273
Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish bo’yicha
yetkazilgan zarar uch karra miqdorda qoplanadigan bo’lsa,
ozodlikni cheklash
hamda ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo’llanilmaydi.
Sudgacha bo’lgan jarayonda shubha qilinayotgan shaxsni gumon qilinuvchi
yoki ayblanuvchini sifatida jinoyat sodir etilishida ayblash uchun asoslar mavjud
bo’lsa, qisqa muddatga ushlab turish, hibsga olish yoki hibsda saqlash jinoyat-
protsessual qonunchiligi bo’yicha ta’qiqlanmagan holat sanaladi.
Huquq-tartibot
organlari xodimlarining ushbu tartib-qoidalarga amal qilishlari talab etiladi. Har
doim ham bunga erishishning imkoni bo’lmaydi. Ba’zan g’arazli va past
niyatlarda, bila turib, g’ayriqonuniy asoslarda shaxsni qonunga xilof ravishda
ushlab turish holatlari JKning 234-moddasida ko’zda
tutilgan jinoyatning sodir
etilishini keltirib chiqaradi. Buning sodir etuvchi sub’ektlar tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiruvchi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bo’ladi.
Jinoyat protsessida qiynoqqa solish, boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki
kamsituvchi muomala va jazo turlarini qo’llash, ko’pincha axborot olish, jinoyatga
iqrorligini olishga erishish maqsadlarida qo’llanilish holatlari uchrab turadi.
Gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi va boshqa
shaxslarga nisbatan do’pposlash, urish, qo’rqitish, qiynash shaklidagi g’ayriinsoniy
muomala
ularga ruhiy, jismoniy zarar yetkazadi. Jinoyat tergov harakatlarini olib
borishga mas’ul bo’lgan mansabdor shaxs tomonidan qasddan amalga oshiriladi.
Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish (236-modda),
yolg’on xabar berish (237-modda) va yolg’on guvohlik berish (238-modda),
surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilish (239-modda)
jinoyatlari mansabdor bo’lmagan shaxslar tomonidan ham sodir etiladi.
Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o’z zimmasidagi vazifani
bajarishdan bo’yin tovlashi amaliyotda uchrab turadigan hodisa bo’lib, JKning
240-moddasi ushbu holat uchun javobgarlikni belgilab bergan.
Moddaning
dispozitsiyasiga ko’ra, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki
sudda guvoh yoki jabrlanuvchining ko’rsatuv berishni yoxud ekspert tomonidan
xulosa berishni rad etishi yoki bundan bo’yin tovlashi javobgarlikka sabab bo’ladi.
274
Moddaning ikkinchi qismida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchining
yaqin qarindoshlarining ko’rsatuv bermaganligi yoki bundan bo’yin tovlashi,
shuningdek guvoh o’ziga qarshi ko’rsatuv berishni rad etganda javobgarlikka
tortilmasliklari belgilangan.
Odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatlardan yana biri jinoyat haqida xabar
bermaslik yoki uni yashirish qilmishi bo’lib, u tayyorgarlik ko’rilayotgan yoki
sodir etilgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatni aniq bilgan holda hokimiyat organlari
yoxud huquq-tartibot organlariga xabar bermaslik bilan bog’liq bo’ladi.
Moddaning dispozitsiyasidan
anglashiladigan holat shuki, ijtimoiy xavfi katta
bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar haqida xabardorlik holatida
tegishli organga xabar bermaslik jinoiy harakat sifatida ko’zda tutilmagan.
Binobarin, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar
haqida xabar berish fuqarolik burchi sanaladi.
Odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatlar ichidagi so’nggisi
jinoyatni
hisobga olishdan qasddan yashirish (241
1
-modda) qilmishi bo’lib, mazkur jinoyat
mansabdor shaxs tomonidan sodir etiladi. Jinoyatning ob’ektiv tomonini jinoyat
haqidagi ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish
yoki ko’rib chiqishga mas’ul shaxs tomonidan jinoyatlarni
hisobga olishdan
qasddan yashirish tashkil etadi. Jinoyatning takroran yoki bir guruh shaxslar
tomonidan sodir etilishi yoxud og’ir oqibatlarni keltirib chiqarishi jazoning
og’irlashuviga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: