aerodrom, stansiya kabi injenerlik inshootlari o‘rnini aniqlash, ularni plan, karta va
profilda loyihalash, joyga ko‘chirish va qurish hamda undagi o‘zgarishlarni
kuzatish ishlariga doir o‘lchash usullarini o‘rganuvchi maxsus bo‘lim
injenerlik
geodeziyasi
deyiladi.
Demak, injenerlik geodeziyasi geodeziya fani qoidalarini turli injenerlik
inshootlari barpo etishga doir o‘lchash ishlariga tatbiq etish yo‘llarini o‘rganadi.
Yer yuzasining kata qismini qog‘ozda tasvirlashning
qoida va usullarini
o‘rganuvchi fan
kartografiya
deyiladi.
Aviatsiyaning taraqqiy etishi bilan geodeziyaning s’yomka (plan olish)
ishlarida joyni havodan suratga olish usuli qo‘llanila boshladi: bu usul qoidalarini
o‘rganuvchi fan
aerofoto-geodeziya
deyiladi.
Yerning sun’iy yo‘ldoshidan turib yer shaklini aniqlash va yer yuzasi
suratini olish usullarini o‘rganuvchi fan
kosmik geodeziya
deb ataladi.
Yer massasida uzluksiz bo‘lib turgan geologik va geofezik hodisalar yer
shakli va yuzasining o‘zgarishsiz qolmaydi. SHunga ko‘ra,
hozirgi geodeziya
fanining vazifasi yer yuzasida bo‘ladigan hodisalarni statikaviy hol deb qaramay,
balki murakkab dinamikaviy jarayon deb qarab, geofezika va gravimetriya fanlari
yutuqlari asosida geodenamik poligon usulini tatbiq etib tadqiqot ishlari olib
borishdan iboratdir.
Davrimizda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda keng ko‘lamda
jadal olib borilayotgan
turli qurilish ishlari, masalan, temir va tosh yo‘llar
o‘tkazish, kanal qazish, katta-kichik binolar, to‘g‘on, aerodrom, turli stansiyalar
kabi inshootlar qurish injenerlik geodeziyasi oldiga katta,
murakkab va
mas’uliyatli vazifalar qo‘ymoqda; bular geodeziya fanining turli ixtisosliklarga
bo‘linib o‘sishiga undadi, yangi ish usuli va yangi asboblar yaratilishiga katta
yordam berdi va bermoqda.
Har qanday qurilish ishi geodeziyaga oid o‘lchash ishlari bilan boshlanadi,
davom etadi va tugaydi. Masalan, kanal qazish yoki yo‘l o‘tkazish uchun avval shu
inshoot o‘tishiga mo‘ljallangan
joy kartada belgilanadi, keyin u bilan joyda
tanishiladi (bu ish
rekognossirovka
deyiladi), yo‘lning o‘q chizig‘i belgilanadiki,
inshoot qurish uchun mo‘ljallangan bu joy
trassa
deyiladi.
Trassaning o‘q chizig‘i belgilanib joy s’yomka qilingach, nivelirlanadi. O‘q
chizig‘i profili chizilib, loyiha chiziqlari o‘tkazilgach, ish otmetkalari hisoblanadi.
So‘ngra loyihadagi nuqtalar otmetkalari bo‘yicha joyga ko‘chiriladi.
SHundan
keyingina qurilish ishi boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: