O’zbekistonda tarqalgan tabiiy geografik jarayonlar
(prof.M.M.Mamatqulov bo’yicha)
1.
Denudatsion kuchlar bilan bog’liq jarayonlar;
2.
Gravitatsion kuchlar bilan bog’liq jarayonlar;
3.
Yer usti oqar suvlari faoliyati bilan bog’liq tabiiy geografik jarayonlar;
4.
Yer usti va yer osti suvlari, suvlari faoliyati bilan bog’liq jarayonlar;
5.
Shamollar faoliyati bilan bog’liq jarayonlar;
6.
Dengiz, ko’l, suv omborlari to’lqinlari bilan bog’liq tabiiy geografik
jarayonlar;
7.
Insonning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq jarayonlar;
Ushbu klassifikatsiyada muallif tektonik xarakatlar, zilzila, tog’ muzliklari
tufayli yuz beruvchi tabiiy geografik jarayonlarga e’tibor qaratmaydi.
Tabiiy geografik jarayonlar turlari.A.Rafiqov, H.Vaxobov tomonidan esa
tabiiy omillar ta`sirida sodir bo`ladigan, ya`ni yerning ichki (endogen) kuchlari
ta`sirida sodir bo`ladigan jarayonlar (vulkanlar, zilzilalar, tog`larning ko`tarilishi,
yer yuzasining cho`kishi) hamda tashqi kuchlar (ekzogen) ta`sirida sodir
bo`ladigan jarayonlar (nurash, eroziya, surilmalar, muz va shamolning ishi) ga
bo`ladilar. Sun`iy omillar ta`sirida sodir bo`ladigan jarayonlarga esa surilmalar, yer
yuzasining cho`kishi va o`pirilishi, daryo va ko`llar meyorining o`zgarishi,
sho`rlanish, sun`iy eroziya kabi turlarga bo`ladi.
A.Nizomov va boshqalar tomonidan esa tabiiy geografik jarayonlar va ular
hosil qilgan relyef shakllari tadqiq etilib quyidagi guruhlarga ajratilgan.
6
A. Низомов ва б. Табиий географик жараёнлар. 2015 й. 15 б.
15
1-jadval
№ Tabiiy geografik jarayonlarning
xosil bo’lishiga ko’ra guruhlarga
ajralishi
Tabiiy
geografik
jarayonlarning
turlari
1
Tektonik xarakatlar tufayli yuzaga
keluvchi tabiiy geografik jarayonlar
Tog’ xosil bo’lish, yer yuzasining
cho’kishi kabi planetamizda yuz
beruvchi
tabiiy
geografik
jarayonlarning
barchasi
bevosita
ba’zan bilvosita tektonik xarakatlar
bilan chambarchas bog’liq holda
yuzaga keladi.
2
Zilzilalar tufayli yuzaga keluvchi
tabiiy geografik jarayonlar
Yer yuzasining silkinishi, yorilishi,
ba’zan
egilib-bukilishi
loyli
vulqonlarning vujudga kelishi.
3
Vulqonlar otilishi tufayli yuzaga
keluvchi tabiiy geografik jarayonlar
Lavalarning oqib chiqishi, vulqon
tutunlari,
bombalari,
kullarining
otilishi
yer
silkinishi,
vulqon
konuslarining shakllanishi va h.k.
4
Iqlim
omillari
ta’sirida yuzaga
keluvchi tabiiy geografik jarayonlar
Nurash, deflyatsiya, korraziya.
5
Gidrologik va gidrogeologik oqim
tufayli
yuzaga
keluvchi
tabiiy
geografik jarayonlar
O’zan va qirg’oq eroziyasi, karst,
suffoziya,
abraziya,
botqoqlanish,
sho’rlanish.
6
Gravitatsion
kuch
yetakchiligida
yuzaga keladigan tabiiy geografik
jarayonlar
Surilma, soliflyuktsiya, ko’chki
7
Muzliklar ta’sirida yuzaga keladigan
tabiiy geografik jarayonlar
Termoabraziya,
termoeroziya,
soliflyuktsiya,
termokarst,
termoakkumlyatsiya,
alьtiplinatsiya
16
ekzaratsiya
8
Antropogan ta’sir tufayli yuzaga
keladigan tabiiy geografik jarayonlar
SHo’rlanish, ikkilamchi sho’rlanish,
botqoqlanish, cho’llanish, agroeroziya,
suv omborlar qirg’og’ining abraziyaga
uchrashi.
Yuqorida berilgan har bir tasniflangan relyef hosil bo`lishidagi tabiiy
geografik jarayonlar va ularning o`rnini tahlil qilgan holda quyidagi tabiiy
geografik jarayonlar hamda ularning turlarini quyidagi guruhlarga ajratib
o`rganishni taklif etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |