3
MUNDARIJA:
I.
O‘QUV MATERIALLAR
4-198
1)
Ma‘ruza mashg‘ulotlari
4-170
2)
Amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari
171-198
II.
MUSTAQIL TA‘LIM MASHG‘ULOTLARI
198-201
1)
Mustaqil ta‘lim mavzularini o‘zlashtirish bo‘yicha uslubiy
ko‘rsatmalar
198-201
2)
Kurs ishi yozish bo‘yicha tavsiyalar
III.
GLOSSARIY
201-205
IV.
ILOVALAR
206-237
1)
Fan dasturi
206-218
2)
Ishchi fan dastur
219-238
3)
Tarqatma materiallar
4)
Testlar
239-294
5)
Baholash mezonlari
295-296
6)
Boshqa ma‘lumotlar (fan bo‘yicha boshqa materiallar mavjud bo‘lsa
keltiriladi)
7)
O‘UMning elektron variant (CD yoki DVD diskda)
4
MA’RUZA MATNI
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
5
1-MODUL MAKTABGACHA TA’LIM-UZLUKSIZ TA’LIMNING ALOHIDA
TURI SIFATIDA
1-MAVZU: IJTIMOIY MAKTABGACHA TA‘LIMNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI.
MAKTABGACHA TA‘LIM MAZMUN-MOHIYATI VA TA‘LIM TIZIMIDA TUTGAN
O`RNI
Reja:
1. Maktabgacha ta'limning mazmun-mohiyati va ta'lim tizimida tutgan o'rni.
2. Maktabgacha ta'limning ustuvor vazifalari.
3. Maktabgacha ta‘lim tizimida ta‘lim jarayonlarini amalga oshirilishi.
Tayanch tushunchalar:
bog`cha, taraqqiyot, maktabgacha ta`lim, boshqaruv, maqsad, vazifalar.
1. Maktabgacha ta'limning mazmun-mohiyati
va ta'lim tizimida tutgan o'rni
Maktabgacha ta‘lim - bolalarning individual va yosh xususiyatlarini, qiziqishi, moyilligi,
madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, bola shaxsining jismoniy, intellektual, ijtimoiy-
axloqiy va ruhiy rivojlanishini ta'minlovchi, shuningdek maktabga tayyorlab, hayotga zamin
yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo'naltirilgan yaxlit jarayondir.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bo'g'ini sifatida O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'g‗risida»gi Qonun va Maktabgacha ta‘limning davlat talablari asosida
tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi maktabgacha ta‘ limga qo'yiladigan davlat talablari,
ta'lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga
muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o'rinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy
rivojlanish, o'z-o'ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o'qish va chet
tillarni o'rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik
rivojlanishini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy,
uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda
ta‘lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta‘lim bola 6-7 yoshga
yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha talim muassasasining maqsadi vavazifalari
Quyidagilar davlat maktabgacha ta‘lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
- bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
- ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash;
- bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
- bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;
- bolalarda xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'ularini
shakllantirish;
- bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang'ich ta‘limni olishga
tayyorlash;
- bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko'rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni
amalga oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |