bo‘lib, kishilik jamiyati yashash sharoitining talabiga ko‘ra vujudga keldi, unga
moslanib tarqqiy etdi va etmoqda. Tarixiy obidalar va arxeologik qazilmalarda
topilgan noyob qoldiqlar tasdiqlashicha qadimiy Misr, Mesopatomiya,
Hindiston,
Xitoy, Yunoniston (Gretsiya), O‘rta Osiyo va boshqa mamlakat xalqlari o‘z
ehtiyojlarini qondirish uchun dehqonchilik qilish va sug‘orish kanallari qazish,
turli bino va inshootlar qurish, ekin va bino joylarini uzaro taqsimlash kabi hayotiy
masalalarni echishda geodezik o‘lchash ishlarini tatbiq etganlar. Masalan,
miloddan ilgari Misrda Nil daryosining toshishi natijasida o‘g‘itlangan nam
erlarning dehqonlar (falloxlar) orasida bo‘linishi geodeziya fanining dastlabki
ishlaridan biri ekanligi ehtimoldan xoli emas.
Qadimiy madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan Bobil-Osuriylar erida olib borilgan
arxeologik qazilmalarda miloddan 3 ming yil ilgari chizilgan joy plani topilgan.
Dajla (Tigr) va Firot (Evfrat) daryolarining suvidan sug‘orishda
foydalanish uchun sun’iy gidrotexnikaviy qurilmalar barpo etilgan. Hatto miloddan
2150 yil ilgari Firot daryosi tagidan 0,9 km uzunlikdagi tonel qazish uchun daryo
boshqa joydan o‘tkazilgan.
Misrda Nil daryosidan sug‘orish kanali o‘tkazishda xarobot nomli 6 m li
yog‘och nov yordamida nivelirlash ishi bajarilgan. Xarobot suv bilan to‘ldirilib,
ikki
uchiga shovun osilganki, bular xarobot uchlarining er yuzasidan balandligini
ko‘rsatgan. SHu asbob yordamida Nil daryosidan Suvaysh kanaligacha 150 km
masofa nivelirlangan. Bu suv niveliri hozirgi nivelerning dastlabki ko‘rinishi
deyish mumkin.
Misirdagi tengi yo‘q mahobatli ehromlar (piramidalar), saroy va qasrlar
qurish albatta geodezik ishlarsiz bo‘lmagan. Inshoot qurish, sug‘orish
kanallari
o‘tkazish, loyihani joyiga ko‘chirish va turli rejalash ishlarini geometrik jihatdan
tshg‘ri amalga oshirishda geodezik ishlar bajarilganki, bu hol geodeziyaning ham
rivojlanishiga yo‘l ochgan. Misr, Bobil-Osuriya, Hindiston va Xitoy erlarida ham
bo‘lganki, bunga etti mo‘‘jiza va ularning qoldiqlari guvohdir.
Kundalik hayot taqozosiga javob tariqasida
bajarilgan amaliy geodezik
ishlar bilan birga Er shakli va uning kattaligi (o‘lchami) haqida ham yangi ilmiy
fikrlar to‘g‘ildi. Tabiatdagi kundalik hodislarni sinchiklab kuzatish va tafakkur
qilish Er shar shaklida degan fikrni uyg‘otdi. Dastlab Erni shar shaklida degan
shaxs miloddan 7-6 asr ilgari yashagan Aniksimandr (610-546) yoki Fales (639-
548) edi degan fikrga e’tiroz bildirib, “bu fikr janubiy Italiya va Sitsiliya orollarida
yashovchi greklarga mansub” deguvchilar ham bor.
SHu
narsa aniqki, miloddan 7-6 asr ilgari hozirgi Iroq janubida yashagan
xoldeylar Erni shar deb faraz qildilar va uning radiusi
R
uzunligini o‘lchab,
6310,50 km chiqardilar, lekin buni qanday chiqarganliklari haqida ma’lumot yo‘q.
Aflotun (427-348) so‘zicha uning ustozi Suqrot (miloddan oldingi 450 yil
atrofida) yerni shar deb uning kattaligini aniqlashga uringan. Ma’lumotlarga ko‘ra,
knedlik astonom Evdoks (408-355) Kned oroli va Misrda turib Kanopus yulduzini
kuzatish yo‘li bilan yer shari aylanasining uzunligini
Do'stlaringiz bilan baham: