4-MA’RUZA. JOYNING PLAN, KARTA VA PROFILI.
MASSHTABLAR
Reja.
1. Plan.
2. Karta.
3. Profil.
4. Masshtablar.
5. Planda siniq va egri chiziq uzunliklarini aniqlash.
Tayanch iboralar:
plan, kontur, tafsilot, sfera, topografik plan, karota,
yirik masshtabli, o‘rta masshtabli, mayda masshtabli, topgrafik kartalar, geografik
karta, profil, chizg‘iy inshoot. plan, kontur, tafsilot, sfera, topografik plan, karota,
yirik masshtabli, o‘rta masshtabli, mayda masshtabli, topgrafik kartalar, geografik
karta, profil, chizg‘iy inshoot, masshtab, plan masshtabi, kichraytirish darajasi,
sonli va chizg‘iy masshtab, yirik va mayda masshtab, uzunlik birligi, chizg‘iy
masshtab, ko‘ndalang va oddiy chizg‘iy masshtab, transversal, normal yuzli
masshtab, masshtab aniqligi, grafik aniqlik, o‘tma masshtab, siniq chiziq, egri
chiziq, kurvimetr.
Yer yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi
geometriya qoidalari bo‘yicha qog‘ozdan
plan, karta shaklida tasvirlanishi kerak.
Planda joydagi bino, yul, kanal, tog‘-tepa, soy kabi joylar yuzasini harakterlovchi
narsalar (ular ichki tafsilot yoki situatsiya deyiladi) o‘rni to‘la ko‘rsatilishi kerak.
Joyni sfera yoki tekislikka proeksiyalash orqali joy kartasi yoki plani chiziladi.
Bunda proeksiya joyga o‘xshamasligi (karta) yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Plan.
Joy kichik bo‘lagining yer egriligini hisobga olmay kichraytib,
o‘xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan proeksiyasi
plan
deyiladi. Planda
joy tafsiloti to‘la ko‘rsatilib, joyning baland-pastligi (relefi) ko‘rsatilmasa, u
kontur
yoki
tafsilot
plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga joy relefi ham
tasvirlansa, u
topografik
plan deb ataladi.
Karta.
Yer yuzasining katta bo‘lagi sfera bo‘lganidan uni tekislikka
o‘xshash holda proeksiyalab bo‘lmaydi. Katta joyni qog‘ozda tasvirlashda
kartografik proeksiyalash qoidalariga amal qilinib, birmuncha o‘zgartirib
tushiriladi. Yer yuzasining katta qismini yerning egriligini hisobga olib, matematik
qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytib qog‘ozda tasvirlangan proeksiyasi
karta
deyiladi. Kartada butun yer yuzasini yoki uning bir qismini tasvirlash
mumkin. Kartalar to‘rli masshtabda tuziladi. Masshtabiga qarab kartalar uchga
bo‘linadi: a)
yirik masshtabli kartalar;
bu kartalarga masshtabi 1:100 000 gacha
bo‘lgan kartalar kiradi; b)
o‘rta masshtabli kartalar;
bo‘lap jumlasiga masshtab
1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; v)
mayda masshtabli kartalar;
bo‘larga
masshtabi 1:1000 000 dan kichik bo‘lgan kartalar kiradi.
Yirik masshtabli kartalar
topografik kartalar
bo‘ladi.
Joyning relefi gorizontallar bilan tasvirlanadi. O‘rta
masshtabli kartalar
obzor topografik kartalar
deyiladi. Mayda masshtabli kartalar
geografik kartalar
bo‘ladi.
Profil
. CHizg‘iy
inshootlarda (yo‘l, kanal va boshqalarda) planiy loyihalash
kifoya qilmaydi. Bunda ma’lum chiziqdagi nuqtalarning vertikal tekislikdagi
o‘rinlari ham vertikal tekislikda tasvirlanishi kerak bo‘ladi. Joyda bir yo‘nalishdagi
chiziqning vertikal kesimining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviri
profil
deyiladi.
4.1-shakl
Profilda chizg‘iy
inshootlar loyihalanadi. 5.1-shaklda relefning harakterli nuqtalari
A, B, C
va
D
larning sathiy yuzadan balandligi
H
lar topilgan (4.1-shakl). Keyin
shu otmetkalar bo‘yicha profil chizilgan. Buning uchun
OP
to‘g‘ri chiziq olinib,
O
dan joydagi
d
l,
d
2
, d
3
lar gorizontal masofa masshtabi bo‘yicha qo‘yilib,
M, N, P
nuqtalar topiladi (4.1-shakl,
b).
Bu masofalar qatoridan yuqoridagi qatorga nuqta
otmetkalari yoziladi. Otmetka qiymatlari vertikal masshtab bo‘yicha qo‘yilib
topilgan
a, b, c
va
d
nuqtalar bilan tutashtirilsa, vertikal tekislikdagi
abcd
siniq
chiziq, yasaladiki, bu chiziq joydagi
ABCD
ning profili bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |