O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Adabiyot

XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning ilk yozma asarlari paydo bo`la 
boshladi. 
Kunxo`ja 
(1799— 
1880), 
Otash 
Olshinboy 
(1788-1875), 
Ajiniyoz 
Qosinboy 
o`g`li 
(1824—1878) va boshqalarning jiomlari keng tanildi. Ular bilimdon, taqdirini xalq 
bilan bog`lagan ilg`or kishilar edi. Masalan, Kunxo`ja o`z ijodiyotini ovullarning oddiy 
ahliga, ularning kundalik mehnati va turmushiga bag`ishladi. U adolatsiz tartiblarni qattiq 
qoraladi. 
Berdaq 
(1827—1900) qoraqalpoqlarning buyuk shoiridir. U Orolbo`yida tug`ilgan, 
qo`ng`iipt qabilasiga mansub bo`lgan. Ovul maktabida, so`ngra Xivadagi Qoraqum eshon 
madrasasida o`qigan. 20 yoshidan she’rlar yoza boshlagan va yarim asr davomida o`lanlari 
izidan o`lanlar to`qidi. Berdaqning iste’dodi xalq haqida va xalq uchun asar yaratishga 
intilishda namoyon bo`ladi. Uning she’rlaridan biri "Xalq uchun" deb nomlangan. Bir qator 
dostonlar, jumladan, qoraqalpoq xalqi tarixiga bag`ishlangan "Ernazarbiy" dostoni 1856-
yildagi qo`zg`alonni tasvirlaydi. Uning isyonkorlik kuchi jo`shqin, zulmni qoralovchi 
tuyg`ulari ustun bo`lgan "Ahmoq podshoh" dostoni ulkan ta’sir kuchiga egadir. 
Berdaq va uning izdoshlari ozodlik g`oyalari hamda isyonkor da’vatlari bilan qoraqalpoq 
xalqining podsho zulmiga qarshi kuchayib borayotgan kurashining irfikosi bo`ldi. Ular turli 
shakllarda — mahalliy hokimiyatning adolatsizligiga qarshi stixiyali g`alayonlarda, mahalliy 
hokimiyatga bo`ysunishdan, mehnat majburiyatlarini bajarish va soliq to`lashdan bo`yin 
tovlashdan tortib, faol ommaviy chiqishlarda namoyon bo`ldi. XIX asr oxirida 
Bobo Go`klan 
Otiz o`g`li 
boshchiligidagi xalq qo`zg`aloni Amudaryoning o`ng sohilini larzaga soldi. Xalq 
uni Go`klan botir deb atardi. Qo`zg`alon uzilishlar bilan 10 yildan ortiq davom etdi. U ikki 


310 
bora hibsga olinib, surgun qilindi. Ozodlikka chiqar ekan, har gal yangidan qo`zg`alon 
ko`tarardi. Uning otryadlari harbiy lagerlarda to`satdan paydo bo`lar va muntazam qo’shinlar 
bilan jang qilardi. Petro-Aleksandrovsk ostonalarida podsho qo`shinlari bilan bo`lib o`tgan 
janglarning birida, 1891-yilda Go`klan halok bo`ldi. Bobo Go`klan qoraqalpoq xalqi 
bo`ysunmasligi va isyonkor ruhining ramzi bo`lib qoldi. 
XX asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotining demokratik an’analarini yangi avlod 
shoirlari Umar, Qulimbet, Sariboy, Qulmurot, Sodiq va boshqalar davom ettirdilar. 
Yer yuzidagi, xalq va millatlarning hududiy-geografik joylashuvi, tabiiy sharoiti, 
iqlimi, shartsharoitlari o‘sha joyda yashovchi aholining kelib chiqishiga, mentalitetiga ta’sir 
qilishi tabiiy hol, albatta. Dunyoning ko‘pgina mintaqalari kabi Markaziy Osiyo tarixida Orol 
dengizi va uning atrofida yashovchi xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, dunyo 
hamjamiyatidagi o‘rni va roli nihoyatda ahamiyatlidir. XVIII asrning oxiri va XIX asrning 
o‘rtalariga kelganda Orol dengizining quyar joylarida Xiva xonligi juda katta hududni 
egallagan. Xonlik tarkibida yashovchi o‘zbeklar, qozoqlar-qirg‘izlar, turkmanlar, forslar, 
qoraqalpoqlarning joylashuvi va ijtimoiy tuzumi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi[1].
Xiva xoni Muhammad Amin inoq (1755-1790) ruxsati bilan qoraqalpoqlar Amudaryo 
deltasining sharqiy qismidagi Ko‘ko‘zak daryosining va Orol dengizi o‘rtasidagi yerlarga 
joylashtirilgan[2]. Natijada, qoraqalpoqlar Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Chilpik 
atrofidan boshlab, to Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi Qipchoqqacha bo‘lgan yerlarni 
butunlay o‘zlashtirgan. Aniqrog‘i, Amudaryoning o‘ng tomonida Gurlanning to‘g‘risidagi 
hududda Qo‘ng‘irotgacha[3] bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan. Chimboyga Amudaryoning 
o‘ng tomonidagi Sultan Uvays tog‘ining janubidagi yerlar[4]; Qo‘ng‘irot xo‘jalik tumaniga 
daryoning chap tomonidagi yerlar - Cho‘manay, Qiyotyargan, Ho‘kiz kanallarining 
bo‘ylaridagi yerlar kirgan. Shunday qilib, XIX asrga kelib, qoraqalpoqlar, shu bilan birga, 
o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, forsiylar, Chimboy, Sho‘raxon, Mang‘it, Qipchoq, 
Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli hududlarida yashagan[5]. Shu taxlitda aholining yashashi davom etgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelganda qoraqalpoqlar yashayotgan hudud yanada aniqroq 
ko‘zga tashlanadi va hududiy chegarasi quyidagicha ko‘rinishni oladi. Endi avvalgi shaharlar 
yaqqol markaz shaharlarga aylanib boradi. Ya’ni, birinchisi – Amudaryoning o‘ng tomonida 
Chimboy tumani markazi Chimboy; ikkinchisi – Amudaryoning chap tomonida Qo‘ng‘irot 
tumani markazi Qo‘ng‘irot shahri bo‘lib qolavergan. Chimboyga – Amudaryodan Sulton 
Uvays tog‘igacha bo‘lgan hudud, keyinchalik Dao‘kara va Talliq hududlari kirgan. 
Dao‘karaga – Quanish-jarma kanalining o‘rta va quyi oqimlaridagi Uvays, Purxon, Ko‘k-
uzak, Nao‘pir, Ishim irmoqlarini o‘z ichiga olgan Amudaryo del’tasining sharqiy qismi 
kirgan. Talliqqa – Ishan jiqqan, erkindaryo, Qazaxdaryo, Orolning janubiy qismidan Ko‘k 
irmog‘igacha bo‘lgan hududlarini o‘z ichiga olgan, Amudaryo quyi oqimining shimoliy-
g‘arbiy qismi kirgan[6]. Xiva xonining shimoliy – sharqiy qismidagi hududlarda esa ya’ni, 
Xo‘ja eli okrugidan Qiyatyorgan kanali, Okuz irmog‘ining quyar joyi, Qo‘ng‘irot shahri 
atroflari, Ko‘k o‘zak hududlari, Oq qal’a, Tao‘qara, Talli, Eshim kanali, Cho‘rtanboy, Talli 
o‘zak, Tali uzak, Sari mayli, Sari chungul, Qora Boyli, Qora yab, Chukur ko‘l atroflarida, 
qoraqalpoqlar shu bilan birga o‘zbek, turkman va qozoqlar ham joylashgan hamda ular 
mazkur hududlarda birgalikda yashagan. Chimboy, Xujayli, Qo‘ng‘irot, Nukus savdo-sotiq 
markazlaridan hisoblangan[7]. Ushbu hududda yashagan aholi Xiva xonligi fuqarolari sifatida 
Xiva xoniga soliq to‘lagan va xonning barcha buyruq, farmonlarini bajargan. Aholi o‘troq, 
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi holatda yashagan. Dehqonchilik, chorvachilik, 
baliqchilik, ovchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullangan va Xiva xoni iqtisodiyotiga 
ma’lum darajada ulush qo‘shib turgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelganda, yirik yer 
egalari, chorvadorlar, baliqchilik havzalariga ega bo‘lgan boylar paydo bo‘la boshlagan. Shu 
bilan birga, o‘ta kambag‘allar va kichkina yerga ega bo‘lgan aholi vakillari ham yashagan. 
Ular boy xonadon egalarining xizmatini qilish bilan ham kun ko‘rishgan. Tahlillar shuni 
ko‘rsatadiki, qoraqalpoqlarning ijtimoiy-siyosiy turmushida urug‘- aymoqchilik keng tus 
olgan va ular mafkurasining asosi hisoblangan. Ularda urug‘ga bo‘linish doimiy saqlangan. 
Xiva xoni ularni urug‘- amaldorlari: biylari, boylari, ruhoniylari orqali boshqargan. Ushbu 
hududda yashovchi qoraqalpoqlarning ijtimoiy tuzilishiga kelsak, ular bir nechta urug‘lardan 


311 
va qavmlardan iborat bo‘lgan. «Arminiy Vamberining yozishicha, qoraqalpoqlar Oksusning 
narigi tomonida Gurlanning to‘g‘risida Qo‘ng‘irotgacha bo‘lgan hududlarda yashagan. 
Yirik urug‘larni biylar, mayda urug‘larni oqsoqollar boshqarib borgan, XIX asrning 
ikkinchi yarmida ular soni 89 ta bo‘lgan. Qoraqalpoqlar ushbu hududda yashovchi boshqa 
millat vakillari qatorida, Xivaga siyosiy jihatdan qaram bo‘lgan. Yuqori tabaqaga - otaliq, 
beglar begi, biy, mirob, yuzboshi, katxuda, mulla, eshon, qozi va boshqa amaldorlar kirgan. 
Qoraqalpoqlar ularni «boylar» yoki «borlar» deb atagan. Natijada, Xiva xoni Said 
Muhammad xon II davrida ushbu hududdagi aholini boshqarish tartibi o‘zgartiriladi. Biylar 
1859 yildan boshlab otaliqlarga bo‘ysunadigan bo‘lgan. Jami bo‘lib, 4 ta otaliq lavozimi 
o‘rnatiladi. Otaliqlar beglar begiga bo‘ysundirilgan. Ularning o‘rinbosarlari noiblar 
hisoblangan. Noiblarni og‘a biy nazorat qilgan. Ushbu lavozim o‘sha davrdagi eng nufuzli 
lavozimlardan hisoblangan.
XIX asrning boshlaridan boshlab, ya’ni 1810-1873 yillar oralig‘ida o‘zbek, qozoq, 
turkman va qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi harakatlari va qo‘zg‘olonlari ham bo‘lib 
turgan. Xiva xonligida sudlov jarayoni qozi va muftiylarning xususiy uylarida, machitlarda 
urf odatlarga asoslangan holda amalga oshirilgan. 1873-yil Amudaryoning o‘ng tomonidagi 
yerlar Rossiyaga o‘tkazilgandan keyin Amudaryo okrugi keyinchalik bo‘limi deb atalib, 
Turkiston General Gubernatorligi tarkibiga kiritiladi. Bu davrga kelib, Amudaryo bo‘limida 
15 ta bo‘lislik, 41 nafar xalq sudlari, 1nafar katta oqsoqol, 9 nafar ovul oqsoqollari, 62 nafar 
qishloq oqsoqollari faoliyat yuritgan. O‘lkada o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa 
millat vakillari yashagan. Amudaryo bo‘limida o‘zbeklar o‘troq hayot kechirgan. 
Qoraqalpoqlar, qozoqlar esa, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi holatida yashagan. 
Ko‘chmanchi aholi joylashgan hududlarda sud’yalarning s’yezdlari har bir bo‘lisda uch 
nafardan kam bo‘lmagan sud’yalar qatnashganda, qonunga muvofiq hisoblangan. S’yezdlar 
zaruriyat tug‘ilganda chaqirilgan va uyezd boshlig‘i tomonidan oldindan belgilangan bo‘lib, 
s’yezdda bo‘lis boshliqlari ishtiroq etgan va ular tinchlikni ta’minlash uchun kuzatuvchi 
vazifasini bajargan. Xalq sud’yalari s’yezdiga kelgan sud’yalar o‘zlarining orasidan ishni 
qarab chiqish uchun rais saylashgan va s’yezd qarorini kitobga kiritib, rasmiylashtirgan. 
Arxiv hujjatlarini tahlil qilib, shunday xulosaga keldikki, Amudaryo bo‘limidagi qozilar va 
biylar sudi ishini hududiy va faoliyati jihatidan bizning nazarimizda shartli ravishda uchta 
guruhga bo‘lib, o‘rganish mumkin: Birinchi guruhga – asosan o‘zbeklar yashaydigan 
hududlar – Sho‘raxon, To‘rtko‘l, Shayx–abbos–vali, Ishim va Chimboy hududi kirgan va bu 
joylarda qozilar sudi faoliyat ko‘rsatgan; Ikkinchi guruhga – asosan qozoqlar, qoraqalpoqlar 
yashaydigan hududlar – Mingbuloq, Tamdi, Ko‘k– ko‘l, Nao‘pir hududlari kirgan va u yerda 
biylar sudi ish olib borgan; Uchinchi guruhga – o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq-qirg‘izlar aralash 
yashaydigan hududlar - Biybozor, Qo‘ng‘irot, Taldiq, Dao‘qara, Nukus va Kegeyli hududlari 
kirgan va joylarda qozilar va biylar sudlari tengdek faoliyat yuritgan. Tadqiq etilayotgan 
davrda, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi orasida urug‘-urug‘ bo‘lib yashash davom 
etgan. Bunga sabab, bir urug‘ vakillarining ikkinchi urug‘ vakillari ustidan ustunligi kuchayib 
ketmasligiga kafolat sifatida biylar sudi son jihatdan nisbatan ko‘proq tashkil etilgan. Arxiv 
hujjatlarida yozilishicha, ayrim hollarda xalq sudlarini saylash paytida biron urug‘ vakili 
sud’ya bo‘lib uch yilga saylanadigan bo‘lsa, o‘sha urug‘ vakili asosan barcha sud 
jarayonlarida boshqa urug‘ vakili ustidan g‘alabaga erishib kelgan. 
Amudaryo bo‘limi o‘lka ma’muriyati va tashkiliy komissiya tomonidan ikki katta 
qismga – Chimboy va Sho‘raxon uchastkalariga bo‘lingan. Sho‘roxon uchastkasi aholisi 
o‘troq, Chimboy uchastkasi aholisi ko‘chmanchi holatda yashagan. Bu ikki hududda 41 nafar 
qozilar va biylar sudi, 10 nafar qozi, 31 nafari biylar sudi umumiy hisobda 41 nafar qozilar va 
biylar sudi faoliyat ko‘rsatgan Amudaryo bo‘limida 41 nafar qozi va biylar sudi bo‘lganligini 
1889 yil 1 iyunda rus ma’murlari tomonidan yozilgan 702/5700 – sonli xat ham tasdiqlaydi. 
Amudaryo flotiliyasining tashkil etilishi temir yo‘lga chiqish imkoniyatini yaratdi
mazkur yo‘l orqali Amudaryo bo‘limi Rossiya imperiyasi markazi bilan bog‘langan. 
Amudaryo bo‘limining Petro-Aleksandrovsk va Chimboy shaharlari orasida to‘g‘ri yo‘l 
paydo bo‘ldi. Xivadan Shimolga – to Kazalinsk va Perovskgacha, G‘arbda Kaspiy 
dengizining o‘ng sohillarigacha, Janubda Ashxabod va Buxorogacha, Sharqqa Jizzax va 
Toshkentgacha yo‘l qurilgan.


312 
Petro-Aleksandrovsk va Chorjo‘y, Petro-Aleksandrovsk va yangi Urganch orasida 
telegraf, Petro-Aleksandrovsk va Darg‘an ota oralig‘ida esa, telefon tizimi ishga tushgan. 
XX asrning boshlarida Amudaryo bo‘limi aholisi etnik tarkibi jihatidan asosan 
qoraqalpoqlar (95.000 kishi), o‘zbeklar (55.000 kishi), qozoqlar (40.000 kishi) turkmanlar 
(16.000 kishi)dan iborat edi. Qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq, turkmanlardan tashqari ruslar 
(5526), arab, fors va tatarlar (551), polyaklar (51), armanlar (74), nemislar (8), yahudiylar 
(13) ham istiqomat qilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ushbu hududlarda yashovchi xalqlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish o‘zgachaliklari hisobga olinmasdan, Rossiya 
imperiyasining talab va shartlariga to‘liq muvofiqlashtirilib borildi. Podsho Rossiyasi 
tomonidan yuritilgan mustamlakachilik boshqaruv tizimi mahalliy boshqarish tartibini buzdi. 
Albatta, tabiiy ravishda xalqning milliy talablari metropoliyani qiziqtirmas edi. Shu bilan 
birga, Turkiston o‘lkasini boshqarishning Nizomi (1886), Amudaryo okrugini boshqarishning 
vaqtinchalik Nizomi (1873) va boshqa qonun-qoidalar qabul qilindi. O‘lkani boshqarish 
Rossiya imperiyasi qonunlari asosida qayta tashkil etildi va boshqaruv tizimi ham 
o‘zgartirildi.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish