306
birgalkida dehqonchilik qilishgan. XIX asr oxiriga kelib Quvanishjarmani to’satdan suv
bosgach Kok o’zak aholisi turli joylarga ko’chib ketishgan. Xorazm vohasi suniy sugg’orish
sohasidagi bosh magistral kanallar suvni asosiy suv manbai bo’lmish Amudaryodan olar edi.
O’z navbatida magistral kanallar yana boshqa shahobchalarga bo’lingan. Mang’it,
Qipchoq va Xo’jayli hokimlikridan Mang’it arna, Bo’zsuv arna, Qozoqyop, Qorako’z arna va
Suvali kabi kanallar oqib o’tadi. Kanallardan oqib kelga suv chuqur yordamida yer yuzasidan
baland bo’lgan ekin maydonlariga suv yuborilgan.
Chiqir, eshak, ho’kiz yoki ot yordamia aylantirilgan. Chiqir 3 xil bo’lgan: Katta chiqir
tuya yoki ot yordamida haydalgan. Bu chiqirda 32 digir bo’lib 1 - 1.5
daqiqada bir doira
aylanib 6 dan 9 chelakgacha suv ko’tarib bergan. O’rta chiqirda 15 -16 digir taqilgan, bu
chiqirni ot haydaganda 5 chelak suv bersa,
kichik chiqir esa, eshak yordamida haydalib 2
chelak suv bergan.
Chiqirni aylantiruvchi hayvonning ko’zi bog’lab qo’yilgan. U odatda mahsus latta yoki
yungdan qilingan matoning bir qismi edi. Bitta chiqir bilan o’rtacha 6 - 10 tanob yer
sug’orilgan. Chiqir narxi albatta, qimmat turgan.
Shunga qaramasdan ekin maydonlari, oyoq suvi bilan ichmaydigan dehqon xo’jaliklari
chiqir sotib olib uni qurishlari zarur edi. Bu siz dehqonchilik qilib bo’lmas edi.
Xar bir
chiqirni sotib olib o’rnatishni 20 so’m 80 tiyindan 32 so’m 60 tiyingacha mablag’ talab
qilgan.
Amudaryo bo’limining Sho’raxon qismida 1915 - yilga kelib 11129 chiqir ishlatilgan
bo’lsa, Chimboy atroflarida 2571 chiqir ishlatilgan. Xiva xonligida 1910
- yilgi tarixiy
hujjatlarga binoan 100000 chiqir ishlatilgan. Tadqiqotchi Yo.M.Do’simov ma’lumot
berishicha “xar bir desyatina yerni chiqir bilan sug’orish taxminan 40 so’mga to’g’ri kelgan.
Chiqir bilan sug’orish dehqon uchun nafaqat qimmat, balki juda ko’p mehnat talab qilgan.
Shu boisdan ham qoraqalpoq quyidagi “Akang mirob bo’lgandan , erring uyda erda bo’lsin , -
degan naql mavjud edi. O’rta osiyo iqtisodiy kengashi vakili 1920- yilda “Xorazm aholisi xar
bir desyatina yerni sug’orish uchun oyoqdan sug’oriladigan nektant” 4 barobar mehnat kuchi
ko’p sarflaydi. Bunga esa, 26.16 ishchi hayvon kuchi sarflangan. Ma’lumki XIX asr XX asr
boshlarida ham Xiva xonligi o’rtasida suvni taqsimlash va boshqarish ishi bilan ariq
oqsoqollari shug’ullanib ular xonlik ma’muriyatidan maosh olib turganlar.
Amudaryo chap
sohilida bu lavozimlarga keyinchalik Xiva beklari tomonbidan ularga sodiq kishilar
tayyorlangan. Ariq oqsoqli va miroblar ariqlardagi suvlarning soylanishi umumiy ahvolni
kuzatib borishgan. Ariq oqsoqoli ma’lum belgilangan joyni umumiy nazorat qilgan, mirob esa
o’z vazifasini bajarishi uchun qishloq jamoasidan haq olgan .
Albatta bu ariqning katta kichiklaigi ariqlar soni bilan bog’liq tarzda yiliga 10
so’mdan 200 so’mgacha miqdorda bo’lgan. Ba’zi xollarda mirob o’z
mehnat haqini oziq -
ovqat tarzida olagn. Ta’kidlash joizki dehqon xo’jaligi uchun hayot - mamot masalasi bo’lgan
suvning taqsimlanishi har doim ham adolatli xal qilinmadi.ariq oqsoqol va miroblari o’z ishini
amalga oshirishda dastlab boylar, ma’muriyat va diniy ulamo vakillari yerlari suv bilan
ta’minlanib qolgan,
boshqa faqir fuqarolarga esa, ulardan ortgan suv teggan.
Oddiy dehqon sug’orish bilan bog’liq bo’lgan jamoat ishlarini bajarishiga qaramasdan
(qazuv, dambalarni tuzatish, yo’llarni tekislash) ariq oqsoql ruxsatisiz o’z yerlarini sug’ora
olmas edilar. Vaholangki, dastlab boy yer egalari dehqonchiligini sug’orishga ariq oqsoqollari
va miroblar suv berar edi. Shunday qili, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qoraqalpoqlar
Xiva xonligining aholisi qatorida sug’orish tizimining xar
yilgiumum xalq ishiga majburan,
umum hasher ishlariga qatnashish tartibi majburan edi. Qazuv paytida Xiva xonligining qzuv
ishini boshqarishda qatnashayotgan amaldorlariga pul yig’ib berish majburiyati ham ularning
zimmasida edi. Jumladan 1874 -yili qoraqalpoq qazuvchilaridan 7 ming tanga “afanak” puli
307
yig’ilib xonlik amaldorlari va mansabdorlari imom va yasovulga Sho’raxon yo qazuvda 1200,
Kaltaminor qozuviga 600 tanga, Bekyop qazuviga 700 tanga, Soribiyyop qzuviga 800 tanga,
Olchinyop qazuviga 600 tanga pul yig’ib berilgan.
Shunday qilib ariq va kanallarni qazish ishlari nihoyatda og’ir, qiyin sharoitda bo’lib,
Xiva xonligi hukmdorlari bu tartibga ma’suliyatsizlik bilan qarashi oqibatida qoraqalpoq
dehqonlari va qazuvchilari shu zulmga giriftor qilinar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: