185
asosida belgilanadi. Bundan tashqari, mehnat qonunchiligi ish vaqtidan tashqari ish
miqdorini cheklaydi. Masalan, Frantsiyada ular haftasiga 9 soatdan va yiliga 130
soatdan ortishi mumkin emas; Germaniyada yiliga 30 kun davomida kuniga 2
soatdan ortishi mumkin emas.
Ish bilan band xodimlarning amaldagi sonini mehnat unumdorligining
o’rtacha darajasi va ishlab chiqarishning o’rtacha texnik darajasida ushbu ishlab
chiqarish uchun zarur bo’lgan xodimlarning soni bilan taqqoslash orqali to’liq
bo’lmagan ish bilan bandlikni hisob-kitob usulida aniqlash mumkin. Agar ishlab
chiqarish hajmini yoki mahsulot hajmini “
Q
” orqali, mehnat unumdorligining
o’rtacha
darajasini esa
W
orqali ifodalasak, zarur xodimlarning soni quyidagicha
aniqlanadi:
W
Q
S
Xodimlarning amaldagi va zarur soni o’rtasidagi farq yashirin to’liq
bo’lmagan ish bilan bandlik (agar musbat bo’lsa) yoki aksincha, ishchilarni
ekspluatatsiya qilishning yuqori darajasini (agar manfiy bo’lsa) ko’rsatadi.
Ish bilan bandlikni ta’riflaganda, shuningdek,
iqtisodiyot tarmoqlari va
sohalari bo’yicha bir kishiga ish vaqtining o’rtacha amaldagi miqdori
'
t
aniqlanadi:
N
i
i
N
i
i
i
T
T
t
t
1
1
'
'
,
bunda:
i
t
i
'
-iqtisodiyot tarmog’idagi (sohasidagi) ish vaqtining davomiyligi;
i
T
i
- iqtisodiyot tarmog’idagi (sohasidagi) xodimlar soni;
N
i
i
T
1
– mamlakat
iqtisodiyotida ish bilan band bo’lgan umumiy xodimlar
soni;
N
–
iqtisodiyot
tarmoqlari soni.
Respublika bo’yicha bir kishiga to’g’ri kelgan haqiqatda ishlangan kishi-
soatlar miqdori 2009 yilda 2003 yilga nisbatan yil bo’yicha 293,4 soatga, oy
bo’yicha 24,5 soatga va kun bo’yicha 1,02 soatga oshgani holda, ushbu ko’rsatkich
Andijon, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida
pasaygan. Bu holat ayrim viloyatlarda ish vaqtidan foydalanish masalasida
muammolar mavjudligini ko’rsatadi.
Aholining iqtisodiy faolligini tahlil qilish uchun ishsizlik va to’liq bo’lmagan
ish bilan bandlikning umumiy darajasi ko’rsatkichini qo’llash mumkin. U ish
uchun ehtimoliy mumkin bo’lgan foydalanilmay qolgan
ish vaqtining amaldagi
yoki mumkin bo’lgan ish vaqtiga nisbati kabi belgilanadi. Yuqorida sanab o’tilgan
ulushlar va nisbatlar ikkala jinsdagi va ma’lum yosh guruhlaridagi shaxslar uchun
alohida hisoblanishi mumkin.
186
Ishchi kuchi tashqi migratsiyasining statistik ko’rsatkichlarini xalqaro
taqqoslashlarda mos holda immigrant va emigrant, mehnatkash-immigrant va
mehnatkash-emigrant atamalari ishlatiladi.
Har bir davlat yoki davlatlar guruhi uchun tegishli statistik ma’lumotlar
bo’lganda, quyidagi mutlaq ko’rsatkichlarni hisoblash maqsadga muvofiq bo’ladi:
– immigrantlarning (kelishlarning) soni – jami,
ulardan:
mehnatkash-immigrantlar:
– emigrantlarning (chiqishlarning) soni – jami,
ulardan:
mehnatkash-emigrantlar:
– umumiy migratsiya saldosi,
jumladan:
mehnat migratsiyasining saldosi:
– migratsiyaning umumiy hajmi,
jumladan:
mehnat migratsiyasining hajmi.
Umumiy va mehnat migratsiyasining saldo ko’rsatkichlari tahlili har bir
muayyan davlatning aholi va ishchi kuchining “jalb etish yoki chiqib ketish
markazlariga” kiritish uchun asos bo’ladi. Masalan, emigratsiyaning
immigratsiyadan ustunroq bo’lishi “netto-emigratsiya”
yoki sof emigratsiya
deyiladi, immigratsiyaning emigratsiyadan ustunroq bo’lishi esa “netto-
immigratsiya” yoki sof immigratsiyani ko’rsatadi.
Xalqaro mehnat migratsiyasining mutlaq statistik ko’rsatkichlari asosida
tegishli ko’rsatkichlarning nisbiy vaznlarini hisoblash mumkin.
Ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining nisbiy ko’rsatkichlariga kelsak, shuni
qayd etish kerakki, ma’lum axborotlar bo’lganda ular muayyan davlatning
hududida yashovchi mehnatga layoqatli aholining o’rtacha yillik soniga nisbatan
hisoblanadi va quyidagi indikatorlar bilan belgilanadi:
– mehnat immigratsiyasi koeffitsienti;
– mehnat emigratsiyasi koeffitsienti;
–mehnatkash-migrantlar orttirmasining intensivligi koeffitsienti;
– mehnat migratsiyasi hajmining intensivligi koeffitsienti (yoki
mehnat
migratsiyasining me’yori);
– tashqi mehnat migratsiyasi unumdorligi koeffitsienti;
– tashqi mehnat migratsiyasining nisbiy saldosi.
Mehnatkash-migrantlarning oqimlarini hisobga olishni yo’lga qo’yilgan
tizimida ishchi kuchining an’anaviy eksporterlari bo’lgan davlatlar uchun ishchi
kuchi reemigratsiyasining hamda reemigrantlarning kelib chiqish davlatidagi
salohiyatidan foydalanishning statistik tavsifi muhim ahamiyat kasb etadi.
Reemigrantlarning ixtiyoriy qaytib kelishi va jarayonlarga moslashuviga ta’sir
ko’rsatuvchi omillarni aniqlash uchun statistik usullar yordamida vataniga
qaytishning sababi; mehnat shartnomalari (kontraktlari) amal qilish muddati
tugaganidan keyin vataniga qaytib kelayotgan emigrantlarning soni va tarkibi;
187
reemigrantlar tarkibining chet elga chiquvchilar
va chet elda ish bilan band
bo’lganlarning tarkibi bilan o’zaro bog’lanishi; ijtimoiy ierarxiyada va ishlab
chiqarish faoliyatida tutgan o’rnining o’zgarishi; ishga joylashish imkoniyatlari va
hokazo.
Ishchi kuchi reemigratsiyasini o’rganishning statistik amaliyotini
takomillashtirish maqsadida reemigratsiya koeffitsientini quyidagi formula
bo’yicha hisoblash taklif etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: