25
1)
tilning bo‗limlari aniqlandi;
2)
har bir bo‗limga doir birliklar chegaralandi;
3)
birliklarning zohiriy alomatlari yoritildi. Masalan, fonetika
sohasida hozirgi o‗zbek tilida 6ta unli, 24ta undosh borligi aniqlanib,
ularning bevosita sezgi a‘zolariga ta‘sir qiluvchi xossalari o‗rganildi.
Unlilardagi lablanganlik-lablanmaganlik,
til orqa, til o‗rta, til oldi,
yuqori torlik, quyi va o‗rta kenglik belgilari shular jumlasidandir.
Biroq har bir unlining mohiyati –substansiyasiga bu zohiriy belgilar
qay darajada daxldor degan muammo nazariy o‗rganish jarayonida
fonemalarning variant-invariantlik muammosi ostida tadqiq qilindi.
Har bir unlining (undoshlarning ham) mohiyati nazariy usullarda
ochib berildi.
Shunday holatni morfologiyada ham kuzatish mumkin.
Bunda
so‗z turkumlari, har bir turkumga xos grammatik shakllar aniqlandi.
Grammatik shaklning zohiriy belgilari – nutqiy xususiyati tadqiq
qilindi. Masalan, har bir kelishikning 20 dan 50–60 tagacha ma‘nosi
ajratilib, tavsiflandi. Bu ma‘nolar sirasini yana davom ettirish
mumkin. Zero hodisalar cheksiz bo‗lib, ular qanchalik ko‗paysa,
manba mohiyatini shuncha qorong‗ilashtiradi, to‗sib
qo‗yadi.
Quyidagi misollarga diqqat qiling:
Oysaraning kitobi
Oysaraning opasi
Oysaraning uyi
Oysaraning shodligi
Bunda empirik yondashuv qaratqich kelishigining «qarashlilik»,
«mansublik», «egalik», «subyekt-harakat» kabi to‗rtta ma‘nosini
farqlashni taqozo qiladi (qatorni yana davom ettirish va ma‘nolar
sonini ko‗paytirish mumkin). Bu – zohiriy ma‘no, nutqiy hodisa.
Empirik tilshunosdan mohiyatga tomon bundan chuqurroq borish
talab qilinmaydi. Nazariyotchi kelishikning har bir qo‗llanishidagi
farqdan «ko‗z yumib», umumiy jihatni qidiradi. Farqlarning (kitob),
(opa), (uy), (shodlik) va boshqa so‗zlar ta‘sirida
ekanligini nazariy
yo‗l bilan aniqlaydi hamda shu asosda qaratqich kelishigining
mohiyatini ochadi.
Nazariy o‗rganish jarayonida til hodisalarida zohiriy (nutqiy) va
botiniy (lisoniy) jihat farqlanadi. Har bir birlik yondoshlari bilan
o‗zaro munosabatda o‗rganiladi, ularga tizimiy yondashiladi. Masalan,
yuqoridagi misolning birinchisida (
Oysaraning kitobi
) qaratqich
26
kelishigining «qarashlilik», ikkinchisida (
Oysaraning opasi
)
«mansublik» nutqiy (xususiy) ma‘nolari voqelangan. Biroq qaratqich
kelishigi shaklining barcha qo‗llanishi uchun umumiy jihat – «oldingi
ismni keyingi ismga tobelash» ma‘nosi bevosita
kuzatishda
berilmagan va u lisoniy qiymatga ega.
Bu umumiylik yuqoridagi
misollarda «
Oysara
so‗zining
opa
so‗ziga qaratuvchilik munosabatini
ifodalash», ikkinchisi «
Oysara
so‗zining
kitob
so‗ziga qaratuvchilik
munosabatini ifodalash» tarzida bevosita kuzatishga chiqqan, sezgi
a‘zosi bilan his qilinadigan qiymat kasb etib xususiylashgan.
Empirik tilshunos har bir birlikni alohida-alohida tekshiradi.
Masalan,
a
unlisini boshqa unlisiz, biror zamon yoki kelishik shaklini
boshqasidan ajratib, uzib o‗rganadi. Nazariy o‗rganish bosqichida esa
ular o‗z tizimdoshi bilan yaxlitlikda tahlil etiladi. Har bir birlikning,
deylik,
unlining, boshqa tizimdoshi bilan o‗zaro munosabatida
namoyon bo‗ladigan belgisi nazariyotchi uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. Til hodisalarini bu tarzda o‗rganish
Do'stlaringiz bilan baham: