Ma’naviyat qotib qolgan narsa emas. U jamiyat va inson bilan, ijtimoiy amaliyot bilan birga takomillashadi, boyiydi, o‘zgaradi



Download 10,03 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi10,03 Kb.
#670502
Bog'liq
Ma’naviyat qoti-WPS Office


Ma’naviyat qotib qolgan narsa emas. U jamiyat va inson bilan, ijtimoiy amaliyot bilan birga takomillashadi, boyiydi, o‘zgaradi. Unga davlat siyosati, ijtimiy tabaqalar, millatlar, xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar o‘rtasidagi munosabatlar, aloqalar muayyan tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy boyliklar turli ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, guruhlar tomonidan bir xil o‘zlashtirilmaydi, bir xil baholanib, bir xil tushunilmaydi. Ushbu masalalarni o‘rganish uchun sostiologik tadqiqotlar o‘tkazish zarur bo‘ladi. Demak, “ma’naviyat asoslari” sostiologiya fani bilan ham bog‘langan, uning usullaridan, xulosalaridan foydalanadi.

Jamiyat taraqqiyotining butun jarayoni va xozirgi darajaga etib kelishini erkinlikning, insonparvarlikning muttasil o‘sib borishi tarixi, yoki ma’naviy shaxs shakllanishi va kamol topishi tarixi ham deyish o‘rinli bo‘ladi.

Ma’naviyatning milliy tiklanish, mustaqillikni mustahkamlash va xalq tafakkurini boyitish borasidagi ahamiyati uni bus-butun holda o‘rganib, ijtimoiy vazifalarini, imkoniyatlari va salohiyatini ochib berishni taqozo etadi.

Ma’naviyat to‘g‘risida aniq va nisbatan mukammal tasavvurlargina Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashda ma’naviy omillardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Bugungi kunda ma’naviyat masalalarini nafaqat bir joyga to‘plash, shuningdek, yagona predmet nuqtai nazaridan o‘rganish zarurati tug‘ildi. Qolaversa, bizning davr turli fanlar tutashuvida yangi fanlarningdunyoga kelish davridir.

“Ma’naviyat asoslari” ijtimoiy-gumanitar fanlarning deyarli hammasi bilan aloqa qiladi. U falsafiy fanlardan yana dinshunoslik fani bilan yaqindan bog‘langan. Shu bois ma’naviyatning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va qonuniyatlarini o‘rganishda dinshunoslik materiallariga murojaat etmaslik, ularni hisobga olmaslik mumkin emas.

Ma’naviyat insonning ilk dunyoviy madaniy ijodkorlik faoliyatida ham kamol topgan. Keyingi davrlarda ham shunday bo‘lib qolgan, hozir ham shunday. Dunyoviy faoliyatning ma’naviyatga ta’siri dinshunoslik qiziqishlaridan, tadqiqot doirasidan ko‘pincha chetda qoladi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, “Ma’naviyat asoslari” folklor va adabiyotshunoslik, tilshunoslik, keng ma’nodagi madaniyatshunoslik, tarix, ijtimoiy psixologiya fanlaridan o‘rganadi, ular hisobidan boyiydi, o‘z predmeti yo‘nalishida ularn to‘ldiradi va boyitadi.

Ma’naviyat qotib qolgan narsa emas. U jamiyat va inson bilan, ijtimoiy amaliyot bilan birga takomillashadi, boyiydi, o‘zgaradi. Unga davlat siyosati, ijtimiy tabaqalar, millatlar, xalqdar, mamlakatlar, madaniyatlar o‘rtasidagi munosabatlar, aloqalar muayyan tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy boyliklar turli ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, guruhlar tomonidan bir xil o‘zlashtirilmaydi, bir xil baholanib, bir xil tushunilmaydi. Ushbu masalalarni o‘rganish uchun sostiologik tadqiqotlar o‘tkazish zarur bo‘ladi. Demak, “ma’naviyat asoslari” sostiologiya fani bilan ham bog‘langan, uning usullaridan, xulosalaridan foydalanadi.

Davlat siyosatining, davlatlar o‘rtasidagi mafkuraviy kurash yoki hamkorlikning, xalqaro madaniy aloqalarning ma’naviy jarayonga ta’sirini siyosatshunoslik fani yordamisiz teran tushunish qiyin.

Va nihoyat, “Manaviyat asoslari” fani bizning katta bir guruh ijtimoiy hodisalarni shunchaki anglab olishimizgagina, tor ma’nodagi ma’rifiy vazifalargagina xizmat qilib qolmay, shuningdek, mustaqil O’zbekistonning barkaol avlodini tarbiyalashga ham o‘z hissasini qo‘shish maqsadini oldiga qo‘yadi. Bu mazkur fanning pedagogika va pedagogik psixologiya fanlari bilpan aloqa qilishini taqozo etadi.

“Ma’naviyat asoslari” fanini o‘rganish bizning dunyoqarashimizn boyitish, kengaytirish bilan bir qatorda, ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda faol qatnashish, yoshlarni yuksak ma’naviy omollar ruhida tarbiyalash imkonlarimizni yanada oshiradi. Bu nafaqat bo‘lajak pedagoglar, o‘qituvchilar uchun, shuningdek, barcha mutaxassislar – jurnalistlar, adiblar, san’atkorlar, olimlar, menejerlar, injenerlar, tashkilotchi rahbarlar va boshqalar uchun kerak.

“Ma’naviyat asoslari” degan mustaqil fannin paydo bo‘lishi ham Islom Karimov asos solgan taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Umuman ijtimoyi taraqqiyotni teranroq va har tomonlama tushunish uchun bu fan hozirgi zamonda juda keraklidir. “Ma’naviyat asoslari” fani boshqa fanlar kabi umuminsoniy xarakterga ega. Uning alohida fan sifatida zarurati ilk bor O’zbekistonda anglanishi va o‘quv dasturlariga kiritishlishi mamlakatimizning hozirgi zamon ilm-fani rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, deb baholanmog‘i adolatli bo‘lur edi. Bugungi kunda ushbu fan bo‘yicha davlat standarti, o‘quv dsturlari ishlab chiqilib, darsliklar yaratilmoqda.

Jamiyat taraqqiyotining butun jarayoni va xozirgi darajaga etib kelishini erkinlikning, insonparvarlikning muttasil o‘sib borishi tarixi, yoki ma’naviy shaxs shakllanishi va kamol topishi tarixi ham deyish o‘rinli bo‘ladi.

Ma’naviyat shakllana boshlashi jarayonida insonda asl insoniy tabiat vujudga kelaboshladi, u asta-sekin ma’naviy shaxsga aylana bordi.

Yovvoyi odam ma’naviy shaxs emas, demak u erkin ham emas. U tabiatga, uning tasodiflariga, injiqliklariga to‘liq qaram. Yovvoyi odam “erkinligi” instinkt (mayllar)ga asoslangan. Ma’naviy shaxs erkinligi esa axloq, huquq va iqtisodiyot me’yorlariga, ixtiyoriy tanlashga asoslangan. Yovvoyi odamdan farqli, ibtidoiy odamda ma’naviy shaxs unsurlari mavjud. Lekin u hali ma’naviy shaxs emas, chunki unga individuallik va mas’ullik etishmaydi. Ibtidoiy odamdagi ma’naviyat unsurlari jamoa ongining, irodasining bir bo‘lagi bo‘lib mustaqil individual ongning va irodaning ko‘rinishlari emas.

Ma’naviyat rivojlanishining asosiy maqsadi – ma’naviy shaxsni tarbiyalash. Ma’naviy shaxs erkin tafakkurga, uning asosida erkin tanlay olish imkoniga ega shaxs. Ongli tanlash, ijtimoiy zaruratni anglash, insonparvarlikka va taraqqiyotga xizmat qiluvchi huquqiy, axloqiy va iqtisodiy me’yorlarni yaratib, ularga ongli ravishda, ixtiyoriy itoat etishgina insonga erkinlik va ma’naviylik bag‘ishlaydi.



Yuqorida ta’kidlanganidek, ma’naviyat insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, undan zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlar va fazilatlarning uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir. Ma’naviyat bu shunchaki insoniy xislatlar majmui emas, balki ijobiy hislatlar, fazilatlar majmuidir
Download 10,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish