Geodeziya va marksheyderiya


Astronomik koordinatalar sistemasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/69
Sana13.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#661573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Bog'liq
Геодезия маъруза (1)

Astronomik koordinatalar sistemasi.
Bu sistema astronomiya, geografiya, 
geofizika kabi fanlarda ko‘p qo‘llaniladigan koordinatalar sistemasi bo‘lib, unda 
shovun chiziq yo‘nalishi va sfera yuzasi-sathiy yuza asos qilib olinadi. Nuqta o‘rni 
bosh meridian va ekvatorga nisbatan aniqlanadi. London yaqinidagi Grinvichdan 
o‘tgan meridian dunyo bo‘yicha bosh meridian deb qabul qilingan. SHunga ko‘ra 
x
o‘qi sifatida bosh meridian yo‘nalishi, 
y
o‘qi sifatida esa ekvator yo‘nalishi qabul 
qilingan. Bu o‘qlar kesishgan nuqta (Gviney ko‘rfazida) koordinatalar boshi 
bo‘ladi. Berilgan nuqtadagi shovun chiziq yo‘nalishi bilan ekvator tekisligi 
orasidagi vertikal burchak nuqtaning 
astronomik
yoki 
geografik kengligi
deyiladi 
va 

harfi bilan belgilanadi. Kenglik ekvatordan shimolda bo‘lsa, 
shimoliy

janubda bo‘lsa, 
janubiy
deyilib, qiymati ekvatordan qutblarga tomon
0

dan 
90

gacha bo‘ladi (2.2-shakl). 
Berilgan nuqtadan shovun chiziq bo‘yicha o‘tib, yerning aylanish o‘qiga 
parallel bo‘lgan tekislik 
astronomik meridian 
deyiladi. Nuqta astronomik meridiani 
bilan bosh meridian tekisligi orasidagi ikki yoqli burchak 
astronomik uzoqlik 
deyiladi va 

harfi bilan belgilanadi. Uzoqlik bosh meridiandan ikki tomonga, 
ya’ni sharqqa va g‘arbga 
0
dan 
180

gacha o‘sib boradi, bular 
sharqiy
yoki 
g‘arbiy
uzoqlik deyiladi. Kenglik 

va uzoqlik 

nuqtaning 
geografik koordinatalari
deyiladi. Bu koordinatalarning qiymatlari astronomik kuzatish orqali aniqlanadi. 
Geodezik koordinatalar sistemasi.
Bu sistemada nuqtaning planiy o‘rni 
Referens ellipsoid yuzasi va unga normal tushgan chiziq asosida aniqlanadi. 
Koordinata o‘qlari sifatida geodezik meridian va parallel qabul qilinadi. Berilgan 
nuqtadan yer ellipsoidi yuzasiga normal va yer ellipsoidi kichik o‘qiga (
RR
1
ga) 
parallel bo‘lib o‘tadigan tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishgan chizig‘i 
geodezik meridian
deyiladi. Berilgan nuqtadan ellipsoidning kichik o‘qiga 
perpendikulyar bo‘lib o‘tgan tekislikning ellipsoid bilan kesishuv chizig‘i 
geodezik 
parallel
deyiladi. Ellipsoid markazidan o‘tgan parallel tekisligining ellipsoid bilan 
kesishuv chizig‘i 
ekvator
deb ataladi. Ellipsoid yuzasidagi nuqtaning o‘rni shu 
nuqtadan o‘tgan geodezik meridian va parallelning kesishuv orqali aniqlanadi. 
Meridian o‘rni uzoqlik bilan , parallel o‘rni esa kenglik bilan belgilanadi. 
Berilgan nuqtaning geodezik meridiani bilan bosh geodezik meridian 
orasidagi ikki yoqli burchak 
geodezik uzoqlik
deyiladi va 
L
harfi bilan belgilanadi. 
Berilgan nuqtadan yer ellipsoidi yuzasiga tushgan normal bilan ekvator tekisligi 
orasidagi burchak 
geodezik kenglik
deb ataladi va 
B
harfi bilan belgilanadi. 
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘lishicha, nuqtaning astronomik va geodezik 
koordinatalari orasidagi farq shundan iboratki, astronomik koordinatalarda shovun 
chiziq yo‘nalishi, geodezik koordinatalarda esa ellipsoid yuzasiga tushgan normal 


chiziq yo‘nalishi asos qilib olinadi. Bu normal va shovun chiziqlarning har xil 
bo‘lishi shovun chiziqning og‘ishiga bog‘liq bo‘ladi, bu har xillik esa Er 
qobig‘idagi massaning turlicha bo‘lishidan kelib chiqadi. Bu og‘ish orqali 
nuqtaning geodezik va astronomik koordinatalari orasidagi farq 3-4

bo‘lib ba’zi 
joylarda bundan oshadi. Bir sekund meridian yoyining uzunligi 31 m ekanligi 
e’tiborga olinsa, bir nuqtaning ikki sistemadagi koordinatalariorasidagi farq 100 m 
bo‘ladi. 
Nuqtaning astronomik va geodezik koordinatalari orasidagi farq oz 
bo‘lgani sababli, bu ikkala koordinatalar sistemasini bir nom bilan 
geografik 
koordinatalar sistemasi
deb ataladi. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish