292
bo’lganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini egallashda aks etadi.
Jinoyat
janggohlarda yoki jang harakatlari bo’lib o’tgan, yaradorlarga yordam ko’rsatish
hududlarida yuz beradi. Mazkur harbiylar sha’ni, ularning qadr-qimmatini yerga
uruvchi harakat qasddan sodir etilib, og’ir jinoyat sifatida e’tirof etiladi.
Jinoyat kodeksining XXII bobi (287-294-moddalar) harbiy xizmatni o’tash
tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlardan iborat bo’lib, ular harbiy qism yoki xizmat
joyini tashlab ketish, dezertirlik, halok bo’layotgan
harbiy kemani tashlab ketish,
biron a’zosini mayib qilish yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo’yin tovlash,
qorovul xizmatini o’tash, ichki xizmatni o’tash yoxud garnizonda patrullik qilish,
jangovar navbatchilikni o’tash va chegara xizmatini o’tash qoidalarini buzish bilan
bog’liq qilmishlarda aks etadi.
Dezertirlik jinoyati (288-modda) harbiy xizmatdan butunlay bo’yin tovlash
maqsadlarida harbiy qism yoki xizmat joyini o’zboshimchalik bilan tashlab ketib
qolishi, shunday maqsadda xizmat joyiga qaytib kelmasligidan iborat bo’ladi.
Bunday qilmish ofitser yoki kontrakt (shartnoma) asosida o’tayotgan
xizmatchi
tomonidan sodir etilishi jazoning og’irlashuvini keltirib chiqaradi.
Harbiy xizmatni o’tash tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning ayrimlari
faqat qasd shaklida, ayrimlari esa qasd va ehtiyotsizlikdan ham sodir etiladi.
Qasddan sodir etiladigan jinoyatlarga harbiy qism yoki xizmat joyini tashlab
ketish, dezertirlik, halok bo’layotgan harbiy kemani tashlab ketish, biron a’zosini
mayib qilish yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo’yin tovlash jinoyatlari kiradi.
Qorovul xizmatini o’tash, ichki xizmatni o’tash yoxud garnizonda patrullik qilish,
jangovar navbatchilikni o’tash va chegara xizmatini o’tash
qoidalarini buzish
jinoyatlarida qasd bilan birga ehtiyotsizlik ham og’ir oqibatlar asosida jinoyat kelib
chiqishiga olib keladi.
Harbiy soha tizimining barcha xizmatchilari harbiy mulkni saqlash va undan
foydalanish tartibiga qat’iy rioya etishlari talab etiladi. Harbiy mulk tarkibiga
harbiy qism joylashgan hudud bino va inshootlaridan tashqari, qurol-yarog’, o’q-
dori, o’ziyurar o’qotar qurilmalar, radiotexnika
va axborot texnologiyalari
293
vositalari, harbiy va boshqa mashinalar, boshqa texnik apparatlar, havo va suv
transporti vositalari hamda boshqa narsalar kiradi.
Harbiy
mulkni behuda sarflash, yo’qotish, ishdan chiqarish (295-modda),
uni nobud qilish yoki shikast yetkazish (296-modda) turli shakllarda sodir etilishi
mumkin. Jumladan, harbiy mulkni behuda sarflash, yo’qotish yoki ishdan chiqarish
harbiy xizmatchining shaxsiy foydalanishi uchun berilgan yoki unga ishonib
topshirilgan harbiy aslahalarni sotishi, birovga foydalanish uchun berishi yoki
garovga qo’yishi yo’li bilan sodir etiladi.
Harbiy
mulkni nobud qilish, unga shikast yetkazish jinoyati harbiy mulkni
qasddan nobud qilish yoki shikast yetkazish orqali amalga oshiriladi.
Harbiy mulkni saqlash va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan boshqa
jinoyatlar qasd va ehtiyotsizlik oqibatida ham sodir etiladi. Bu holatlar qurol-
yarog’, o’q-dori, radioaktiv
va portlovchi moddalar, jangovar va maxsus
mashinalar, harbiy texnika uskunalari, uchish apparatlari,
kemalarni boshqarish
qoidalarini buzishda ko’zga tashlanadi.
Jinoyat kodeksining 24-bobi harbiy mansabdorlik jinoyatlaridan tashkil
topgan. Ushbu jinoyatlar hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan
tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi (301-modda) va xizmatga
sovuqqonlik bilan qarash (302-modda) qilmishlarini o’z ichiga oladi.
Mazkur
jinoyatlarda nazarda tutilgan qoidalar boshqaruv tartibiga qarshi qaratilgan 205,
206 va 207-moddalarda belgilangan me’yorlar asosida kelib chiqadi. Ularning
o’zaro farqi boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar sifatida 205-207-moddalar
bo’yicha fuqarolarga taalluqli mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. 301 va
302-moddalar bo’yicha harbiy mansabdor shaxslar jinoiy javobgarligi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: