MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
26
Shu ma'noda 1993-yilda qabul qilingan hamda farzandlarimizni yoshligidanoq jismonan,
ruhan, ma'naviy jihatdan tarbiyalashni ko'zda tutgan «Sog'lom avlod uchun dasturi» ham beqiyos
ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:
- maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish va boyitish;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida basseyn, suv havzalari, turli sport inshootlari va to'garaklarini
tashkil etish;
- bu borada mamlakatimizda va xorijda to'plangan ilg'or tajribani o'rganish va ommalashtirish;
- mashg'ulotlarni qiziqarli o'yin tarzida, xususan, xalq milliy o'yinlari asosida tashkil etish va
o'tkazish;
- bolalarning sog'lig'ini saqlash, muhofaza qilish va mustahkamlash, sog'lomlashtirish va
chiniqtirish mashg'ulotlarini uzluksiz olib borish.
Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy qonun hujjatlari:
«Ta'lim to'g‗risida»gi Qonun (Т.: 1997; 2020).
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Т.: 1997).
«Maktabgacha ta'lim muassasalari to'g'risida»gi Nizom (Т.: 2017).
«Maktabgacha ta'lim to'g‗risida»gi Konsepsiya (Т.; 2008; 2011).
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari (T,: 2018).
Maktabgacha ta‘lim sohasida chiqarilgan farmon, buyruq, farmoyishlar, ko'rsatmalar,
yo'riqnomalar, boshqa direktiv va me'yoriy hujjatlar.
«Ilkqadam» o'quv dasturi (Т.: 2018).
2. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g`ini
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari
Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta'limning barcha
turlarini, davlat ta‘lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish
mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
ta'limning ustuvorligi - mazkur sohani izchil va uzluksiz rivojlantirish, bilim, aql-zakovat va
yuksak intellektning nufuzi ustuvor ahamiyatga ega ekani;
ta'limning demokratlashuvi - ta'lim-tarbiya texnologiyalari, uslub va tamoyillarini belgilash
va qo'llashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlatjamiyat
tizimining joriy etilishi;
ta'limning insonparvarlashuvi - bola manfaatlari, huquq va erkinliklarini kafolatlash,
qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojiantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar
ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlari uyg'unligini ta'minlash;
ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilar dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirish,
ularda erkin, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini qaror toptirish;
ta'limning milliylashuvi - ta'limning tariximiz, milliy an‘ana va urf-odatlar bilan uzviy
bog'liqligi, O'zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini
saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning eng muhim omili sifatida e'tirof etish;
ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi - bu jarayonning har tomonlama barkamol insonni
shakllantirishga yo'naltirilgani;
iqtidorliyoshlarni aniqlash - yoshligidanoq har bir bolaning qobiliyati va qiziqishlarini
e'tiborga olib, asta-sekin muayyan sohaga yo'naltirib borish, mukammal bilim olishi uchun zarur
shart-sharoit yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |