Ma’ruza matni



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/268
Sana08.06.2022
Hajmi3,17 Mb.
#642936
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   268
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.

Nazorat uchun savollar: 
1.
Maktabgacha ta`lim konsepsiyasi asosiy mazmuni nimalardan iborat? 
2.
Konsepsiya qanday asosiy g`oyalarni o`z ichiga oladi? 
3.
Konsepsiyaning asosiy bo`limlari? 
.
3-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA MAKTABGACHA TA‘LIM TIZIMINI 
RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI VA ASOSIY YO`NALISHLARI 
Reja 
1.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimi taraqqiyoti
2.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g`ini 
3.
Maktabgacha ta`lim to`g`risidagi asosiy hujjatlar 
Tayanch tushunchalar:
milliy dastur konsepsiyasi

ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim, ta'lim 
sohasidagi davlat siyosati, tamoyillari, asosiy qonun hujjatlari. 


MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 
23 
1. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy 
yo'nalishlari 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 
rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish 
borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar 
tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g'oyasini ilgari surib: «Ta'lim berishning 
ma‘naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi 
zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o'quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta'kidlagan edi. 
Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta'lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab qonunlarning, 
tegishli me'yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu 
dasturda maktabgacha va maktab, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta'limni uch bosqichda 
isloh qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutilgan edi. 
Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 
tomonidan 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining 
poydevori» nomli ma‘ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda 
o'xshashi yo'q uzluksiz ta'lim tizimi yaratildi. 
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy 
maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, 
o'qishga, doimiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda 
muvaffaqiyatli o'qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarning 
bilimi va amaliy ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik 
g'oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma'naviy-ma'rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak 
hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. 
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari «Ta'lim to‗g'risida»gi Qonun 
(1992-y.), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-y.), «Maktabgacha ta'lim to'g‗risida»gi 
Konsepsiya (2008/ 2011), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga "Davlat 
maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida"gi NIZOM (2017), "Nodavlat maktabgacha ta'lim 
muassasasi to'g'risida NIZOM" «Ilk qadam» o'quv dasturi (2018) va boshqa me'yoriy-huquqiy 
hujjatlarda belgilab berilgan. 
Masalan, 2008-yilda ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Konsepsiyada 
maktabgacha ta'lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari, ta'limtarbiya ishlarini 
takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo'lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari 
har bir bolaning yoshini e'tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va 
tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 19-
iyuldagi 528-sonli qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar 
uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida»gi qaroriga asosan 
mazkur nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni 
sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining 
(keyingi o'rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va 
vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha 
ta'lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim 
muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog'lomlashtirish faoliyatni olib 
boruvchi muassasa hisoblanadi. 



Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish