Dar ko‘chaioshiqi ba paymon durust,
Meguft ba man ahli dile ro‘zi naxust,
Tolib matalab kasse, ki o‘ g‘ayritu just,
Tu tolibi o‘ bosh, ki o‘ tolibi tust
94
.
Kitobxonga matn to‘liq tushunarli bo‘lishi uchun tarjimalar ham keltirilgan.
S.G‘anieva ushbu ruboiyning tarjimasini shunday beradi:
“Oshiqlik ko‘chasida
ahdi paymoni mustahkam bo‘lgan bir ahli dil(ya’ni dilbar, dildor) menga aytgan
edi: Sendan boshqani qidirgan kishini talabgorlikka undama, sen shunday kishiga
talabgor bo‘lginki, u ham senga talabgor bo‘lsin”
95
.
S.G‘anieva ruboiy ma’nosini qisqa, aniq tarzda o‘quvchiga etkazishga harakat
qilgan.Ushbu ruboiy tarjimasini o‘ziga xos sharh deyish mumkin.E’tibor bersak,
ruboiyning aslida “tolib” so‘zi uch marotaba qo‘llangan, tarjimada shu tushuncha
ma’nosini beruvchi “talabgor” so‘zi shuncha keltirilgan.
“Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida Navoiy Mavlono Osafiy haqida
shunday yozadi: “Mavlono Osafiy – otasi podshohi zamonning vazorat devonida
muhr bosibdur va o‘zining tab’i ta’rif qilg‘ucha bor va hofizasi ham bag‘oyat
xubdur. Ammo ne tab’in ishga buyurur, ne hofizasin. YAtimvashlik va
ra’nosifatliq va xudroylik va xudroylik bila avqotin zoe’ qilur. Bu nav’ g‘arib sifoti
94
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами, 13-жилд. – Т.: Фан, 1997. – Б.24.
95
Ўша асар. – Б.227.
ko‘pdurki, agar desa so‘z uzolur.Mutloqo pandpazir emas.Bu jihatdin bag‘oyat
parishondur.Yaxshi abyoti bor”
96
.
S.G‘anieva Mavlono Osafiy, ya’ni Xoja Shamsiddin Hiraviy shaxsi haqida bir
qancha qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni keltiradi. Olima avval shoir tug‘ilgan,
vafot etgan yil hamda o‘rnini ko‘rsatadi.Keyin Osafiyning devon tartib bergani,
uning devoni 1968 yili Tehronda Hodi Arfa’ Kirmoniy tomonidan so‘zboshi bilan
nashr ettirilganini yozadi. Sharhda Navoiy o‘zining “Soqiynoma”sida Osafiyni
yaqin do‘stlari, hammaslaklari qatorida hamda zakovatli shoir sifatida tilga olishi
qayd etilgan. Shu bilan birga Xondamirning “Makorim ul-axloq” va Vosifiyning
“Badoe’ ul-vaqoe’” asarida Osafiy haqidagi ma’lumotlar borligi ko‘rsatilgan.
S.G‘anieva mutarjim Faxriy Hirotiy keltirgan Osafiyning bir bayti tarjimasini ham
sharhda beradi. Sharhda Osafiyning Navoiy vafotiga yozgan marsiyasidan bir bayt
va tushirgan ta’rixi keltirilgan
97
. S.G‘anieva sharhda tazkirada Navoiyning bu shoir
haqidagi ma’lumotlarini umuman takrorlamaydi. S.G‘anievaning Osafiy haqidagi
ma’lumotlari tugal va batafsilligi bilan muhim ilmiy qimmatga egadir.
“Majolis un-nafois”da Alisher Navoiy bevosita biror munosabat bilan tilga olib,
lekin bunday shaxslar haqida to‘la to‘xtalishni lozim topmagan o‘rinlar ham bor.
S.G‘anieva matn izoh va tarjimalarini tayyorlashda shunday o‘rinlarga ahamiyat
qaratgan. Masalan, “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida Imom Ali Muso ar-
Rizo, Mehri, Anvariy, Xoja Salmon, SHayx Kamol, Mavlono Sa’diddin
Koshg‘ariy kabilarning ismlari qayd etilgan. Ikkinchi majlisda Abu Hanifa, Ibn
Hojib, Sayid SHarif, SHayx Zayniddin, Xoja Abdulloh Ansoriy, Imom Faxr, Amir
Suhayliy, Hazrat Shayx, Shayx Farididdin Attor, Shayx Bahovaddin Umar, Xoja
Abu Nasr Porso, Hazrat SHayx Abusaid Abdulxayr, Kichik mirzo, Mavlono Ja’far,
Hazrat Ahmad Jomiy, Xoja Yusuf Hamadoniy, Ahmad Hojibek kabilar tilga
olingan. Lekin bu kabi shaxslarga tazkirada maxsus fiqra ajratilmagan. S. G‘anieva
ularning shaxsiy hayoti, ijodi va o‘z davrida tutgan o‘rni borasida ma’lumotlar
96
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами, 13-жилд. – Т.: Фан, 1997. – Б.73.
97
Qarang: Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 13-жилд. – Т.: Фан, 1997. – Б.244-245.
keltiradi. Matnshunos tomonidan berilgan bunday aniq va qisqa sharhlar “Majolis
un-nafois” nashrini boyitadi. Umuman, “Majolis un-nafois” nashri matni uchun
sharh va tarjimalarning umumiy soni 706taga (muqaddima – 16 sharh, I majlis –
119, II majlis – 141, III majlis – 194, IV majlis – 106, V majlis – 28, VI majlis –
49, VII majlis – 40, VIII majlis – 13 sharh) etgan.
Ilmiy-ommaviy matnni tayyorlashda matnshunos o‘quvchilarning qaysi
toifasiga mo‘ljallanayotganligiga qarab qo‘lyozma asar matnini qisqartirishi,
soddalashtirishi, she’riy yo‘l bilan yozilgan asar bo‘lsa, nasriy bayon yoki
izohlardan foydalanishi mumkin. “Xamsa” dostonlari, “Mahbub ul-qulub”,
“Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Vaqfiya” kabi asarlar matnlarining nasrlashtirilgan
variantlari shunday prinsiplarga asosida yaratilgan.
Yagona nusxadagi asarlarning ilmiy-ommaviy matniga misol qilib Zahiriddin
Muhammad Boburning “Muxtasar” asari matnini ko‘rsatish mumkin. Uning
yagona, Parij Milliy kutubxonasida 1308–raqami ostida saqlanayotgan nusxasining
mikrofilmi 1968 yili professor Hamid Sulaymon tomonidan Alisher Navoiy
nomidagi Adabiyot muzeyi fondiga olib kelingan edi. Adabiyotshunos olim
Saidbek Hasanov ushbu asarni nashrga tayyorlab, 1971 yili zamonaviy o‘zbek
yozuviga transliteratsiya qilib, chop etdi.Unda “Muxtasar” qo‘lyozmasini
ko‘chirishda xattot tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, jumladan, so‘zlarning
tushirib qoldirilishi, bir so‘z o‘rniga boshqa so‘z yozish, ayrim jumlalarni takrorlab
yozish, harflar o‘rnini almashtirish kabi holatlar aniqlanib, muayyan darajada
tiklangan.Xattot tomonidan tushirib qoldirilgan so‘z yoki jumlalar katta qavs
ichiga olingan. Masalan: qo‘lyozmaning 1
a
-betida 2 satr yuqoridan “sababi saqiyl”
so‘zlari tushib qolgan, bu so‘zlar sababi saqiyl
shaklida tiklangan. Xattot
yanglishib takrorlab ko‘chirgan matnlar kichik qavs ichiga olinib, kitob ilovasida
unga izoh berilgan. (Masalan, qarang: 6
b
-bet 16 -raqamdan iborat.) Katta hajmda
takrorlanmagan jumla va so‘zlar qavs ichiga olinmagan va transliteratsiyada ifoda
qilinmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh berib ketilgan. Transliteratsiyada bahr va turli
vaznlarga keltirilgan misollar tekshirib borilgan va xattot tomonidan yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar tuzatilib, izoh berilgan. Ba’zi o‘qilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar
transliteratsiyada berilmay, /?/ belgisi bilan ko‘rsatilgan. Taxminiy o‘qilgan so‘zlar
transliteratsiyada ifodalanib, so‘roq belgisi bilan qavs ichiga olingan.Risolaning
to‘liq transliteratsiyasi bilan birga faksimil nashri ham berilgan. Kitobda ismlar,
asarlar, geografik va etnik joylar ko‘rsatkichlari alfavit tartibida hozirgi o‘zbek
grafikasida, terminlar ko‘rsatkichi esa, hozirgi o‘zbek va arab grafikasida
keltirilgan. Ismlar to‘g‘risidagi raqamlar kitobning ko‘rsatilgan betida shu ism
haqida ma’lumotlar borligini anglatadi. Ba’zi ismlardagi beti(a, b) ko‘rsatilmagan
raqamlar so‘zboshida qo‘yilgan raqamlarni bildiradi. Asarlar nomi ko‘rsatkichida
mualliflar nomi qavs ichiga olingan.
Ilmiy-ommaviy matn yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish, ilmiy-tanqidiy
yoki yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish
uchun tayyorlanib, bosh prinsipi keng o‘quvchilar auditoriyasi talablarini nazarda
tutishdir. Ilmiy-ommaviy matnlarda qo‘llanadigan tekstologik tamoyillarga sharh,
izoh va lug‘atlar ilova qilish, nasriy bayoni bilan birga chop etish, o‘zbek yozuviga
transliteratsiya qilish, matn to‘liq tushunarli bo‘lishi uchun tarjimalarni ham
keltirish, zarurat tug‘ilganda qo‘lyozma asar matnini qisqartirish, soddalashtirish,
she’riy yo‘l bilan yozilgan asar bo‘lsa, nasriy bayon yoki izohlardan foydalanish
kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |