Asosiy tayanch iboralar:
mehnat resurslari, mehnat resurslari balansi,
mehnat yoshigacha bo’lgan aholi, mehnat yoshidagilar, mehnat yoshidan
oshganlar, iqtisodiy faol aholi, iqtisodiy nofaol aholi, mehnat o’rnini bosish
koeffitsienti, nafaqa yuklanishi koeffitsienti, umumiy mehnat yuklanishi
koeffitsienti, iqtisodiy faollik koeffitsienti, ish bilan bandlik koeffitsienti,
reemigratsiya koeffitsienti, immigratsiyadan foyda, emigratsiyadan zarar,
intellektual salohiyatni yo’qotish koeffitsienti, samarali ish bilan bandlik, to’liq
bo’lmagan ish bilan bandlik, davlat qaramog’idagi aholi, ayrim kishilar
190
qaramog’idagi aholi, mehnat bozori, friktsion ishsizlik, strukturaviy ishsizlik,
davriy ishsizlik, ishsizlik koeffitsienti, ro’yxatdan o’tgan bandlik koeffitsienti,
mehnat resurslarining bandlik koeffitsienti, iqtisodiy faol aholining yuklama
koeffitsienti, aholi tarkibining samaradorlik koeffitsienti.
191
12. MILLIY BOYLIK STATISTIKASI
1. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari
Milliy boylik – iqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkichlaridan biridir.
Uning hajmi (solishtirma baholarda) – mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy
salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa – mamlakatning
iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi hajmini
hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug’ullanganlar.
Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi bor
Angliyada (1664 yilda) U.Petti hisoblagan. Bu ko’rsatkich Frantsiyada 1789 yilda,
AQSH da 1805 yilda va Rossiyada esa 1864 yilda hisoblangan.
XX asr oxirlarida kelib milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash, ularni
yagona kontseptsiyalar asosida qiymatini, tarkibini, dinamikasini hamda
foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish yanada dolzarb
muammoga aylandi. BMT statistika komissiyasi hamda Jahon banki huzurida
Dj.Dikson (AQSH) va K.Xamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi.
Bu guruh 1997 yilda 92 mamlakat bo’yicha (1994 yil ma’lumotlari asosida) va
2000 yilda 10 mamlakat bo’yicha (1997 yil ma’lumotlari asosida) milliy boylik
elementlarining qiymatini, strukturasini va jon boshiga to’g’ri keladigan darajasi
hamda indeksini hisoblashdi. 2000 yilning avgustidagi “Daromadlar va boyliklarni
tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasi” ning umumiy 26-konferentsiyasida turli
mamlakatlarni rivojlanishi to’g’risidagi yig’ma hisoblashlarning natijalari haqida
ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Mazkur konferentsiyada
K.Xamiltonning jahonning 110 mamlakatida milliy boylikni 1997 yildagi jon
boshiga to’g’ri keladigan darajasi va uni o’sishi sur’atlari hisoblangan ma’ruzasini
taqdim etdi. K.Xamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda ko’pgina mamlakatlarda
(jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM darajasi o’rtacha jahon darajasidan past
bo’lganlarida) umumiy kapital hajmini o’sishi sur’ati aholi sonini o’sishi sur’atidan
pastligini, ya’ni bu mamlakatlarda aholi farovonligini pasayishi jarayoni yuz
berayotganini ko’rsatdi.
1-jadval ma’lumotlari asosida milliy boylik tarkibini tahlil qilish mumkin.
Ko’rinib turibdiki, "Ettilik" va Evropa ittifoqi davlatlarida aholi jon boshiga to’g’ri
kelgan milliy boylik hajmi dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan bir necha
barobar yuqori. Bu davlatlarda inson kapitali qiymatining yuqoriligi mazkur
davlatlarni yuqori o’rinda turishiga sabab bo’lmoqda. OPEK va MDH davlatlarida
tabiiy boylikning milliy boylik tarkibidagi ulushi bu davlatlar ulushidan deyarli 10
barobarga yuqori bo’lsada, inson kapitalining ulushi 47,4% va 50% ni tashkil
qiladi. Demak, shunday xulosa qilsa bo’ladiki, iqtisodiyotning taraqqiy etish
darajasi yuksalib borishi bilan, inson kapitaliga sarflar ortib boraveradi, bu esa
milliy boylik hajmining ko’payishiga olib keladi. Hisob-kitoblar natijalari ma’lum
bo’lgan “boylar boyimoqda, kambag’allar qashshoqlashmoqda” iborasini
tasdiqlaydi.
192
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |