MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
33
V.
Ota-onalar bilan ishlash.
VI.
Ma'muriy-xo'jalik ishi.
Maktabgacha ta‘lim muassasasida yillik rejani tuzish uchun muassasaning istiqbol rejasi asos
bo‘ladi.
Yakuniy rejalashtirish choraklar uchun tuziladi, u bir yillik rejaning aniqlashgan ko‗rinishi
hisoblanadi. Shu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan ko‘rinishlari tarbiyachilar.
Tarbiyalanuvchilar va ota-onalar qo‘mitasining faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar
tarbiyachilaming ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. Umuman olganda,
boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to amalga oshirilishi ta‘lim muassasasi faoliyati
samaradorligini oshiradi.
2. Ta‘lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni
Bolalar bog‗chasida amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish ma‘lum
maqsadga qaratilgan jarayon bo‗lib, uning vazifasi, mazmuni va metodi maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyotini hamda ularning o‗ziga xos tomonlarini
e‘tiborga olgan holda tarbiyalashdir. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ta‘lim-tarbiya ishlarini
rejalashtirish murakkab bo‗lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi
to‗g‗risidagi bilimlarni, ta‘lim-tarbiya dasturini, ta‘lim va tarbiyaning usullarini bilishni taqozo
etadi.
Reja tarbiyachiga yil bo‗yi amalga oshiradigan ta‘lim-tarbiya ishlarini bir tekisda taqsimlab, m
a‘lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi. Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan
ta‘lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko‗rish usullarini yaxshilab o‗ylab olish, kerakli
material va jihozlami tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir
bolaning har tomonlama rivojlanishini ta‘minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa
bo‘lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o‗zgartirishiar kiritish mumkin.
Shuning uchun bolalar bog‘chasida bir-birini to‘ldiradigan bir necha xil reja tuziladi: bolalar
bog‗chasining yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining 33edagogi rejasi.
Yillik reja, asosan, bog‗cha mudirasi, metodist-tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar bog‗chasida
amalga oshiriladigan barcha ishlarni o‗z ichiga oladi.
Istiqbol rejasi — 1—3 oyga mo‗ljallangan bo‗lib, undan ko‗zlangan asosiy maqsad bolalar bilan
olib boriladigan ta‘limtarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma‘lum maqsadga qaratilgan va
samarali boMishini ta‘minlashdir. Unda «Bolalar bog‗chasida ta‘lim-tarbiya dasturi»ning hamma
bo‗limlari o‗z aksini topadi.
Istiqbol rejasida dasturning hamma bo‘lumlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‗lgan ta‘lim-
tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo‗yicha belgilab
chiqiladi.
Kalendar reja 10—12 kunga tuziladi. U kun davomida amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiya
ishlari mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish
darajalari, maktabgacha tarbiya muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasawurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-
atrofdagi narsa, buyumlar to‗g‗risida umumlashgan bilimlarni shakillantirish, bilishga qiziqish va
aqliy qobiliyatlarni o‗stirish, axloqiy ongni shakillantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni
egallashi va boshqalar kiradi. Bolalar bog‘chasida tarbiya dasturini yaxshi bilish 33edagogi rejani
muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |