7
yodgorligida (732-yil) keng qo‗llaniladi. Demak, Buxoro shahridan 5
km sharqda joylashgan va Buxoro amirlarining dam olish
maskanlaridan biri bo‗lgan Shirbudun qishlog‗i
nomi tarkibida
saqlangan
budun
so‗zi bu toponimning shu so‗z qo‗llanilgan davrga
(ya‘ni X–XI asrlarga) mansubligidan, shu vaqtlarda Buxoroning qoq
markazida butun boshli bir maskanda turkiy xalqlarga mansub shir
(sir, chir) qavmi muqim bo‗lganligidan dalolat beradi. Chunki ko‗p
hollarda qishloq shu qishloqda yashagan aholi – urug‗ (qavm, elat)
nomi bilan atab kelingan.
Chunonchi,
Mang„it, Qipchoq, Qarluq,
Jaloyir, Sayot, Olot, Arabon, Arabxona, O„zbekon, O„g„uzrabot
v.h.
Shirbudun
tarkibidagi
shir, sir, chir
qismini
Sirdaryo
va
Chirchiq
gidronimi(suv obyekti nomlari)da ham ko‗rish mumkin.
Chirchiq
atamasi VII asr obidalarida ham,
Chir suyi, Chir suvi
shaklida undan
keyingi davrlarda ham qo‗llanilgan.
Budun
va
sir-shir-chir
tarkibiy
qismiga ega bo‗lgan onomastik leksikani butun
O‗zbekiston
hududidan topish mumkin.
Xullas, turkiy toifaga mansub xalqlar hozirgi O‗zbekiston
hududida qadim zamondan beri muqim bo‗lib kelgan. Manbalarning
xabar
berishicha, bu mintaqada V–VI asrlarda hukmronlik qilgan
eftalitlar turkiy xalqlarga mansub bo‗lgan. O‗zbekiston hududida
qadim davrlardan boshlab turkiy va eroniy xalqlar (hozirdagidek)
yonma-yon va ahil yashab kelishgan. O‗zbek xalqining tarixiy ildizi
ham mana shu qadimgi davrlarga borib taqaladi. Lekin bu asosni faqat
o‗zbek xalqiga nisbat berish mumkin emas. Turkiy-eroniy qorishma –
Markaziy Osiyoning barcha xalqlari uchun umumiy asos. Shuning
uchun bevosita o‗zbek xalqi, hozirgi o‗zbek
millati
asosini
O‗zbekiston hududida turkiy xalqlarning qarluq toifasiga mansub
bo‗lgan Ilikxon (qoraxoniylar) davlatining o‗rnatilishi, bu davlatda
rasmiy saroy tili sifatida, Mahmud Кoshg‗ariy ta‘biricha, «turkiy
xoqoniy»ning ommalashish davrida ko‗rish mumkin. Mahmud
Кoshg‗ariyning «Devonu lug‗oti-t-turk»
asarida turkiy xoqoniy
tilining berilgan leksik-grammatik xususiyatini Yusuf Xos Hojibning
qariyb 15000 misralik «Qutadg‗u bilig» asari til xususiyati bilan
qiyoslash Mahmud Кoshg‗ariyning «turkiy xoqoniy»i, Yusuf Xos
Hojibning «turkcha»si va Ahmad Yugnakiyning «turkiy»si ayni bir til
ekanligini ko‗rsatadi. Bu til – Xorazmiyning «Muhabbatnoma»,
Xo‗jandiyning «Latofatnoma» asarlarida ham o‗z aksini topgan, Sayfi
Saroyi, Yusuf Amiriy, Atoiy,
Sakkokiy, Lutfiy asarlarida
8
sayqallangan, Alisher Navoiy asarlarida kamolot bosqichiga
ko‗tarilgan eski o‗zbek tilining ilk taraqqiyot bosqichi. Shuning uchun
Mahmud Кoshg‗ariy qoraxoniylar davlati xalqini turk (turklar) deb
atagan, ularni shu mintaqada yashayotgan o‗g‗uz, turkman va
uyg‗urlardan farqlagan. Qarluq toifasiga mansub bo‗lgan xalq hozirgi
o‗zbek millatining asosini tashkil etgan va IX asrlardan boshlab etnik
asos
Do'stlaringiz bilan baham: