Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

soni
r
emigrantla
kirgan
ishga
elda
Chet
soni
r
emigrantla
an
ke
Qaytib
K
iya
reemigrats
lg

Reemigrantlarning ijtimoiy ierarxiyada va ishlab chiqarish faoliyatida tutgan 
o’rnining o’zgarishini statistik baholash uchun tanlanma kuzatish tadqiqotlari 
asosida quyidagi tarzda hisoblanadigan ijtimoiy va kasbiy barqarorlik va ko’chish 
qobiliyatining koeffitsientlaridan foydalanish mumkin:
– ijtimoiy barqarorlik koeffitsienti: vataniga qaytganidan so’ng o’zining 
ijtimoiy guruhidagi tutgan o’rnini saqlab qolgan reemigrantlar sonini ushbu 
ijtimoiy guruh emigrantlarining qaralayotgan davrdagi soniga bo’lgan nisbatini 
ifodalaydi; 
– ijtimoiy ko’chish qobiliyati koeffitsienti: ijtimoiy guruhini o’zgartirgan 
reemigrantlarning sonini ushbu ijtimoiy guruh emigrantlarining qaralayotgan 
davrdagi soniga bo’lgan nisbati; 
– kasbiy barqarorlik koeffitsienti: vataniga qaytganidan so’ng o’zining 
kasbini (yoki ishlab chiqarish faoliyatining turini) saqlab qolgan reemigrantlarning 
sonini ushbu ijtimoiy guruh emigrantlarining qaralayotgan davrdagi soniga bo’lgan 
nisbati. 
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasini va ayrim davlatlarning unda ishtirok 
etishini statistik o’rganishga qo’shma tadbirkorlik statistikasidagi ba’zi mutlaq va 
nisbiy ko’rsatkichlar bevosita daxldor bo’ladi. Ularga quyidagilar kiradi:
– ushbu davlat hududida faoliyat yuritayotgan qo’shma korxonalar soni; 
– qo’shma korxonalarda band bo’lganlarning umumiy soni – jami,
shu jumladan:
mahalliy ishchi kuchi;
chet el ishchi kuchi;
– qo’shma korxonalardagi ishlab chiqarish hajmini qabul qiluvchi 
davlatning yalpi ichki mahsulotidagi ulushi. 
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi muammolari va ko’rsatkichlarini 
o’rganish ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi statistikasining muhim ko’rsatkichi 
bo’lgan ishchi kuchi eksporti qiymatini statistik baholash masalasini hal qilishni 
talab etadi. Ishchi kuchi eksporti qiymati deganda chet elda ishlaydigan fuqarolar 
ish haqini vataniga valyuta jo’natmasi shaklidagi shu davlatlarning to’lov 
balanslariga 
tushumlari 
tushuniladi. 
Bir 
tomondan, 
bu 
ishchi 
kuchi 
emigratsiyasining davlatga valyuta mablag’larining oqib kelishi sifatida qaralishi, 


188 
boshqa tomondan esa mehnatkash-migrantlar pul jo’natmalarini yuboradigan 
davlatning to’lov balansidagi xarajatlar deb qaralishi mumkin.
Ishchi kuchi eksporteri bo’lgan davlat daromadlarida amaldagi tushumlar 
valyuta jo’natmalari mablag’laridan ancha katta bo’ladi, chunki mehnat migrantlari 
vatanlariga qaytib kelayotganlarida odatda o’z oilalariga yuborgan mablag’larga 
deyarli teng qiymatdagi tovarlar, boyliklar va jamg’armalarni ham olib keladilar. 
Ishchi kuchi eksportidan daromadlarning boshqa manbalari ham mavjud:
– ishchi kuchining importerlari bo’lgan davlatlardan kapitallar, ko’pincha 
ijtimoiy sohaga, ishchi kuchini tiklashga qaratiladi;
– vositachi firmalarning daromadlaridan soliqlar;
– emigrantlarning shaxsiy investitsiyalari (vataniga ishlab chiqarish 
vositalari va uzoq muddatli foydalanish buyumlarini olib kelishi, er, ko’chmas 
mulk va qimmatli qog’ozni sotib olishi). 
Bundan tashqari, ishchi kuchining importerlari bo’lgan davlatlardan ishchi 
kuchining oqib ketishi uchun to’g’ridan-to’g’ri tovonlar to’lanishi mumkin.
Valyuta jo’natmalari mablag’lari shaklida tushumlarning ko’rsatkichi asosida 
ishchi kuchi eksportining valyutadagi unumdorligi hisoblanadi, har bir davlatda 
valyuta chegirmalarining qaysi manbai ustuvorligini aniqlash uchun uni tovar 
eksportining valyutadagi unumdorligi bilan taqqoslash maqsadga muvofiqdir.
Ishchi kuchini an’anaviy tarzda qabul qiluvchi davlatlar uchun immigratsiya 
ularning iqtisodiyoti rivojlanishiga ko’rsatgan ta’sirini baholash zarur bo’ladi. Bu 
maqsadda ishchi kuchining immigratsiyasidan foyda olish ko’rsatkichini quyidagi 
formula bo’yicha hisoblash taklif etilishi mumkin:
,
'
'
K
T
T
N
IF



bunda: 
IF
– immigratsiyadan foyda, 
N
– ushbu davr mobaynida ishlab 
chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad) qiymati, 
T
va 
'
T
– ushbu davrda 
ish bilan bandlar va chet eldan kelgan ishchi kuchining o’rtacha sonlari,
'
K
– chet 
eldan kelgan ishchi kuchi bilan mamlakatda ish bilan band bo’lgan ishchi kuchi 
malakalarining nisbati. (agar 
1

K
bo’lsa, immigratsiyaga kelgan ishchi kuchining 
malakasi mamlakatda ish bilan band bo’lganlar malakasidan yuqori, 
1

K
bo’lsa – 
past va 
1

K
bo’lsa malakalari teng hisoblanadi). 
Ishchi kuchining immigratsiyasidan foyda olish ko’rsatkichi nafaqat chet el 
ishchi kuchidan foydalanish hisobiga yaratilgan YIM(MD)ning qismini ko’rsatadi, 
balki chet el fuqarolarini qabul qiluvchi davlatning iqtisodiy faoliyatida ishtirok 
etish darajasini baholashga ham yordam beradi.
Ishchi kuchini eksport qiluvchi davlatlar uchun shunga o’xshash tarzda ishchi 
kuchining eksportidan zarar ko’rish ko’rsatkichini quyidagi formula bo’yicha 
hisoblash taklif etilishi mumkin:
,
''
''
K
T
T
N
EZ





189 
bunda: 
EZ
– emigratsiyadan zarar, 
''
T
– emigratsiyaga ketgan ishchi kuchi, 
''
K
– emigratsiyaga ketgan ishchi kuchi bilan mamlakatda ish bilan band bo’lgan 
ishchi kuchi malakalarining nisbati (agar 
1

K
bo’lsa, emigratsiyaga ketgan ishchi 
kuchining malakasi mamlakatda ish bilan band bo’lganlar malakasidan yuqori, 
1

K
bo’lsa – past va
1

K
bo’lsa malakalari teng hisoblanadi). 
Xalqaro mehnat bozorida yuzaga kelgan past malakali ishchi kuchiga bo’lgan 
ehtiyojning pasayishi va yuqori malakali ishchilar mehnatiga ehtiyojning ortishiga 
bo’lgan moyilliklar tufayli davlatning oliy ma’lumotli (intellektual) salohiyatining 
ishchi kuchi oqib ketishi oqibatida yo’qotishlarini baholash zaruriyati paydo 
bo’ladi. Uni davlatning oliy ma’lumotli (intellektual) salohiyatini yo’qotish 
koeffitsienti orqali quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:
,
'
d
OTMB
OME
ISYK


bunda: 
ISYK
– intellektual salohiyatni yo’qotish koeffetsienti,
OME
– 
ushbu davrdagi oliy ma’lumotli emigrantlarning soni, 
OTMB
– ushbu davrdagi 
oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqqan mutaxassislarning soni, '
d
– 24 va undan 
katta yoshdagi aholi sonida oliy ma’lumotli shaxslarning ulushi (oxirgi aholi 
ro’yxati o’tkazilishi yoki tanlama ijtimoiy–demografik tadqiqot ma’lumotlariga 
ko’ra). 
Ushbu ko’rsatkichni tahlil qilish nafaqat turli davlatlarning migratsiya 
qiluvchi yuqori malakali ishchi kuchini taqqoslab baholash uchun, balki xalqaro 
jihatdan “aqllarning oqib ketishi” jarayonini tavsiflash uchun zarur bo’ladi. Uni 
vatanimizning statistik amaliyotiga joriy etish mumkin, lekin bu chiqib ketishning 
manzil varaqasiga ma’lumot darajasi to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritishni talab 
etadi.
Demak, ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi xususiyatlarining mutlaq va nisbiy 
ko’rsatkichlari tizimini hisoblash va ularni tahlil qilish nafaqat xalqaro mehnat 
bozorining statistik ta’riflanishiga imkon beradi, balki migratsion jarayonlarini 
tartibga solish va prognozlash asosidagi samarali davlat migratsion siyosatini 
shakllantirishga, tashkil etilgan migratsiya yo’li bilan davlat hududida ishchi 
kuchini joylashtirish jarayonlarini boshqarishga hamda davlat tomonidan tashkil 
etilmagan migratsiyaning barcha turlariga ta’sir ko’rsatishga, shuningdek mehnat 
bozoridagi talab va taklifning muvozanatini yaxshilash choralarini ishlab chiqishga 
ham yordam beradi.

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish