O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Savol va topshiriqlar: 
1.
Jadidchilik harakatining yuzaga kelishiga qanday omillar sabab bo’ldi? 
2.
Jadid maktablarida ta’lim qanday tashkil etilgan? 
3.
Jadid matbuoti haqida nimalarni bilib oldingiz? 
4.
Jadidchilik harakatining yetakchilaridan kimlarni bilasiz va ularning faoliyati 
to’g’risida so’zlab bering. 
5.
Jadid adabiyotida qanday mavzular haqida so’z boradi? 
 
B/B/B jadvali 
Bilaman 
Bilmoqchiman 
Bilib oldim 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


305 
 
13-mavzu. XIX asr oxiri XX asr boshlarida qoraqalpoqlar, ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayot. (2 soat) 
Reja: 
1.
Rossiya imperiyasining qoraqalpoqlar borasidagi siyosati. Tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishi.
2.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Amudaryoning chap qirg’og’ida yashovchi 
qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 
3.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida qoraqalpoq xalqining madaniy hayoti. Qoraqalpoqlar 
madaniyati rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlari va asosiy bosqichlari.
4.
Xalq ma’orifi. Madrasa. Maktab. Adabiyot va san’at. Kunxoja, Ajiniyoz. Berdaq, Otash, 
Sariboy. Musiqa madaniyati.
Tayanch tushunchalar:
Gandimiyon shartnomasi, Amudaryo bo’limi, ural kazaklari, 
jarmshi, solg’ut, ushr, xo’jalik solig’I, Heykel, sevkeli, Bobo Guklan, Ernazarbiy, 
Chimboy, urug’, aris, shulluk, joungir 
Hududi va hojaligi. 
XIX 
asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar Xiva xonligi 
hukmronligi ostida edi. Qoraqalpoqlar asosan Amudaryoning quyi oqimida, daryoninghar 
ikkala qirg`og`ida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashar edilar.Qoraqalpoqlar soni 
o`sha kezlarda 100 ming nafardan oshmasdi. Qoraqalpoqlargaberib qo`yilgan yerlar xonniki, 
ya’ni davlatniki sanalgan. Ular bu yerlar uchunsoliqlar to`lashar va har xil majburiyatlarni 
bajarishar edi. Xiva xonlari ularni ko`chib yurishiga 

chek qo`yganlaridan so`ng qisqa 
davrmobaynida qoraqalpoqlar xonlikda birqancha yangi dehqonchilik tumanlaritashkil etdilar, 
1870-yillarning bosh-lariga kelib, ular o`troq turmush kechira boshladilar.Murakkab tabiiy 
sharoitda qoraqal-poqlar Amudaryoning har ikkala qir-g`og`ida yastanib yotgan kengliklarni 
muvaffaqiyatli o`zlashtirishdi, sholi,bug`doy, arpa va paxta yetishtirishdi.1868-yilda Rossiya 
gazetalaridan biri shunday yozgan edi: "Bu xalqning asosiy va deyarli birdan-bir hunari 
dehqonchilikdir, mehnatsevarlik sharofatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi sug`oriladi va hech 
yerda, hatto chig`ir bilan ko`tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi". 
Qoraqalpoqlar yana bir rfiuhim hunar — baliqchilik bilan shug`ullanar edilar. 
Qoraqalpoqlarda ularning xo`jalik va turmush talablarini ta’minlab turuvchi 
hunarmandchilik sohalari ham rivojlandi. Ular olacha (satin) va boshqa gazlamalarni 
to`qishar, (tuya yoki qo`y junidan) gilam, namat, movut tayyorlashar, teriga ishlov berishar 
edi. Hunarmandlar egar-jabduq va yugan yasashgan. Qoraqalpoqlar yog`ochga, suyakka 
ishlov berish, gilam to`qish va tikuvchilik borasida qo`ligul usta bo`lishgan. 
Ta’kidlash joizki qoraqalpoq xalqining XIX asr birinchi choragida shiddad bilan sug’orish 
inshootlarini qurishi tufayli Xorazm vohasida Kalliko’l, Shumanay, Qushqanot, Tovus,
Kegayli, Sho’raxon, Biybozor va Dauuora kabi yirik dehqonchilik hududlari tashkil 
topdi.amudaryoning chap qirg’oqida Kalliko’l dehqonchilik rayoni, Navdan kanali quyi 
qismida esa, Shonlibosuv, Shumanay va Qiyotovul dehqonchilik hududlari tashkil topdi.
Ta’kidlash joizki XIX asr oxiri XX asr boshida yirik dehqonchilik rayonlari sifatida 
Qorako’l - Itqori o’zak havzalari mavjud edi.
Tadqiqotchi A.V.Koulbars kuzatishicha yirik dehqonchilik hudularidan biri Mulik 
yoki Kumushqa’la edi. O’tgan asr boshida Xiva xoni bu yerlarni qozoqlarning qoraqalpoq 
urug’idan bo’lgan Qilich Mahramga tuhfa qilgan edi. Bu joyda Qilich shahar va qo’rg’on 
(Qilichqa’la) qurdirgan bu joy esa endilikida, Quvanishjarmanning o’ng qirg’oqida qolib uni 
Mo’li deyishadi bu yerda dehqonlar Quvanishjarmadan suv oqizib ko’plagan mayda sug’orish 
shahobchalari o’tkazilgan. 
Ta’kidlash joizki, Orol dengizining janubiy qismida yashovchi qozoqlar ahyon - 
ahyonda shug’ullansada Ko’k o’zak havzasidagi Mo’ytan urug’ qoraqalpoqlari qozoqlar bilan 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish