O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

- Voqea qanday yechim topadi?


267 
uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilgan bo’lsa, ma’muriy jazo 
masalasining 
ahamiyati 
bo’lmaydi. Xizmatchi to’g’ridan-to’g’ri jinoiy 
javobgarlikka tortiladi.
Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar
Boshqaruv tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlar ma’muriy tizimga zarar 
yetkazishda ifodalanadi. Mansabdor shaxslar ishtirokida sodir etiladigan jinoyatlar 
yuqorida tahlil qilinganligi bois boshqaruv tartibiga qarshi qaratilgan boshqa 
jinoyatlarni umumiy asoslarda o’rganib chiqamiz.
Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish (215-modda) jinoyatining predmeti 
O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalarining bayrog’i, gerbi va madhiyasi 
sanaladi. Ushbu ramzlar konstitutsiyaviy normalar bilan himoyalangan bo’lib, ular 
davlatning obro’si, sha’ni, qadr-qimmati va mavqeini anglatadi. Hurmatsizlik 
qilish holati ramzlarni tahqirlashda, ramzlar ustiga haqoratlovchi so’zlar yozish va 
tasvirlarni chizish, madhiyani parodiya ko’rinishida masxaralash, bayroqni latta 
sifatida ishlatish kabi shakllarda ifodalanadi. Jinoyat sub’ekti 16 yoshga to’lgan 
shaxs bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlar 
tuzishning o’z tartib-qoidalari mavjud bo’lib, ular “O’zbekiston Respublikasida 
jamoat birlashmalari to’g’risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun 
talablariga amal qilmagan holda jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarni 
g’ayriqonuniy ravishda tuzish, ular faoliyatini tiklash hamda faoliyatida qatnashish 
jinoyatning ob’ektiv tomonini ifodalaydi. Bunday jamoat birlashmalari siyosiy 
partiyalar, ommaviy harakatlar, shuningdek, harbiy va yashirin diniy-ekstremistik 
tashkilotlar shaklida bo’lishi mumkin.
G’ayriqonuniy birlashma va tashkilotlarni tuzish bevosita jinoyat sodir 
etilganligini anglatadi. Bunday birlashma va tashkilot, oqim va sektalar faoliyatida 
ishtirok etishga undash ma’muriy javobgarlikka sabab bo’ladi. Ma’muriy jazo 
qo’llanilganidan keyin bunday undovlarning davom ettirilishi jinoyat sodir etilishi 


268 
faktini keltirib chiqaradi. Sodir etilgan keyingi harakat JKning 216
1
-moddasi bilan 
javobgarlik kelib chiqishiga asos bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasidagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to’g’risida”gi Qonuni diniy sohadagi ijtimoiy va huquqiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi qonun sifatida e’tirof etiladi. Mazkur qonun diniy tashkilotlar bilan 
bog’liq masalalarga oid davlat siyosatini o’zida aks ettiradi. Diniy tashkilotlar 
to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish ma’muriy jazoga sazovor bo’lib, quyidagi 
holatlarning qaytadan sodir etilishi jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi: 

diniy faoliyat bilan nolegal (yashirin) shug’ullanish; 

tashkilot rahbarlarining tashkilot ustavini ro’yxatdan o’tkazishni 
xohlamasligi; 

tashkilot a’zolarining bolalar va o’smirlar bilan maxsus yig’ilish 
o’tkazishlari; 

diniy marosimga aloqador bo’lmagan mehnat, adabiyot va boshqa 
shakldagi to’garak va guruh tashkil etish va o’tkazish. 
Diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishning prozelitizm 
(dindorlarni bir konfessiyadan boshqa konfessiyaga kiritish harakati) va 
missionerlik (dindorni bir dindan boshqa dinga kiritish harakati) shaklida amalga 
oshirilishi ham ma’muriy jazo qo’llanilganidan so’ng kelib chiqadi.
Yig’ilishlar, mitinglar, ko’cha yurishlari, namoyishlar uyushtirish yoki 
o’tkazish tartiblarini buzish (217-modda) holati ham yuqoridagi kabi ma’muriy 
jazo qo’llanilganidan keyin kelib chiqadi.
Ta’qiqlangan ish tashlashlarga rahbarlikni amalga oshirish, shuningdek 
favqulodda holatlar joriy etilganda korxona, tashkilotlar faoliyatiga to’sqinlik 
qilish uncha og’ir bo’lmagan jinoyat turlariga kiradi. Ushbu jinoyat ikki holatdan 
birining sodir etilishi bilan namoyon bo’ladi. Birinchisi, ta’qiqlangan ish 
tashlashga rahbarlik qilishda, ikkinchisi favqulodda holat e’lon qilingan sharoitda 
korxona, tashkilot va muassasa ishiga to’sqinlik qilishda ifodalanadi.
Hokimiyat vakili yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik 
ko’rsatish jinoyati aksariyat hollarda bezorilik bilan bog’liq holda amalga 


269 
oshiriladi. Mazkur jinoiy qilmish uchun Jinoyat kodeksining 219-moddasi ikkinchi 
qismida bunday shaxslarni o’z xizmat vazifasini yoki fuqarolik burchini 
bajarishdan voz kechish, shuningdek qonunga xilof xatti-harakatlar sodir etishga 
majbur qilishning ta’qiqlovchi asoslari belgilangan. Bunday majbur qilish 
qamoqqa olingan shaxslarni ozod qilishga urinish kabi shakllarda yuz beradi.
Maxsus qismning 220, 221 va 222-moddalari sud tomonidan tayinlangan 
jazoni ijro etilishi bilan bog’liq munosabatlarda vujudga keladi. Jazoni ijro etish 
muassasalari mahkumlarni saqlashning o’z tartib-qoidalariga ega bo’lib, u Jinoyat-
ijroiya kodeksi bilan belgilanadi. Jazoning o’tash tartibini buzganlik, muassasa 
talablarini bajarmaganlik uchun intizomiy ta’sir choralari qo’llaniladi. Intizomiy 
ta’sir choralarining qo’llanilishidan keyin ham tartibbuzarlik davom etsa, ta’sir 
choralari og’irlashtiriladi. Bu qamoqdan qochish holatlari uchun ham qo’llaniladi.
Boshqaruv tartiblari O’zbekistonga kirish va chiqish, harbiy yoki muqobil 
xizmatni o’tash, ma’muriy nazorat qoidalariga rioya qilish munosabatlarini ham 
tartibga soladi. 
Jinoyat kodeksi 227 va 228-moddalari hujjat, shtamp, muhr, blankalar, 
avtotransport vositalari davlat raqamlarini egallash, nobud qilish, shikastlash yoki 
yashirish hamda qalbakilashtirish, sotish yoki foydalanish kabi holatlarni jinoyat 
deb topish asoslarini o’zida ifodalaydi. Bunday harakatlarning past niyatlarda sodir 
etilishi, pasport yoki boshqa shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoki o’ta muhim hujjat, 
muhr, shtamp va blankalarga nisbatan ishlatilishi va og’ir oqibatlarga olib kelishi 
jazoning og’irlashuviga olib keladi. Bunday og’irlashuv davlat proba tamg’alarini 
tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish jinoyatini sodir etganlik 
uchun ham qo’llaniladi. 
O’zboshimchalik jinoyati (229-modda) yuridik jihatdan belgilangan yoki 
faraz qilingan huquqqa asoslanib, o’zboshimchalik bilan harakat qilinishi 
natijasida fuqarolarning huquqlari va manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoxud 
jiddiy ziyon keltirishida aniqlanadi. O’zboshimchalik bergan qarzini qaytarib olish 
maqsadlarida qarzdorning mulkini tortib olish, qo’lga tushgan kissavurni mustaqil 
sud qilish kabi kabi holatlarda ifodalanadi.


270 
Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar tizimiga 229-moddadan keyin bir 
qancha moddalar kiritilgan. Ularga yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan 
egallab olish (229
1
-modda), diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish (229
2
-
modda), belgilangan ta’qiqlar (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni 
yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash (229
3
-
modda), yer berish tartibini buzish (229
4
-modda) jinoyatlari kiradi. Mazkur 
jinoyatlar ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin kelib chiqadi.
Yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallab olish tegishli hokimiyat va 
kadastr ishlari bilan shug’ullanuvchi organlar ruxsatisiz yerning o’zlashtirilishi va 
unda inshootlar qurilishi bilan amalga oshiriladi. Qarovsiz, tashlandiq yerlarni 
o’zlashtirish qishloq ho’jalik ekinlari ekish maqsadlarida amalga oshirilsa va 
tegishli ruxsatnoma olib soliq to’lansa javobgarlik qo’llanilmaydi.
Diniy ta’limotdan saboq berish uchun, avvalo shaxsning o’zi rasmiy ta’lim 
maskanlarida qonuniy saboq olgan bo’lishi shart. Bu saboq oluvchilarni kelajakda 
turli ekstremistik oqimlarga kirib ketishlarini oldini olishga xizmat qiladi. Rasmiy 
muassasalarda ta’lim olinganlik ham xususiy tartibda saboq berish huquqini 
bermaydi. Buning uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Shaharsozlik va uy-joylarni qurish bilan bog’liq ishlarni amalga oshirishda 
ayrim hududlarga ta’qiq o’rnatilib, madaniy maskan, bolalar o’yingohi, istirohat 
bog’i yoki tarixiy ob’ekt joylashgan hududlarda faoliyat olib borish ta’qiqlanadi. 
Inshoot qurish boshlangan bo’lsa, inshoot buzib tashlanadi.
Yer berish tartibini buzish jinoyati shunday vakolatga ega bo’lgan 
mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Yer kodeksi, shaharsozlik va uy-
joy berish tartib-qoidalariga amal qilinmagan holda, masalan ortiqcha yer berish, 
yo’l uchun mo’ljallangan hududdan joy ajratish kabi holatlar mazkur jinoyat 
asoslariga mos keluvchi harakatlar hisoblanadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish