Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

IFK
, ishsizlik
 
IK
va ish bilan 
bandlik


IBBK
koeffitsientlari ayrim yosh va jins guruhlari bo’yicha hamda 
umuman o’rtacha yillik doimiy aholi uchun aniqlanadi. Bunda ish bilan bandlik va 
ishsizlik koeffitsientlarini quyidagi taqqoslash negizlariga ko’ra hisoblash mumkin:
a) o’rtacha yillik doimiy aholining soniga nisbatan 


a
d
y
o
S
.
.
`.

b) iqtisodiy faol aholining soniga nisbatan 
 
a
f
S
.

Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlarni hisoblash quyidagi formulalar bo’yicha 
amalga oshiriladi:
100
.
.
`.
.


a
d
y
o
a
f
S
S
IFK
100
.
.
`.
.
.
.


a
d
y
o
a
b
b
i
S
S
IBBK
100
.
.
`.
.


a
d
y
o
a
i
S
S
IK


182 
100
.
.
.
.


a
f
a
b
b
i
S
S
IBBK
100
.
.


a
f
a
i
S
S
IK
O’rtacha yillik doimiy aholi tarkibida faol aholi ulushining 1991–2000 
yillarda kamayib, 2000–2009 yillarda esa oshib borganligini ko’rsatmoqda. Ushbu 
ko’rsatkich O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 1991 yilda 39,6 foizni, 1995 yilda 
37,3 foizni, 2000 yilda 36,6 foizni tashkil qilib, 2009 yilga kelib 43,0 foizga teng 
bo’lgan. Respublika hududlari kesimida eng yuqori faollik darajasi 2009 yilda 
Toshkent shahrida (53,5 foiz), Navoiy (50,2 foiz) va Buxoro (49,2 foiz) 
viloyatlarida kuzatilgan bo’lsa, eng past darajadagi faollik esa Jizzax (35,0 foiz), 
Namangan (37,3 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida (37,7 foiz) 
qayd qilingan. Bunday farqlanish asosan ushbu hududlardagi ish bilan bandlik 
darajasi bilan uzviy bog’liqlikdadir. 
Ish bilan bandlik va iqtisodiy faollik koeffitsientlarining o’zgarish 
tendentsiyalari deyarli bir xil bo’lib, 1991 yilda ushbu koeffitsientlar darajalari 
ham bir xil bo’lgan. Buning sababi, shu yili, Davlat statistika qo’mitasi 
ma’lumotlariga ko’ra, iqtisodiy faol aholi soni ham, ish bilan band aholi soni ham 
8 255,0 ming kishiga teng bo’lgan. Keyingi yillarda esa ular orasidagi farq oshib 
borgan.
Masalan, 2009 yilda faollik koeffitsienti 43,0 foizga teng bo’lsa, ish bilan 
bandlik koeffitsienti 40,8 foizga teng bo’lgan, ya’ni ishsizlik darajasi 2009 yilda 
1991 yilga nisbatan oshgan. 
2007 yilga qadar bo’lgan davrda statistika amaliyotida ishsizlik darajasi 
bandlikka ko’maklashish markazlari orqali ro’yxatdan o’tib ishsiz deb e’tirof 
etilganlarning sonini o’rtacha yillik doimiy aholi va iqtisodiy faol soniga nisbatan 
hisoblangan. Ushbu yondashish XMT tavsiyalariga mos kelmas edi. XMT 
tavsiyalarida ishsizlar tarkibiga nafaqat bandlikka ko’maklashish markazlarida 
ro’yxatdan o’tganlar balki mustaqil tarzda ish izlayotganlarni ham hisobga olish 
lozimligi belgilangan. 
Xalqaro amaliyotda ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan 
hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichni hisoblash amaliyoti Davlat statistika qo’mitasi 
tomonidan 2007 yildan boshlab qo’llanilmoqda. 2007–2009 yillarda iqtisodiy faol 
aholining ishsizlik darajasi 4,9–5,0 foizni tashkil qilgan va bu ko’rsatkich tabiiy 
ishsizlik darajasi doirasida saqlangan. Hududlar kesimida 2009 yilda iqtisodiy faol 
aholining eng yuqori ishsizlik darajasi Qoraqalpog’iston Respublikasi (6,9 foiz), 
Farg’ona (5,5 foiz) viloyatida qayd etilgan bo’lsa, eng past daraja Toshkent shahri 
(3,4 foiz) va Sirdaryo viloyatida (4,4 foiz) kuzatilgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, faollik, ish bilan bandlik va ishsizlik koeffitsientlari 
ikki xil ko’rinishda hisoblanishi mumkin:
a) biror-bir sanadagi holatiga ko’ra; 
b) biror-bir davr uchun. 


183 
Statistika amaliyotida ko’pincha iqtisodiy faol aholiga nisbatan hisoblangan 
ishsizlik va ish bilan bandlik koeffitsientlari ishlatiladi. Bu holda ishsizlik va ish 
bilan bandlik koeffitsientlarining yig’indisi birga teng bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi statistika amaliyotida aholini ish bilan bandligi 
muammolari bo’yicha ishchi kuchining tadqiqotlari asosida olinadigan va Xalqaro 
Mehnat Tashkiloti tavsiyalariga muvofiq hisoblangan ishsizlarning umumiy soni 
va umumiy ishsizlik darajasining baholash ko’rsatkichlari bilan birga bandlikka 
ko’maklashish markazlari joriy statistikasining ma’lumotlariga ko’ra ro’yxatga 
olingan ishsizlik darajasining ko’rsatkichi ham hisoblanadi. Ro’yxatga olingan 
ishsizlik darajasi bandlikka ko’maklashish markazining idoralarida ro’yxatga 
olingan ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbatidan iborat bo’ladi. 
Ro’yxatga olingan ishsizlik darajasi uning umumiy darajasidan bir necha baravar 
pastroq bo’ladi, chunki u iqtisodiy faol aholining umumiy sonidan amaldagi barcha 
ishsizlarning faqat ozchilik qismi bo’lgan ulushini ko’rsatadi.
Aholining iqtisodiy faolligini ta’riflashda, ish bilan bandlik va ishsizlik 
ko’rsatkichlarini tahlil qilishdan tashqari, hozirgi vaqtda to’liq bo’lmagan ish bilan 
bandlik va uni amaliy statistikada aks ettirish muammosi, ayniqsa jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqiroz sharoitida, borgan sari dolzarb bo’lib bormoqda. To’liq 
bo’lmagan ish bilan bandlik ta’rifi Xalqaro Mehnat Tashkilotining rezolyutsiyasiga 
asoslanadi, unga ko’ra u individning ishi ma’lum me’yorlar nuqtai nazaridan yoki 
uning malakasini (tayyorgarligi va ish tajribasini) hisobga olgan holda qoniqarsiz 
bo’lganda mavjud bo’ladi. Shunday qilib, to’liq bo’lmagan ish bilan bandlarga 
mashg’ulotga ega bo’lgan, lekin o’z ixtiyoriga qarshi to’liq bo’lmagan ish vaqti 
davomida ishlagan, bajaradigan ishidan tashqari yana ishga ega bo’lishni istagan 
va unga kirishishga tayyor bo’lgan shaxslar kiradi. Bundan tashqari, ularga 
mashg’uloti bo’lgan, yaxshiroq sharoitlarda ishlaganda yoki kasbiy tayyorgarligiga 
muvofiq o’z kasbini o’zgartirganda daromadi yoki ish haqi ortadigan ishchilar 
kiradi. Ta’rifdan ko’rinib turibdiki, ishlagan vaqti yoki olgan daromadi ishchilarni 
to’liq bo’lmagan ish bilan bandlarga kiritish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
To’liq bo’lmagan ish bilan bandlik to’g’risida statistik ma’lumotlar manbai 
bo’lib, aholi ro’yxati yoki maxsus tanlama kuzatish ma’lumotlari xizmat qilishi 
mumkin.
To’liq bo’lmagan ish bilan bandlikning ikkita asosiy shakli ajratib 
ko’rsatiladi: ochiq va yashirin.
Ochiq to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik – bu asosan statistik tushuncha 
bo’lib, u ishchi kuchi tadqiqotlari va boshqa tadqiqotlarni o’tkazish orqali bevosita 
o’lchanishi mumkin. U hajmi etarli bo’lmagan ish bilan bandlikni aks ettiradi 
(qisqartirilgan ish kuni, qisqartirilgan ish haftasi). 
Yashirin to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik asosan tahliliy tushuncha bo’lib, u 
ishchi kuchining noto’g’ri taqsimotini yoki mehnat va ishlab chiqarishning boshqa 
omillari o’rtasidagi mutanosiblikning buzilishini aks ettiradi, unga past 
daromadlar, malakadan etarlicha foydalanmaslik va past unumdorlik xosdir. 


184 
Shuni qayd etish lozimki, o’z ixtiyoriga ko’ra to’liq bo’lmagan ish kuni 
ishlaydigan shaxslar (ayollar, o’smirlar, qari yoshdagi shaxslar) to’liq bo’lmagan 
ish bilan bandlarning soniga kiritilmaydi.
Amaliy sabablarga ko’ra, to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikning statistik 
o’lchovlarini, uning ochiq shakli bilan cheklash mumkin. Xalqaro statistikada 
ochiq to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni ta’riflash uchun quyidagi ikkita 
ko’rsatkichdan foydalaniladi:
to’liq bo’lmagan ish vaqti davomida ish bilan band bo’lgan shaxslar soni;
foydalanilmagan ish vaqtining hajmi (vaqt birliklari shaklida – kun, yarim kun 
yoki soat). 
Ochiq to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni ta’riflashda ish bilan band aholi 
sonini ish vaqtining davomiyligiga (ish soatlari soniga yoki haftasiga ish kunlari 
soniga) ko’ra guruhlash juda muhim hisoblanadi.
Masalan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan haftasiga ish soatlari soniga 
ko’ra ish bilan bandlar sonini guruhlash qo’llanishi tavsiya etiladi:
15 soatdan kam; 15 soatdan 31 soatgacha; 32 soatdan 34 soatgacha; 35 
soatdan 39 soatgacha; 40 soatdan 44 soatgacha; 45 soatdan 47 soatgacha; 48 soat 
va undan ortiq. 
Hafta ish kunlarining soniga ko’ra guruhlash quyidagicha bo’ladi: 1 kun; 2 
kundan 4 kungacha; 5 kun va undan ortiq. 
Ochiq to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni tahlil qilganda to’liq bo’lmagan ish 
bilan bandlar sonini to’liq ish vaqti mobaynida ish bilan band bo’lganlar soni bilan 
taqqoslash, tegishli ulushlarini esa iqtisodiyot tarmoqlari va kasbiy guruhlar 
bo’yicha alohida hisoblash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ochiq to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni 
 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish