O‘zbek matnshunosligida yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning o‘ziga xos
prinsiplari N.Rahmon tomonidan tayyorlangan “Oltin yorug‘” matnida
ko‘rinadi
102
. Mazkur asar qo‘lyozmasi qadimgi uyg‘ur-turk tilida yozilgan bo‘lib,
1910 yili rus olimi S.Malov tomonidan topilgan va birinchi marta V. Radlov bilan
hamkorlikda eski uyg‘ur-turk alifbosida nashr etilgan edi. Turk olimi Cheval Qoya
tomonidan ushbu asar o‘rganilib, 1994-yili Turkiyada chop etildi. U garchi
Radlov-Malov nashri asosida Berlin Fanlar akademiyasi
va Mayiz fondida
saqlanayotgan 20ga yaqin nusxa parchalarini o‘zaro
qiyoslab, asarning mukammal
matnini amalga oshirgan bo‘lsa-da, asar tilining murakkabligidan uni turk tiliga
tabdil qilmagan
103
. Asar 1986 yili Xitoyda uyg‘ur
tiliga tabdil etilgan, ammo
N.Rahmonning yozishicha, tabdil ancha erkin bo‘lib, asl matndan uzoqlashgan.
O‘zbek olimi asarning Xitoyda uyg‘ur tiliga qilingan tabdili va Cheval Qoya
nashrini Radlov-Malov matni bilan o‘zaro qiyoslab, asarning yig‘ma-qiyosiy
matnini tuzib chiqdi va qadimiy turk tilidan lotin yozuviga tabdil qildi.
Matnshunos olim matn uchun tayanch sifatida Radlov-Malov matnini tanlab, Xitoy
va Turkiyada chop etilgan matnlardagi tafovutlarni matn ichida qavsda berib
borish prinsipini qo‘llagan. N. Rahmon matnining yana bir xususiyati, har bir matn
bo‘lagi o‘zbek tiliga tarjima qilinib tabdil bilan yonma-yon keltirilgan. Olim
qo‘llagan prinsiplarni yana shularda ko‘rish mumkin:
1. “Oltun yorug‘”ning asl nusxasidagi satrlar tartibini ko‘rsatish maqsadida har bir
satrdagi raqamlar tartibi saqlangan.
2. Hozirgi o‘zbek tilidagi tabdil qadimiy turkchadagi har bir varaqdan so‘ng
berilgan. Turkiya yoki uyg‘ur nashrlarida izoh berilmagan o‘rinlarda qavs ichida
so‘zlar, qo‘shimchalar kiritilgan.
3. Transkripsiya belgilarini ifodalashda o‘zgarishlar kiritgan(ng o‘rniga ng, sh
o‘rniga sh, g‘ o‘rniga gh, til orqa I o‘rniga i, til oldi i o‘rniga ï).
102
Qarang: Олтин ёруғ. 1-китоб. Сўзбоши, изоҳлар ва қадимги туркий тилдан ўзбекчага табдил
муаллифи Н.Раҳмон. – Т.: Фан, 2009.
103
Ўша асар. – Б. 12.
4. Izohlar tartibini asl nusxaning tartib raqamidan ajratish uchun to‘q kursiv bilan
berib, ostiga chiziqcha qo‘ygan.
Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan
tayanch nusxa tanlash,
farqlarni ilmiy apparatda ko‘rsatib borish, o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida
bo‘lgan manbalardan foydalanish asosiy prinsiplardir.
Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish prinsiplariga quyidagilar kiradi:
qo‘lyozmalar va jalb etilgan nusxalarning tavsifini keltirish;
barcha qo‘lyozma nusxalarni shartli belgi bilan belgilash;
asliyat (original) yozuvini va matn strukturasini saqlash;
asarning boshqa nusxalari mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘liq nusxani tayanch
matn sifatida qabul qilish;
ilmiy apparatni qo‘llash;
asosiy matnda yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan nomlash;
matniy tafovutlarni jadvallarda ko‘rsatish;
barcha jalb etilgan nusxalardagi matnlarni umumlashtirish;
matn varaqlarini raqamlab, birinchi betini “a”, ikkinchi betini “b” harflari bilan
belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: