MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
32
-
maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik jihatdan tarbiyalashni yaxshilash: ularda
go‗zallikni his qilishni, tabiat va jamiyatdagi go‗zallikni tushunish va qadrlash ko‗nikmasmi, estetik
did va badiiy ijod moho- ratdarini tarbiyalash.
IV.
Maktabgacha ta‘lim muassasasining oila, maktab, jamoatchilik bilan hamkorlikdagi ishi;
-
pedagogik umumiy ta‘limni ta‘minlashga doir (ota-onalar rnaktablari, lektoriylar,
konferentsiyalar, to‗garaklar va shu kabilar);
-
maktablar, jamoatchilik tashkilotlarining maktabgacha ta‘lim muassasalari ustidan otalig‗I;
V.
Maktabgacha ta‘lim muassasaning o‗quv-moddiy bazasini mustahkamlash: (jihozlar) o‗yin,
o‗quv, sport, xo‗jalik) ni olish va remont qilish; o‗yin, mehnat, o‗quv faoliyati uchun qo‗llanma,
atributlarni tayyorlash;
-
uslubika kabinetini ijtimoiy-siyosiy, uslubik, badiiy adabiyot bilan to‘ldirish:
-
maktabgacha ta‘lim muassasasi binosini va hududini obodonlashtirish, ko‗kalamzorlashtirish.
Yillik rejalashtirish: Yillik reja aniq, real, maktabgacha ta‘lim muassasasining butun hayotini
qamrab oladigan, barcha ta‘lim-tarbiyaviy ishlarining uzviyligi va izchilligini nazarda tutadigan,
pedagoglar jamoaning o‗tgan yildagi faoliyati natijalarini hisobga oladigan bo‘lishi kerak.
Rejaning mazmuni, asosiy bo‗limlari, uni tuzish uslubikasi haqida uslubik adabiyot va yo‗riqnoma
xatlarda tavsiyalar berilgan. Ular maktabgacha ta‘lim muassasa tashabbusini qandaydir andaza
doirasida bo‖g‗ib qo‗ymaydi. Barcha uchun shart bo‗lgan ilmiy asoslangan talablar bilan birga
ijodiy variantlash uchun ham o‗rin qoldirilgan. Yillik rejani tuzishda kasaba uyushmasi tashkiloti,
shifokor. Tibbiyot hamshirasi, tarbiyachilarning qatnashishlari muhimdir. Shundagina u bog‗cha
xodimlari jamoa, ijodiy fikning natijasi bo‘ladi.
Yillik rejalashtirish butun o‗quv yilini qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o‗quv yili davomida
amalga oshiriladi 32edag‘lim jarayonini tashkil etilishiga qarab bir necha bosqichlarni o‗z ichiga
oladi.
Yillik ish rejasi o‗quv yilining boshlanishidan oldin avgust oyi 32edagogic kengashida muhokama
qilinadi va tasdiqlanadi. Yillik reja o‘quv yilining boshlanishiga tuman (shahar) uslub kabinetining
maktabgacha tarbiya uslubisti tomonidan tasdiqlangan bo‗lishi kerak.
Maktabgacha ta‘lim muassasasining o‗quv yili uchun yillik ish rejasini Davlatimiz tomonidan
barcha sohalar bo‗yicha qabul qilingan qonun hujjatlari, Xalq ta‘limi bo‗yicha me‘yoriy hujjatlari,
―Bolajon‖ dasturi ―Davlat talablari‖, ―Maktabagcha ta‘lim konsepsiyasi‖ shuningdek maktabgacha
ta‘lim muassasaning o‗tgan yildagi ishining tahlili asosida ishlab chiqiladi.
Yillik reja aniq, maktabgacha ta‘lim muassasasining butun hayotini qamrab oladigan, barcha ta‘lim-
tarbiyaviy ishlarining uzviyligi va izchilligini nazarda tutadigan, pedagoglar jamoasining o‗tgan
yildagi faoliyati natijalarini hisobga oladigan bo‗lishi kerak.
Rejaning mazmuni, asosiy bo‗limlari, uning tuzilishi va uslubikasi haqida uslubik adabiyot va yo‗l-
yo‗riq hujjatlarida tavsiyalar berilgan. Barcha uchun shart bo‗lgan ilmiy asoslangan talablar bilan
birga ijodiy variantlash uchun ham o‗rin qoldirilgan. Yillik rejani tuzishda kasaba uyushmasi
tashkiloti va shifokor, tibbiyot hamshirasi, tarbiyachilarning qatnashishlari muhimdir. Shundagina u
maktabgacha ta‘lim muassasasi xodimlari jamoa, ijodiy fikrining natijasi bo‘ladi.
Yillik ish rejaining strukturasi
Kirish qismi.
I.
Maktabgacha ta‘lim muassasa ishining asosiy vazifalari.
II.
Tashkiliy-pedagogik ish.
III.
Kadrlar bilan ishlash.
IV.
Ta‘lim-tarbiyaviy ishga rahbarlik va uni 32edagog qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |