗a bo‗lmas 
Hozirda 
mamlakatimizda 
oliy 
ta‘lim 
tizimini 
tubdan 
takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor 
vazifalarga mos kadrlar tayyorlash: oliy ta‘lim tizimining mazmun- 
mohiyatini milliylik zaminidan uzilmagan holda jahon standartlariga 
moslash, xalqaro darajaga olib chiqish, o‗z sohasida boshqalarga yo‗l 
ko‗rsata oladigan, mustaqil yo‗li, fikri bo‗lgan yuksak malakali 
mutaxassislar tayyorlash eng asosiy masalaga aylandi. Chunki 
―Iste‘dodli yoshlarni izlab topish va ularni maqsadli tarbiyalash 
borasidagi ishlarni kuchaytirish kerak. Ilmni, tarbiyani to‗g‗ri qilsak, 
hamma sohalarni malakali mutaxassislar o‗zlari rivojlantiradi
1
.‖ 
Shuning uchun davr va oliy ta‘lim malaka talablariga mos 
ravishda xorijiy filologiyaning 5120100– Filologiya va tillarni o‗qitish 
(o‗zbek tili) bakalavriat yo‗nalishi uchun mo‗ljallangan ―Hozirgi 
o‗zbek tili‖ o‗quv dasturi asosida tuzilgan mazkur darslikda asosiy 
e‘tibor 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish