13
5.
Ko`p yillik muzloqlarning faoliyatidan hosil bo`lgan relyef shakli.
6.
Nival, soliflyuksiya jarayonlarining birgalikda ta`siridan
vujudga kelgan
relyef shakllari.
7.
Dengiz va ko`l suvlarining ishidan hosil bo`lgan relyef shakllari.
8.
Arid (quruq) iqlim sharoitida eol (shamol), oqar suvlar va gravitatsiya
(og`irlik kuchi) jarayonlarining birgalikdagi faoliyatidan hosil bo`lgan relief
shakllari.
9.
Shamol faoliyati ta`sirida hosil bo`lgan relyefning eol shakllari.
10.
Yer osti suvlarining faoliyati natijasida vujudga
kelgan karst va suffoziya
relyef shaklari.
11.
O`simlik va hayvonlarning faoliyati natijasida hosil bo`lgan relyefning
biogen shaklari.
12.
Inson faoliyati natijasida vujudga kelgan relyefning antropogen shakllari.
Geomorfolog D.S.Kizevalter tomonidan relyef formalarini
tasniflashda esa
tabiiy geografik jarayonlarning ham endogen ham ekzogen kuchlar ta`sirida
shakllanuvchi guruhlarini genetik turlarga bo`ladi.
XX asrning oxirlariga kelib tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish va tadqiq
etish jadallik bilan rivojlandi. Natijada tabiiy geografik jarayonlarni hosil bo`lishi
va ularni kelib chiqiqshiga ko`ra genetik turlarga ajratish geologlar va
geomorfologlar tomonidan turlicha tadqiq etildi. Lekin
ushbu tasniflashlar bir-
birini inkor etmaydi, aksincha to`ldiradi. Jumladan mualliflar E.Q.Qodirov va
boshqalar muallifligida tabiiy geografik jarayonlarning ayrimlarini o’rganar
ekanlar xavfli jarayonlar turkumiga mansub deya biladi. Shu bilan birgalikda tabiiy
xavfli jarayonlarni uchta yirik guruhga ajratadi. Yerning ichki kuchlariga bog’liq
xavfli jarayonlar. Ushbu turkumga tektonik xarakatlar, yer qimirlashi (zilzilalar)ni
kiritadi. Ushbu mualliflar ikkinchi guruhni yerning tashqi kuchlariga bog’liq havfli
jarayonlar deya aytadilar. Bu turkumga tog’ jinslari
qatlamlaridagi surilmalar, sel
hodisasini mansub deya biladilar.
Ular uchinchi guruh deya inson faoliyati bilan bog’liq jarayonlarni
tushunadilar.
Uchinchi turkum, dehqonchilik,
chorvachilik, suv inshootlarini
14
qurish, sanoat korxonalari bilan bog’liq holda yuzaga
keluvchi tabiiy geografik
jarayonlar tarzida o’rganiladi. SHubhasiz ushbu tasniflash barcha turdagi tabiiy
geografik jarayonlarni qamrab ola bilmaydi.
Prof.M.M.Mamatqulov tomonidan ham tabiiy
geografik jarayonlar faqat
O’zbekiston hududigina uchrovchilari misolida tadqiq etib, tasniflagan.
Natijada
ushbu jarayonlarning yetti turkumdan iborat guruhi shakllanadi. Ushbu tasnif
quyidagicha aks etadi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: