Qoraqalpoq milliy kiyimlari va bezaklar
.
Qoraqalpoq ayollarining kiyimi: ko`ylak,
dambal, kamzul, yengsiz xalat, ishik (po`stin), bosh kiyimlar (kiymishek, saukele, do`ppi,
turma)dan iborat edi. Azadorlar kashtasiz ko`kko`ylak kiyishardi. Barcha qoraqalpoq ayollari
tikish-bichish qoidalarini yaxshio`rgangan edilar. Yosh ayollarning libosi ancha ko`rkam va
yorqin edi, ularqizil matoni afzal ko`rishardi. Keksa ayollar oq va to`q rang matodan
kiyimkiyishardi.
Ko`k ko`ylak
— qoraqalpoq kashtachilari mahoratining cho`qqisi hisoblana-di. Bu
ko`ylakning old tomoni butunlay nozik kashta bilan ziynatlangan bo`lib,ko`krak qismidagi
rombsimon shakllardan iborat naqshinkor yo’l qatori sovutnieslatadi va "sovut naqshi" deb
ataladi. Bu hol ko`k ko`ylak bezagida qoraqalpoqxalq dostoni "Qirqqiz"da kuylangan sak-
massaget qabilalarining jangchi ayollari libosi an’analarining aks-sadosi, deb taxmin qilishga
asos bo`ladi.
Aq jegde
—
keksa qoraqalpoq ayollariboshiga tashlab yuradigan, o`zaro ipaktizimcha bilan
birlashtirilgan yengilxalat. Aq jegde rang-barang ipakdantikilgan, qizil rang ko`proq bo`lgan
naqshbilan bezatilgan. Yoqasi, etagi va yenguchlariga qizil ipakdan jiyak tutilgan.Ustidan
tikilgan
qizil
movut
yoqa
hamnaqsh
bilan
ziynatlangan
Haykel
—
qoraqalpoq ayoliningkumushdan tayyorlangan og`ir ko`krakbezagi. Haykel
murakkab shakldagi og`iryuqori qismdan hamda zanjir, to`qa, bargsimon popuk va
qo`ng`iroqchalardan iborat shokiladan tashkil topgan. o`rta qismi — to`g`ri burchak kesilgan
prizma — Qur’oni karim oyatlaridan ko`chirmalar saqlanadigan g`ilofdan iborat. Yuqori
qismi uchta serdolik tosh o`rnatilgan uchta sebargadan iborat bo`lib, yuqori qismidagi
serdolik birmuncha yirik, uchburchak asosi yaqinidagi boshqa ikkitasi maydaroq durdan
iborat. Haykelning quyi qismi ham shu kabi ikkita dumaloq serdolik bilan bezatilgan. Haykel,
aslida, ko`ztumor hisoblangan.
Qo`s bilezik
—
ayollarning juft bilaguzugi bo`lib, qoraqalpoq kelinlarining sepiga
qo`shiladigan buyum. Bilaguzuklar kumushdan tayyorlanadi. Yuzasi ikki qismga bo`linadi,
ularning har biriga bir nechtadan serdolik o`rnatiladi. Bilaguzukning tishli uchi bir-biriga
qo`shilmagan. Har bir bilaguzukka yirik serdolik qadalgan ikkitadan uzuk zanjirchalar bilan
ilib qo`yilgan.
O`ngirmanshak
—
qoraqalpoq ayollarining yarimdoira shaklidagi, zanjirdan jiyak
bilan hoshiyalangan kumush zeb-ziynat buyumi, zanjir jiyaklarning uchiga shiqildoqcha va
yaproqchalar osilgan. O`ngirmanshak kelinning sepi tarkibiga qo`shiladigan buyum.
Do'stlaringiz bilan baham: |