Mavzu bo’yicha nazorat savollari
1.
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi
jinoyatlarni tushuntiring.
2.
Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni tasniflang.
3.
Odil sudlovga qarshi jinoyatlarni tavsiflang.
4.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarga nimalar kiradi?
5.
Blanket dispozitsiyalarga nimalar kiradi?
6.
Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish qanday kelib
chiqadi?
277
7.
Mansabni suiiste’mol qilish tushunchasini ta’riflang.
8.
Jiddiy ziyon tushunchasini tavsiflang.
9.
Sud hujjatini ijro etmaslik qanday namoyon bo’ladi?
10.
Yolg’on xabar berish va yolg’on guvohlik berish jinoyatlarini farqini
tushuntiring.
17 BOB. JAMOAT XAVFSIZLIGI VA TARTIBIGA QARSHI
HAMDA HARBIY SOHADAGI JINOYATLAR
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
O’zbekiston aholisi tinch-totuv yashash erkinligiga ega bo’lib, fuqarolarning
tengligi, ularning huquq va manfaatlarini davlat tomonidan himoyalanishi buning
kafolatidir. Davlat ijtimoiy munosabatlarni qo’riqlar ekan, jamoat xavfsizligi va
tartibini ham ta’minlashga harakat qiladi.
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibi jinoyat qonunchiligi doirasida alohida
bo’limda aks etgan bo’lib, u mazkur sohaga taalluqli jinoyatlarni o’z ichiga oladi.
Kodeks Maxsus qismining VI bo’limi ushbu jinoyatlarni o’zida jamlagan.
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar jinoiy uyushma tashkil etish (242-
modda) jinoyatidan boshlanadi. Jinoiy uyushma ishtirokchilikning yeng yuqori
shakli sanaladi. U ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning birlashuvidan hosil
bo’ladi. Ushbu jinoyat kesik tarkibli jinoyat hisoblanib, jinoiy uyushmaning tashkil
etilishining o’zi oqibat kelib chiqishidan qat’iy nazar, tamom bo’lgan deb topiladi.
Jinoiy uyushmani tashkil etish uyushmani, uning bo’linmalarini,tuzish yoki unga
rahbarlik qilish, uning mavjud bo’lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan
faoliyatda ifodalanadi. Uyushgan qurolli guruhni tuzish, rahbarlikni amalga
oshirish yoki unda ishtirok etish jinoyatni og’irlashtiradi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (243-modda) jamoat
xavfsizligi bilan birga mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga qarshi qaratilgan
278
jinoyatdir. Jinoiy faoliyat natijasida topilgan pul mablag’lari yoki mol-mulk jinoyat
predmeti bo’ladi.
Legallashtirish
noqonuniy
topilgan
mulkni
turli
yo’llar
bilan
qonuniylashtirishga, yashirin holatdan oshkora holatga keltirishda ifodalanadi.
Bunda pul yoki mol-mulkka o’tkazish, aylantirish, almashtirish yo’li bilan qonuniy
tus beriladi. Jarayonda mulkning asl xususiyati, manbai, turgan joyi, tasarruf etish
va ko’chirish usuli, mulkka haqiqiy egalik yoki uning kimga qarashliligi
yashiriladi yoki sir saqlanadi.
Ommaviy tartibsizliklar jamoat amal qiladigan va bo’ysunadigan
me’yorlarni buzish, o’zining harakati bilan boshqalarni ham shunday harakatlarga
undash orqali kelib chiqadi. Bunda shaxsga nisbatan zo’rlik ishlatish, qirg’in
solish, o’t qo’yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat
vakiliga qarshilik ko’rsatish tartibsizlik kelib chiqishiga olib keladi. Aybdor
tomonidan mazkur harakatlarni qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa
narsalar ishlatib yoki ishlatish yo’li bilan qo’rqitib amalga oshirish jinoyatning
zaruriy sharti sanaladi. Shuningdek, bunday ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok
etish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
244
1
, 244
2
, 244
3
-moddalarda belgilangan jinoyatlar mohiyatan bir-biriga
yaqin bo’lib, diniy-ekstremistik g’oyalarni, ramziy belgilarini, har-xil uydirmalarni
tayyorlash,
tarqatish,
diniy
ekstremistik,
separatistik,
fundamentalistik
tashkilotlarni tuzish, rahbarlik qilish yoki ishtirok etish, diniy mazmundagi
materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, tarqatish kabi harakatlarni bajarish
orqali namoyon bo’ladi.
Ekstremistik,
fundamentalistik
g’oyalar,
tashkilotlar
O’zbekiston
Respublikasidagi tinchlik va osoyishtalikka rahna soluvchi harakatlarni o’zida
ifoda etadi. Ekstremizm keskin chora-tadbirlar qo’llash harakati bo’lib, ta’qiqlagan
usullar yordamida bo’lsa ham maqsadga erishishni o’zida aks ettiruvchi
g’oyalardan iborat bo’ladi. Separatizm o’zida ayirmachilikni ifodalaydi.
Fundamentalizm hamma narsaning asosini faqat o’zlari ishonadigan ta’limotga
bog’lash va taraqqiyotni rad etish g’oyalaridan tashkil topadi.
279
Maxsus qismning 244
4
va 248
1
-moddalarida o’rnatilgan me’yorlar bir-
birining mantiqiy davomi sanaladi. Xususan, 244
4
-modda uchuvchisiz uchuvchi
apparatlar, ularning butlovchi hamda ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda
mamlakatga olib kirish, o’tkazish, olish, saqlash, foydalanishni jinoyat sifatida
e’tirof etadi. Jinoyatni sodir etgan shaxsning bunday apparatlar va uning qismlarini
o’z ixtiyori bilan topshirishi javobgarlikdan ozod qilinish uchun asos bo’ladi.
248
1
-modda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan
foydalanish qoidalarini buzishda ifodalanuvchi harakatlarni jinoyat deb topadi. Har
ikki jinoyat holatida ham uchuvchisiz uchadigan apparat jinoyat predmeti
hisoblanadi.
2020 yilda mamlakatga xavf solgan COVID-19 pandemiyasi Jinoyat
kodeksiga bir qator moddalar kiritilishiga olib keldi. Ulardan biri 244
5
-modda
bo’lib, u karantinli va inson uchun xavfli bo’lgan boshqa yuqumli kasalliklar
tarqalishi haqida haqiqatga to’g’ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish holatini
jinoyat sifatida ta’rifladi. Pandemiya munosabati bilan sanitariyaga oid qonun
hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish (257
1
-modda)
jinoyati qoidalariga ham o’zgartish kiritilib, jazo choralari og’irlashtirildi.
Moddalarga o’zgartishlarning kiritilishi pandemiya tufayli vujudga kelishi
mumkin bo’lgan tartibsizliklarni oldini olish maqsadlariga qaratildi.
Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish (245-modda) jinoyati 155 va 165-
moddalarda ko’zda tutilgan jinoyatlardan motiv va maqsadlari bilan farqlanadi.
Mazkur jinoyatda garovga olingan shaxsni ozod qilish sharti sifatida davlat,
xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakatni sodir etish
yoki undan o’zini tiyish talab etiladi. Garovga oluvchilar bunday harakatni sodir
etish yoki sodir etmaslik garovdagi shaxsning hayotiga zomin bo’lishi mumkinligi
bilan ta’sir ko’rsatishga urinishadi.
Kontrabanda (246-modda) jinoyati bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini
buzish (182-modda) jinoyatiga o’xshab ketsada, ularning o’zaro farqli jihatlari
mavjud. Farq jinoyat predmetida namoyon bo’ladi. Kontrabanda kuchli ta’sir
qiluvchi portlovchi moddalar va qurilmalar, radioaktiv materiallar, qurol-yarog’,
280
o’q-dorilar, giyovandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki yot g’oyalarni targ’ib
qiluvchi materiallarni O’zbekistonga olib kirishda namoyon bo’ladi. Bundan
boshqa narsalarni olib o’tish esa 182-modda bilan kvalifikatsiyalanadi.
Jinoyat kodeksida o’qotar qurollar, o’q-dori, shuningdek portlovchi
moddalar va portlovchi qurilmalar bilan bog’liq jinoyatlar 247, 248 va 249-
moddalardan o’rin olgan. Bunday vositalar va qurollarni qonunga xilof ravishda
egallanishi (247-modda) hamda ularga qonunga xilof ravishda egalik qilish (248-
modda) jinoyatlari qasddan sodir etiladi. Ushbu jinoyatlar ob’ektiv va sub’ektiv
asoslar bo’yicha kvalifikatsiyalanganda, ularga uncha og’ir bo’lmagan, og’ir va
o’ta og’ir jinoyatlar uchun belgilangan jazolar qo’llanilishi ko’zda tutiladi. O’qotar
kurol yoki o’q-dorini beparvolik bilan saqlash ehtiyotsizlik tufayli sodir etiladi.
Jinoyat kodeksining 250, 250
1
, 251, 251
1
, 252, 253, 254, 255, 255
1
-
moddalaridagi qoidalar pirotexnika buyumlari, portlash xavfi bo’lgan, kuchli ta’sir
qiluvchi, zaharli, radioaktiv moddalar, yadro qurilmalari va boshqa ommaviy
qirg’in qurollari bilan bilan bog’liq jinoyatlarni o’z ichiga oladi. Mazkur jinoyatlar
o’zining ijtimoiy xavfliligi bilan jamoat tartiblarini yuqori darajadagi xavf ostiga
qo’yadi. Bunday jinoyatlar tufayli kelib chiqadigan oqibatlar jamoat xavfsizligidan
tashqari aholi salomatligiga ham jiddiy zarar yetkazadi.
Jamoat xavfsizligiga neft va gaz hamda ulardan olinadigan mahsulotlar
quvurlarini, unga bog’liq ob’ektlar, aloqa, signalizatsiya vositalarini yaroqsiz
holatga keltirish (255
2
-modda) qasddan sodir etiluvchi jinoyat sanaladi. Mazkur
jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyatning motivi va maqsadi ahamiyatga ega
bo’lmaydi.
Jamoat xavfsizligiga zarar keltiruvchi ayrim jinoyatlar mas’ul shaxslar
tomonidan o’z vazifalariga to’g’ri yondashmaganliklari evaziga ehtiyotsizlik
sababli kelib chiqadi. Zararli oqibat badanga o’rtacha og’ir yoki og’ir shikast
yetkazilishi bilan tugaydi. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik
qoidalarini buzish (256-modda), mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish
(257-modda), tog’-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini
buzish (258-modda), yong’in xavfsizligi qoidalarini buzish (259-modda) holatlari
281
mana shunday jinoyatlar jumlasiga kiradi. Mazkur jinoyatlar natijasida kamida
badanga o’rtacha og’ir yoki og’ir shikast yetkaziladi. Bunday hollarda yarashuv
qo’llanilishi mumkin. Agar jinoyat odamlar o’limi, va boshqa og’ir oqibatlarga
olib kelsa, qo’llaniladigan jazolar og’irlashadi.
O’ta muhim va toifalangan ob’ektlarning qo’riqlanishini ta’minlashga doir
majburiyatlarni bajarmaslik (259
1
-modda) qilmishi ham ehtiyotsizlik tufayli kelib
chiquvchi jinoyat sanaladi. Bunda javobgarlik ob’ekt qo’riqlanishiga mas’ul
bo’lgan shaxs uchun kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |