310
bora hibsga olinib, surgun qilindi.
Ozodlikka chiqar ekan, har gal yangidan qo`zg`alon
ko`tarardi. Uning otryadlari harbiy lagerlarda to`satdan paydo bo`lar va muntazam qo’shinlar
bilan jang qilardi. Petro-Aleksandrovsk ostonalarida podsho qo`shinlari bilan bo`lib o`tgan
janglarning birida, 1891-yilda Go`klan halok bo`ldi. Bobo Go`klan qoraqalpoq xalqi
bo`ysunmasligi va isyonkor ruhining ramzi bo`lib qoldi.
XX asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotining demokratik an’analarini yangi avlod
shoirlari Umar, Qulimbet, Sariboy, Qulmurot, Sodiq va boshqalar davom ettirdilar.
Yer yuzidagi, xalq va millatlarning hududiy-geografik joylashuvi, tabiiy sharoiti,
iqlimi, shartsharoitlari o‘sha joyda yashovchi aholining kelib chiqishiga, mentalitetiga ta’sir
qilishi tabiiy hol, albatta. Dunyoning ko‘pgina mintaqalari kabi Markaziy Osiyo tarixida Orol
dengizi va uning atrofida yashovchi xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, dunyo
hamjamiyatidagi o‘rni va roli nihoyatda ahamiyatlidir. XVIII asrning oxiri va XIX asrning
o‘rtalariga kelganda Orol dengizining quyar joylarida Xiva xonligi juda katta hududni
egallagan. Xonlik tarkibida yashovchi o‘zbeklar, qozoqlar-qirg‘izlar, turkmanlar, forslar,
qoraqalpoqlarning joylashuvi va ijtimoiy tuzumi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi[1].
Xiva xoni Muhammad Amin inoq (1755-1790) ruxsati bilan qoraqalpoqlar Amudaryo
deltasining sharqiy qismidagi Ko‘ko‘zak daryosining va Orol dengizi o‘rtasidagi yerlarga
joylashtirilgan[2]. Natijada, qoraqalpoqlar Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi
Chilpik
atrofidan boshlab, to Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi Qipchoqqacha bo‘lgan yerlarni
butunlay o‘zlashtirgan. Aniqrog‘i, Amudaryoning o‘ng tomonida Gurlanning to‘g‘risidagi
hududda Qo‘ng‘irotgacha[3] bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan. Chimboyga Amudaryoning
o‘ng tomonidagi Sultan Uvays tog‘ining janubidagi yerlar[4]; Qo‘ng‘irot xo‘jalik tumaniga
daryoning chap tomonidagi yerlar - Cho‘manay, Qiyotyargan, Ho‘kiz kanallarining
bo‘ylaridagi yerlar kirgan. Shunday qilib, XIX asrga kelib, qoraqalpoqlar, shu bilan birga,
o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, forsiylar, Chimboy, Sho‘raxon, Mang‘it, Qipchoq,
Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli hududlarida yashagan[5]. Shu taxlitda aholining yashashi davom etgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelganda qoraqalpoqlar yashayotgan hudud yanada aniqroq
ko‘zga tashlanadi va hududiy chegarasi quyidagicha ko‘rinishni oladi. Endi avvalgi shaharlar
yaqqol markaz shaharlarga aylanib boradi. Ya’ni, birinchisi – Amudaryoning o‘ng tomonida
Chimboy tumani markazi Chimboy; ikkinchisi – Amudaryoning chap tomonida Qo‘ng‘irot
tumani markazi Qo‘ng‘irot shahri bo‘lib qolavergan. Chimboyga –
Amudaryodan Sulton
Uvays tog‘igacha bo‘lgan hudud, keyinchalik Dao‘kara va Talliq hududlari kirgan.
Dao‘karaga – Quanish-jarma kanalining o‘rta va quyi oqimlaridagi Uvays, Purxon, Ko‘k-
uzak, Nao‘pir, Ishim irmoqlarini o‘z ichiga olgan Amudaryo del’tasining sharqiy qismi
kirgan. Talliqqa – Ishan jiqqan, erkindaryo, Qazaxdaryo, Orolning janubiy qismidan Ko‘k
irmog‘igacha bo‘lgan hududlarini o‘z ichiga olgan, Amudaryo quyi oqimining shimoliy-
g‘arbiy qismi kirgan[6]. Xiva xonining shimoliy – sharqiy qismidagi hududlarda esa ya’ni,
Xo‘ja eli okrugidan Qiyatyorgan kanali, Okuz irmog‘ining quyar joyi, Qo‘ng‘irot shahri
atroflari, Ko‘k o‘zak hududlari, Oq qal’a, Tao‘qara, Talli, Eshim kanali, Cho‘rtanboy, Talli
o‘zak,
Tali uzak, Sari mayli, Sari chungul, Qora Boyli, Qora yab, Chukur ko‘l atroflarida,
qoraqalpoqlar shu bilan birga o‘zbek, turkman va qozoqlar ham joylashgan hamda ular
mazkur hududlarda birgalikda yashagan. Chimboy, Xujayli, Qo‘ng‘irot, Nukus savdo-sotiq
markazlaridan hisoblangan[7]. Ushbu hududda yashagan aholi Xiva xonligi fuqarolari sifatida
Xiva xoniga soliq to‘lagan va xonning barcha buyruq, farmonlarini bajargan. Aholi o‘troq,
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi holatda yashagan. Dehqonchilik, chorvachilik,
baliqchilik, ovchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullangan va Xiva xoni iqtisodiyotiga
ma’lum darajada ulush qo‘shib turgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelganda,
yirik yer
egalari, chorvadorlar, baliqchilik havzalariga ega bo‘lgan boylar paydo bo‘la boshlagan. Shu
bilan birga, o‘ta kambag‘allar va kichkina yerga ega bo‘lgan aholi vakillari ham yashagan.
Ular boy xonadon egalarining xizmatini qilish bilan ham kun ko‘rishgan. Tahlillar shuni
ko‘rsatadiki, qoraqalpoqlarning ijtimoiy-siyosiy turmushida urug‘- aymoqchilik keng tus
olgan va ular mafkurasining asosi hisoblangan. Ularda urug‘ga bo‘linish doimiy saqlangan.
Xiva xoni ularni urug‘- amaldorlari: biylari, boylari, ruhoniylari orqali boshqargan. Ushbu
hududda yashovchi qoraqalpoqlarning ijtimoiy tuzilishiga kelsak, ular bir nechta urug‘lardan
311
va qavmlardan iborat bo‘lgan. «Arminiy Vamberining yozishicha, qoraqalpoqlar Oksusning
narigi tomonida Gurlanning to‘g‘risida Qo‘ng‘irotgacha bo‘lgan hududlarda yashagan.
Yirik urug‘larni biylar, mayda urug‘larni oqsoqollar boshqarib borgan, XIX asrning
ikkinchi yarmida ular soni 89 ta bo‘lgan. Qoraqalpoqlar ushbu hududda yashovchi boshqa
millat vakillari qatorida, Xivaga siyosiy jihatdan qaram bo‘lgan. Yuqori tabaqaga - otaliq,
beglar begi, biy, mirob, yuzboshi, katxuda, mulla, eshon, qozi va boshqa amaldorlar kirgan.
Qoraqalpoqlar ularni «boylar» yoki «borlar» deb atagan. Natijada, Xiva xoni Said
Muhammad xon II davrida ushbu hududdagi aholini boshqarish tartibi o‘zgartiriladi.
Biylar
1859 yildan boshlab otaliqlarga bo‘ysunadigan bo‘lgan. Jami bo‘lib, 4 ta otaliq lavozimi
o‘rnatiladi. Otaliqlar beglar begiga bo‘ysundirilgan. Ularning o‘rinbosarlari noiblar
hisoblangan. Noiblarni og‘a biy nazorat qilgan. Ushbu lavozim o‘sha davrdagi eng nufuzli
lavozimlardan hisoblangan.
XIX asrning boshlaridan boshlab, ya’ni 1810-1873 yillar oralig‘ida o‘zbek, qozoq,
turkman va qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi harakatlari va qo‘zg‘olonlari ham bo‘lib
turgan. Xiva xonligida sudlov jarayoni qozi va muftiylarning xususiy uylarida, machitlarda
urf odatlarga asoslangan holda amalga oshirilgan. 1873-yil Amudaryoning o‘ng tomonidagi
yerlar Rossiyaga o‘tkazilgandan keyin Amudaryo okrugi keyinchalik bo‘limi deb atalib,
Turkiston General Gubernatorligi tarkibiga kiritiladi. Bu davrga kelib, Amudaryo bo‘limida
15 ta bo‘lislik, 41 nafar xalq sudlari, 1nafar katta oqsoqol, 9 nafar ovul oqsoqollari, 62 nafar
qishloq oqsoqollari faoliyat yuritgan. O‘lkada o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa
millat vakillari yashagan. Amudaryo bo‘limida o‘zbeklar o‘troq hayot kechirgan.
Qoraqalpoqlar, qozoqlar esa, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi holatida yashagan.
Ko‘chmanchi aholi joylashgan hududlarda sud’yalarning s’yezdlari har bir bo‘lisda uch
nafardan kam bo‘lmagan sud’yalar qatnashganda, qonunga muvofiq hisoblangan. S’yezdlar
zaruriyat tug‘ilganda chaqirilgan va uyezd boshlig‘i tomonidan oldindan belgilangan bo‘lib,
s’yezdda bo‘lis boshliqlari ishtiroq etgan va ular tinchlikni ta’minlash
uchun kuzatuvchi
vazifasini bajargan. Xalq sud’yalari s’yezdiga kelgan sud’yalar o‘zlarining orasidan ishni
qarab chiqish uchun rais saylashgan va s’yezd qarorini kitobga kiritib, rasmiylashtirgan.
Arxiv hujjatlarini tahlil qilib, shunday xulosaga keldikki, Amudaryo bo‘limidagi qozilar va
biylar sudi ishini hududiy va faoliyati jihatidan bizning nazarimizda shartli ravishda uchta
guruhga bo‘lib, o‘rganish mumkin: Birinchi guruhga – asosan o‘zbeklar yashaydigan
hududlar – Sho‘raxon, To‘rtko‘l, Shayx–abbos–vali, Ishim va Chimboy hududi kirgan va bu
joylarda qozilar sudi faoliyat ko‘rsatgan; Ikkinchi guruhga – asosan qozoqlar, qoraqalpoqlar
yashaydigan hududlar – Mingbuloq, Tamdi, Ko‘k– ko‘l, Nao‘pir hududlari kirgan va u yerda
biylar sudi ish olib borgan; Uchinchi guruhga – o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq-qirg‘izlar aralash
yashaydigan hududlar - Biybozor, Qo‘ng‘irot, Taldiq, Dao‘qara, Nukus va Kegeyli hududlari
kirgan va joylarda qozilar va biylar sudlari tengdek faoliyat yuritgan. Tadqiq etilayotgan
davrda, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi orasida urug‘-urug‘ bo‘lib yashash davom
etgan. Bunga sabab, bir urug‘ vakillarining ikkinchi urug‘ vakillari ustidan ustunligi kuchayib
ketmasligiga kafolat sifatida biylar sudi son jihatdan nisbatan ko‘proq tashkil etilgan. Arxiv
hujjatlarida yozilishicha, ayrim hollarda xalq sudlarini saylash paytida biron urug‘ vakili
sud’ya bo‘lib uch yilga saylanadigan bo‘lsa, o‘sha urug‘ vakili asosan barcha sud
jarayonlarida boshqa urug‘ vakili ustidan g‘alabaga erishib kelgan.
Amudaryo bo‘limi o‘lka ma’muriyati va tashkiliy komissiya tomonidan ikki katta
qismga – Chimboy va Sho‘raxon uchastkalariga bo‘lingan. Sho‘roxon uchastkasi aholisi
o‘troq, Chimboy uchastkasi aholisi ko‘chmanchi holatda yashagan. Bu ikki hududda 41 nafar
qozilar va biylar sudi, 10 nafar qozi, 31 nafari biylar sudi umumiy hisobda 41 nafar qozilar va
biylar sudi faoliyat ko‘rsatgan Amudaryo bo‘limida 41 nafar qozi va biylar sudi bo‘lganligini
1889 yil 1 iyunda rus ma’murlari tomonidan yozilgan 702/5700 – sonli xat ham tasdiqlaydi.
Amudaryo flotiliyasining tashkil etilishi temir yo‘lga
chiqish imkoniyatini yaratdi,
mazkur yo‘l orqali Amudaryo bo‘limi Rossiya imperiyasi markazi bilan bog‘langan.
Amudaryo bo‘limining Petro-Aleksandrovsk va Chimboy shaharlari orasida to‘g‘ri yo‘l
paydo bo‘ldi. Xivadan Shimolga – to Kazalinsk va Perovskgacha, G‘arbda Kaspiy
dengizining o‘ng sohillarigacha, Janubda Ashxabod va Buxorogacha, Sharqqa Jizzax va
Toshkentgacha yo‘l qurilgan.
312
Petro-Aleksandrovsk va Chorjo‘y, Petro-Aleksandrovsk va yangi Urganch orasida
telegraf, Petro-Aleksandrovsk va Darg‘an ota oralig‘ida esa, telefon tizimi ishga tushgan.
XX asrning boshlarida Amudaryo bo‘limi aholisi etnik tarkibi jihatidan asosan
qoraqalpoqlar (95.000 kishi), o‘zbeklar (55.000 kishi), qozoqlar (40.000 kishi) turkmanlar
(16.000 kishi)dan iborat edi. Qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq, turkmanlardan tashqari ruslar
(5526), arab, fors va tatarlar (551), polyaklar (51), armanlar (74), nemislar (8), yahudiylar
(13) ham istiqomat qilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ushbu hududlarda yashovchi xalqlarning
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish o‘zgachaliklari
hisobga olinmasdan, Rossiya
imperiyasining talab va shartlariga to‘liq muvofiqlashtirilib borildi. Podsho Rossiyasi
tomonidan yuritilgan mustamlakachilik boshqaruv tizimi mahalliy boshqarish tartibini buzdi.
Albatta, tabiiy ravishda xalqning milliy talablari metropoliyani qiziqtirmas edi. Shu bilan
birga, Turkiston o‘lkasini boshqarishning Nizomi (1886), Amudaryo okrugini boshqarishning
vaqtinchalik Nizomi (1873) va boshqa qonun-qoidalar qabul qilindi. O‘lkani boshqarish
Rossiya imperiyasi qonunlari asosida qayta tashkil etildi va boshqaruv tizimi ham
o‘zgartirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: