O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Odil sudlovga qarshi jinoyatlar
O’zbekiston Respublikasining sud tizimi odil sudlovni amalga oshiruvchi 
davlat hokimiyatining mustaqil tizimi sanaladi. Odil sudlov ijtimoiy adolatni 


271 
ta’minlash maqsadlarini ko’zlaydi. Adolat o’rnatilishiga qarshi qaratilgan 
tajovuzlar odil sudlovga qarshi jinoyatlarni tashkil etadi.
Aybsiz kishini javobgarlikka tortish (230-modda) jinoyatining sub’ektlari 
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror bo’lishi nazarda tutilgan. Bunda aybsizligi 
ayon bo’lgan shaxsni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlikda ayblab javobgarlikka 
tortish jinoyatning ob’ektiv tomonini tashkil etadi. Shaxsning aybsizligi uning 
qilmishida jinoyat tarkibining mavjud emasligi, bu shaxsning jinoyatga aloqasining 
yo’qligi, jinoyatni istisno qiluvchi holatlar mavjud bo’lganligi yoki jinoyat amalda 
sodir bo’lmaganligi bilan izohlanadi.
Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) hamda tezkor-qidiruv faoliyati 
natijalarini soxtalashtirish (kalbakilashtirish) jinoyatlari bir-biriga o’xshab ketsada, 
ularning farqli jihatlari mavjud. Xususan, har ikki jinoyatda ham jinoyat-
protsessual jarayoni mas’ul shaxslari jinoyat sub’ektlari sanaladi. 
Dalillarni soxtalashtirish tergovga qadar dalillarni to’plash, tekshirish va 
baholash vaqtida hujjatlar va ashyolarga yolg’on ma’lumotlarni kiritish va o’zga 
buzib ko’rsatishlarda namoyon bo’luvchi soxtalashtirish shaklida amalga 
oshiriladi. Bunday ish isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda 
qatnashish uchun jalb etilgan shaxslar tomonidan g’arazli va past niyatlarda 
bajariladi.
Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish) 
jinoyatining sub’ekti ham harakatni g’arazli va past niyatlarda sodir etadi. Bu 
harakat aynan aniq shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib etish maqsadlarida amalga 
oshirilib, u jinoyatga aloqasi yo’qligi oldindan ayon bo’ladi. Jinoiy harakat 
natijasida noto’g’ri ayblanayotgan shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik 
obro’siga putur yetish oqibati kelib chiqishi mumkin. 
Odil sudlov amalga oshirilishi jarayonida jinoyat-protsessual faoliyatini olib 
boruvchi vakolatli shaxslardan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, ekspert yoki 
mutaxassisgina emas, balki sud tarkibi ham jinoiy javobgarlikka tortilishi ko’zda 
tutilgan. Uning javobgarligi vakolatiga bevosita bog’liq holda adolatsiz hukm, hal 
qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish (231-modda) jinoyati asosida kelib chiqadi. 


272 
Sud tomonidan ish olib borilishida shaxsning aybsiz ekanligini anglashi, sud 
hujjati chiqarilishida buni bilishini anglatadi. Jinoyat sub’ektlari sud’ya yoki 
maslahatchilar bo’lishadi.
Sud hujjatini ijro etmaslik (232-modda) jinoyati sud tomonidan chiqarilgan 
hujjatda muayyan harakatni bajarish yoki undan tiyilish majburiyatini bajarishdan 
bo’yin tovlashda namoyon bo’ladi. Sud hujjatini ijro etmaslik jinoyatining sub’ekti 
jinoyatni qasddan harakatsizlik shaklida amalga oshiradi. Bunday holat uchun 
avval ma’muriy jazo qo’llanilib, jazodan keyin ham bo’yin tovlashni davom 
ettirishi jinoyat sodir etilishini tugallanishini ko’rsatadi. Sud hujjatini ijro etilishiga 
to’sqinlik qilish ko’rilayotgan jinoyatning yana bir holati bo’lib, u sud hujjatini 
yashirib qo’yish, yo’qotish, ma’lumotni qasddan yashirishda ifodalanadi. 
Jinoyatning mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilishi jazo chorasini 
og’irlashtiradi. 
Jinoyat sodir etilishi natijasida ayrim holatlar uchun gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi yoki sudlanuvchining mulkiga band solinishiga yo’l qo’yiladi. Band 
solingan bunday mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish mulk ishonib 
topshirilgan shaxs tomonidan o’zlashtirish, rastrata qilish, shikast yetkazish orqali 
ancha miqdorda zarar yetkazilishida aks etadi. Agar bank yoki moliya-kredit 
tashkilotidagi pul mablag’lariga band solingan bo’lsa, bunday mablag’lar 
yuzasidan bank operatsiyalarini bajarish ham ushbu jinoyatning sodir etilishiga 
sabab bo’ladi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish