288
Bezorilik jinoyati jamoat tartibidan tashqari, fuqarolarning daxlsizligi,
sog’lig’i va o’zgalarga tegishli mulkka qarshi qaratiladi. Bezorilik jinoyati
jamiyatdagi yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, do’pposlash,
badanga
yengil shikast yetkazish, shuningdek ancha miqdorda zarar o’zganing mulkiga
shikast yetkazish yoki uni nobud qilish shaklida sodir etilishini ifodalaydi.
Jamiyatdagi yurish-turish qoidalari axloq qoidalari sanalib, uni qasddan
mensimaslik uyatli so’zlarni aytish bilan cheklansa, qilmish ma’muriy javobgarlik
tartibida mayda bezorilik hisoblanadi. Agar ruxsat berilmagan joyda spirtli
mahsulot ichish, shilqimlik, jamoat joylarida yalang’och
holda yurish kabi
harakatlar mayda bezorilikdan yuqori turadi.
Bezorilik harakatidagi axloq qoidalari buzilishining do’pposlash, badanga
yengil shikast yetkazish, o’zganing mulkiga shikast yetkazish yoki nobud qilish
bilan birga sodir etilishi qilmishni jinoyat sifatida topish uchun to’la asosni
vujudga keltiradi. 277-moddaning II va III qismidagi harakatlarning sodir etilishi
javobgarlik va jazoning og’irlashuvini keltirib chiqaradi.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlarni tashkil etish hamda
o’tkazish (278-modda) jinoyati o’zida ikki holatni aks ettiradi. Birinchisi, qimor va
tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish
hamda o’tkazish, ikkinchisi, bunday o’yinlar o’tkazish uchun qimorxonalar tashkil
etish yoki saqlash.
Qimor yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlar
pul vositasida
o’ynaladigan o’yinlar sirasiga kiradi. Ushbu holat kimningdir hamyonidan
ayrilishiga, kimnidir (asosan o’yin tashkil etuvchi) bundan boyib qolishiga olib
keladi. O’ziga tegishli katta pullarning yutqazilishi shaxsni o’g’rilik kabi jinoyatlar
sari yetaklaydi. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlar ko’pincha
g’irromlik asosiga quriladi. Vijdonsizlarcha yo’l tutilib, soddaroq odamlarning
cho’ntagi qoqlab olinadi. Qimor o’yinlaridagi yutuq esa insonni halol pul topish
yo’lidan chalg’itadi. Qimor o’yinlariga mukkasidan ketishiga olib keladi.
Qimorxonalar moddiy boyliklar va manfaatdorlikning boshqa turlariga
asoslangan, mijozlar
doimiy tashrif buyuradigan, qimor yoki tavakkalchilikka
289
asoslangan o’yinlar o’tkaziladigan hamda shunga monand jihozlangan joylardir.
Qimorxonalarda buyurtma bo’yicha boshqa xizmat turlari ham ko’rsatilishi
mumkin bo’lib, ular oziq-ovqat, ichimliklar, tamaki va alkogol mahsulotlari kabi
narsalar savdosi, shuningdek boshqa xizmatlardan iborat bo’ladi. Qimorxonani va
bunday o’yinlarni tashkil etuvchilar jinoyat sub’ektlari bo’lib, mijozlar
javobgarlikka tortilmaydilar.
Tavakkalchilik o’yinlarini televidenie orqali tashkil
etilish holatlari ham
mavjud bo’lib, bunday o’yinlar maxsus litsenziyaga ega yuridik shaxslar
tomonidan tashkil etiladi. Ular olingan daromadning 50 foizigacha bo’lgan qismini
yutuqlarga sarflashadi, 30-40 foiz atrofidagi daromadni davlatga soliq sifatida
topshiradilar.
Jinoyat kodeksining XX
1
bobi axborot texnologiyalari sohasidagi
jinoyatlardan iborat. Mazkur jinoyatlarning kelib chiqishida O’zbekiston
Respublikasining
“Axborotlashtirish to’g’risida”gi
Qonunida belgilangan
me’yorlarga nisbatan jinoiy tajovuzning uyushtirilishi asosiy rolni o’ynaydi.
Xususan, 278
1
-moddaning dispozitsiyasi axborotlashtirish qoidalarini buzish
holatlarini o’zida ifodalaydi. Bunda belgilangan himoya choralarini ko’rmagan
holda axborot tizimlar, ma’lumotlar bazasi va banklarini yaratish, joriy etish,
uzatish, foydalanish davlat va jamiyat manfaatlariga ko’p, juda ko’p miqdorda
zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishi jinoyat deb topiladi.
Keyingi moddalarda ham kompyuter va telekommunikatsiya bilan bog’liq
jinoyatlar o’rin olgan.
Jumladan, komp’yuter axborotidan qonunga xilof ravishda
foydalanish (278
2
-modda), komp’yuter tizimi, telekommunikatsiya tarmoqlaridan
g’ayriqonuniy foydalanish uchun maxsus vositalarni o’tkazish maqsadini ko’zlab
tayyorlash, o’tkazish yoki tarqatish (278
3
-modda), komp’yuter axborotini
modifikatsiyalashtirish (278
4
-modda), komp’yuter sabotaji (278
5
-modda), zarar
keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish va tarqatish (278
6
-modda) va
telekommunikatsiya tarmog’idan qonunga xilof ravishda foydalanish (278
7
-
modda) jinoyatlari axborot sohasidagi yetkazilgan zarar
yoki jiddiy ziyon bilan
jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga xavf soladi.
290
Ushbu
jinoyatlardan
komp’yuter axborotini modifikatsiyalashtirish
komp’yuterda saqlanayotgan axborotni qonunga xilof ravishda o’zgartirish, shikast
yetkazish, o’chirib tashlash, yolg’on axborotni kiritishda namoyon bo’ladi.
Komp’yuter sabotaji deb o’zganing mulkchiligiga tegishli bo’lgan
komp’yuter uskunasini yoki xizmatda foydalanadigan komp’yuterni qasddan
ishdan chiqarishi, komp’yuter tizimini buzishiga aytiladi.
Umuman komp’yuter sohasidagi jinoyatlar qasddan sodir etiladi. Xususan,
zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish jinoyati axborotlarni
qo’lga kiritish yoki zarar yetkazish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: