Aniqlangan
yillar
Mamlakatning
nomi
Olimning nomi
a
b
m
1800
Fransiya
Delambr
6 375 653
6 356 564
1:334,0
1341
Germaniya
Bessel
6 377 397
6 356 079
1:5299,0
1880
Angliya
Klark
6 378 249
6 356 515
1:293,5
1893
Rossiya
Jdanov
6 377 717
6 356 433
1:299,6
1909
SH.Amerika
Xeyford
6 378 388
6 356 912
1:297,0
1940
SSSR
Krasovskiy
6 378 245
6 356 863
1:298,3
Ellipsoid o‘lchamlarining turlicha bo‘lishi turlicha izohlanadi. 1859 yili rus
harbiy geodezisti F. F. SHubert buni “Yer uch o‘qli ellipsoid bo‘lishidan” dedi.
Uningcha yer yolg‘iz aylanish o‘qi bo‘yicha siqilmay, ekvator o‘qi bo‘yicha ham
siqilgan va bu siqilish
:8870 ga teng. O‘sha davrda F. F. SHubert fikriga e’tiroz
bildiruvchilar ham bo‘ldi. Lekin keyin F. N. Krasovskiy bajargan ishlar natijasi F.
F. SHubert haq ekanini ko‘rsatdi.
Sobiq Itfoq olimlaridan A. A. Mixaylov, M. S. Molodenskiy va boshqalar
keyingi vaqtda yer shaklini gravmetrik usul bilan (og‘irlik kuchini o‘lchash orqali)
aniqlay boshladilar, chunki gradus o‘lchash usulini yolg‘iz quruqlikdagina tatbiq
etish mumkin, dengiz va okeanlarda esa mumkin emas. Gravmetrik usulni esa
quruqda ham, dengizlarda ham tatbiq etsa bo‘ladi. Bu olimlar og‘irlik kuchi va
uning anomaliyasiga (o‘zgarishiga) doir nazariyani rivojlantirib, zarur formulalar
berdilar. Bu usulni Yer shakli va o‘lchamini aniqlashga tatbiq etdilar. Geodezik va
gravmetrik o‘lchash natijalarini birga qo‘shib ishlab, yer o‘lchamlarini
aniqladilarki, bu dunyoda birinchi marta qilingan ish edi. Yer shakli va
o‘lchamlarini gravmetrik aniqlash
fizik geodeziya
deyiladi.
Sobiq SSSR, Evropa va Amerikada olib borilgan geodezik va gravmetrik
kuzatish ishlarining natijalari yerning uch o‘qli ekanini tasdiqladi. 1942 yilning 4
dekabrida yer ellipsoidi uch o‘qli deb quyidagi o‘lchamlar qabul qilindi: ekvator
bo‘yicha katta yarim o‘qi uzunligining o‘rtacha qiymati
a=
6378245 m; qutbiy
siqilishi
=I:298,3; ekvator bo‘yicha siqilishi
= I:30 000; uzun meridian 15
sharqiy uzoqlikda; uzun va qisqa meridianlar o‘rtasidagi farq 213 m. Qabul
qilingan bu ellipsoid
Krasovskiy ellipsoidi
deyiladi.
Yer ellipsoidi va geoidni bir-biridan farq qilib hisoblash katta territoriyada
bajaridadigan geodezik ishlarda tatbiq etiladi. Injenerlik ishlarida geoid va
ellipsoid yuzalari bir-biriga mos deb hisoblash mumkin. Ba’zi amaliy masalalarni
hal qilishda yerni shar deb olish ham mumkin. Bunda ellipsoid hajmiga teng
sharning radiusi
3
2
16
9
в
а
R
bo‘ladi. Krasovskiy ellipsoidida
R=
6371,11 km.
Do'stlaringiz bilan baham: |