O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Qoraqolpog`iston Turkiston-general gubrnatoligi tarkibida



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Qoraqolpog`iston Turkiston-general gubrnatoligi tarkibida. 
Podsho hukumati 
armiyasining Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gandimiyon shartnomasi 
imzolanganidan keyin Amudaryoning o`ng qirg`og`ida joylashgan qoraqalpoq yerlari Rossiya 
tarkibiga kiritildi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo viloyati tarkibiga 
kiruvchi Amudaryo bo`limi tashkil etildi. Qoraqalpoqlarning chap qirg`oqda yashagan 
kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Amudaryo bo`limida qoraqalpoqlar soni qariyb 70 
ming kishiga yetar va jami aholining 48,6 foizini tashkil etar edi. 
Rossiyadan ko`chib kelgan kishilar qariyb ming kishini tashkil qilar, ular 1875-yilda 
chorizm ma’muriyati tomonidan armiya xizmati to`g`risidagi yangi nizomga bo`ysunmagani 
uchun bu yerga ko`chirilgan Ural kazaklari bo`lib, Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To’rtko’l)da, 
Uralskiy posyolkasida va Nukus qishlog`ida istiqomat qilar edi. Bu kishilar asosan baliq 
ovlash bilan shug`ullanishgan. 
Xiva xonligida esa qoraqalpoqlar soni atigi 3,8 foizni, ya’ni qariyb 25 ming kishini 
tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo`shib 
olinishi qoraqalpoqlar ustidan zulmning kuchayishiga olib keldi. Qoraqalpoq xalqiga mansub 
aholi Xiva xonligida ham shunday haq-huquqsiz edi. 
Qoraqalpoqlar 
yashaydigan 
hududning 
har 
ikkala 
qismida 
qoraqalpoqlar 
xo`jaliklarining 70 foizidan ziyodi batraklik bilan kun kechirishar, ochlikdan o`lib ketmaslik 
uchun o`ziga to`q qo`shnilariga yollanib mehnat qilishar edi. 
Tovar-pul munosabatlari rivojlanishining boshlanishi
. Qoraqalpoqlar yashab kelgan 
hududlarning Rossiya imperiyasiga qo`shib olinishi va Rossiya kapitalining kirib kelishi — 
tovar-pul munosabatlari va sudxo`rlikning rivojlanishiga olib keldi. Paxta tozalash va 
baliqchilik sohasida dastlabki sanoat korxonalari paydo bo`la boshladi. 
XIX 
asrning 
70-yillarida 
qoraqalpoqlarning 
ma’muriy 
markazi 
sanalgan 
Chimboy 
savdo-sotiq 
munosabatlari 
rivojlanishi 
tufayli 
qoraqalpoq 
aholi 
yashaydigan tumanlarni iqtisodiy jihatdan birlashtirgan bozorga aylandi. Qoraqalpoqlar 
yashaydigan barcha hududlardan hunarmandlar va dehqonlar bozor bo`ladigan kunlarda o`z 
mahsulotlarini 
sotish 
uchun 
Chimboyga 
kelishar 
edi. 
Chimboy Rossiya imperiyasi va Xiva xonligining asosiy iqtisodiy markazlari bilan 
bog`langan edi. Bu yerda ko`plab do`konlar bo`lib, katta bozor yaqinida yirik karvonsaroy 
joylashgan edi. Dastlabki kasalxona va maktablar qurilib, ishga tushirildi, ammo ular yetarli 
emasdi. 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda atigi to`rtta umumta’lim maktabida 
200 nafar o`quvchi o`qir, 21 o`ringa mo`ljallangan ikkita kasalxona va feldsherlik punktida 
uch shifokor ishlar edi. 
1871—1872-yillar ma’lumotlariga qaraganda, urug`ning aksariyat a’zolari chorvaga 
ega bo`lishmagan, boylar esa 1000 boshgacha qoramol va 1,5 ming boshgacha qo`y-qo`ziga 
ega edi. Qashshoqlashib qolgan va kasodga uchragan dehqonlar o`z qarindoshurug`lari va 
qo`shnilariga qaram bo`lib qolishdi. Jamoaning boy-badavlat a’zolari yordam sifatida o`z 
qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi hisobiga — 
"jarmshi" 
shartida berishardi. Yersiz 
va chorvasiz qolgan dehqonlar esa eng ayovsiz tarzda ezib ishlatilardi. Badavlat chorvadorlar 
va zamindorlar ularni mollaridan va yerdan foydalanganlik uchun ishlab berishga majbur 
qilishar edi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish