Tariximiz va madaniyatimizni ifoda etadigan moddiy va madaniy boyliklarimiz muhim tarbiya vositasi bo’lib hisoblanadi



Download 31,46 Kb.
Sana16.06.2021
Hajmi31,46 Kb.
#66389
Bog'liq
miniatura


Tariximiz va madaniyatimizni ifoda etadigan moddiy va madaniy boyliklarimiz muhim tarbiya vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy-mфa’naviy boyliklar bitmas-tuganmas xazina, yoshlar ongiga singdiriladigan, ularni barkamol avlod qilib tarbiyalaydigan bebaho omillardir. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek “Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros , madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qladi” degan so’zlari boy merosimizga qanday munosabatda bo’lish kerakligini ko’rsatib beradi. Kelgusida farzandlarimiz, ozod va obod vatanimizning yuksak ma’naviyatli, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini avaylaydigan, tariximizni ulug’laydigan, barkamol shaxslar bo’lib yetishishlari darkor. Kelajak avlodimiz ma’naviyati va tafakkurini yuksaltirishda tasviriy san’at fanining o’rni beqiyosdir. Tasviriy san’at ta’limida Amir Temur va temuriylar davridagi yaratilgan mo’jaz rang tasvir namunalari hozirgi kun zamonaviy miniatyura san’atining zamini hisoblanadi. Ma’lumki, Amir Temur о’z davrida Samarqandni ulkan bir madaniyat markaziga aylantirdi. Shuningdek, tasviriy san’at ham buyuk bobomiz sohibqiron Amir Temur davrida taraqqiy etgan. Amir Temurgacha bо’lgan davrdagi tasviriy san’atning mahalliy ilg’or vakillari monuviylikka borib taqaladi. U davrda Samarqand hozirgi Afrosiyob xarobalari о’rnida bо’lgan, mo’g’il bosqinchilaridan sо’ng u yerda yashayotgan xalq, jumladan, ijodkorlar ham Samarqandning temuriylar davridagi о’rniga kо’chganligi ma’lum. Qadimgi Afrosiyob madaniy aloqalari, xususan, Temur davridagi tashqi aloqalar va san’at vakillarining bir joyga tо’planishi natijasida Samarqandda sharqona tasviriy san’at maktabi shakllandi. Amir Temur davrida yashagan va ijod qilgan tasviriy san’at ustalaridan mashhur ustod Gung sohibqiron davri tasviriy san’at maktabining asoschisi 2 bо’lgan. Amir Temur davridagi muasvvirlardan buxorolik ustod Jahongir, bag’dodlik Abdulxay va ustod Shamsiddin, tabrizlik Pir Said Ahmad, samarqandlik Ahmad Bog’ishamoliy, Shox Muhammad Tamimiy va boshqa tasviriy san’at vakillarining Samarqanddagi ijodiy faoliyatini qayd qilish mumkin. Temuriylar davrida mahobatli rangtasvir tarqqiy etgan bо’lib, Ulug’bek rasadxonasining devorlariga olamni aks ettiruvchi suratlar tasvirlangan. Temuriylar davrida sharqona miniatyura san’atining bir qancha maktablari va uning buyuk ijodkorlari yuzaga keldi. Natijada temuriylar davrida shakllangan nafis tasviriy san’atning dovrug’i jahonga yoyildi. Miniatyura san’ati haqida fikr yuritar ekanmiz, XIX asr boshlarigacha “miniatyura” iborasi ishlatilmagan.Miniatyuru sо’zi fransuzcha-“miniature”, lotincha-“minium” sо’zlaridan olingan bо’lib, qizil bо’yoq degan ma’noni bildiradi. Miniatyura- badiiy usullari о’ta nafis bо’lgan kichik hajmli mо’jaz tasviriy san’at asarlaridir.O’rta asr qо’lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mо’jaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, toshqog’oz, metall, chinni, ba’zan rangtasvirga ham miniatyura, ya’ni, lokli miniatyura atamasi qо’llaniladi. Miniatuyura san’ati uch о’lchamli tо’g’ri perespektivaga asoslangan tasviriy san’atdan farq qilib, bir tekislik yuzasida tasvirlanshi yoki teskari perespiktiva qonuniyatlariga amal qilinganligi uchun о’ziga xos mо’jizali sirlari bilan ajarilib turadi. O’rta asrlarda Sharqminiatyura san’atining o’ziga xos maktablari shakllangan. Miniatyura qo’lyozma kitoblarning mo’jaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida XII –XIX asrlarda Sharqda keng tarqalgan. Buyuk mussavir sifatida Moniydan so’ng, Junayid Bag’dodiy, Hoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, G’iyosiddin Naqqosh, Kamolliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Basavan, Rizoyi Abbosiy va boshqalarning nomlari mashhurdir. Temuriylar davrida alohida varaqlarga miniatyura ishlash va ulardan muraqqa tuzish an’anaga aylangan. Amir Temur davrida Samarqandda shakllangan tasviriy san’at maktabi an’analari Hirot orqali jahon xalqlari madaniyatiga qо’shgan hissasi alohida e’tiborga molikdir. Bu borada tasviriy san’atimiz tarixida o’zining noyob namunalari va ajoyib san’at vakillarini yuzaga keltirgan Hirot ,,Nigoriston” (nafis san’at akademiyasi) maktabi jahon tasviriy san’ati maktablari 3 ichida oldingi saflarda turadi.Aynan shu maktabda, Kamoliddin Behzoddek buyuk musavvir ijodiyoti shakllangan.K.Behzodning hayoti va ijodi Sharq xalqlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari madniyatida muhim ahamiyat kasb etadi. U o’z ijodi davomida Sulton Muhammad, Qosim Ali, Darvish Ustod Muhammadiy, Muzaffar Ali, Yusuf Mulla, Rustam Ali, Shayxzoda Xurosoniy, Shoh Muzaffar, Mirsaid Ali, Mahmud Muzahhib kabi ko’plab shogirdlar tayorladi. Kamoliddin Behzod ijodi Hirot, Tabriz, Buxoro, Samarqand, Sheroz, Isfahon, Istambul, Hindiston mo’jaz rang tasvir san’ati maktablari rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Kamoliddin Behzod ijodini Sharq va G’arbda birdek yuksak baholaydilar. Kamoliddin Behzod ijodi XV-XVI asrlarda Movarounnahr madaniy hayoti uchun ahamiyatli bo’libgina qolmay, balki butun Sharq, hattoki Yevropada kitob grafikasining rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Behzodning hayoti va ijodi ta’sirida XV-XVI asrlarda MarkaziyOsiyo ( Movaraunnahrda) tasviriy san’atda keskin burilish ro’y berdi. Olim va san’atkorlar bu hodisani san’at tarixida ,,Uyg’onish “ (Renessans) davri deb atadilar. Behzodning asarlari yuksak qadrlanib, AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya, Eron, Fransiya, Germaniya, Misr kabi qator mamlakatlarning kutubxonalarida avaylab saqlanmoqda. Toshkentda milliy rassomlik va dizayn institutiga Kamoliddin Behzod nomi berilgan. Toshkentda Kamoliddin Behzod hayoti va ijodiga bag’ishlangan alohida muzey tashkil etilgan. K. Behzod ijodi hozirgi kun zamonaviy O’zbekiston miniatyurasida asosiy zamin vazifasini o’taydi.Yurtimiz mustaqillikka erishgach O’zbekiston miniatyura san’ati yanada rivojlandi, bu sohada ko’plab musavvirlar yetishib chiqdi va yoshlarga mumtoz tasviriy san’at sirlarini o’rgatib kelmoqdalar. Miniatyura sanati yo’nalishida ijod qilayotgan yosh istedodlarimiz ham yuqori natiijalarga erishmoqdalar.Respublika rassomlik kollejinig lok miniatyura bo’limi oquvchisi Gulhayo Abdullayeva o’z ijodiy ishlari bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’ldi va K. Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutiga imtiyozli qabul qilindi. Mumtoz tasviriy san’atimiz hozirgi kunda qanchalik qadrlanayotganligi, buning uchun esa yurtimizda barcha shart-sharoitlar 4 yaratilganligini O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan o’tkazilayotgan tadbirlarda namoyon bo’lmoqda. Xullas, buyuk ajdodlarimizdan yetib kelgan ma'naviy meros, ko'hna tarixiy yodgorliklar, ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar sifatida biz tarbiyalayotgan yoshlarni ma'naviy jihatdan, ayniqsa, estetitik jihatdan tarbiyalashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Tasviriy sanat fanidan davlat ta’lim standartida 6-sinf II choragida o’quvchilar Sharq miniatyura san’ati haqida quyidagi bilim, ko’nikmava malakalarni egallashi zarur. San’atshunoslik asoslari: Sharq miniatyura san’ati tarixi; sharq miniatyura san’atining yirik namoyondalari (Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Murod Muhammad Samarqandiy); sharq miniatyura san’ati rivojlanishi markazlari (Samarqand, Hirot, Tabriz) miniatyura san’ati namunalari(Dehlaviviy, Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Bobur, Sharafiddin Ali Yazdiy asarlari misolida), ular saqlanadigan yirik muzeylar (Nyu-york-metropoliten muzeyi, Parij – Fransiya milliy kutubxonasi, London – Britaniya muzeyi, Sankt-Peterburg – Ermitaj, Hindiston, Turkiya muzeyi va kutubxonalari, Toshkent Sharqshunoslik kutubxonasi va hakozo). miniatyurada sintetik jarayonlar(syujetli kompozitsiyalar, naqqoshlik, xattotlik vaboshqalar; O’zbekiston zamonaviy miniatyurasi rassomlari (SH. Muhammadjnov, N. Xolmatov, N. Nazarov, A. Tursunov, Sh.Shoyoqubov, D.Po’latova ba boshqalar); Kompozitsion (ijodiy) faoliyat: 5 O’zbek xalq ertaklari syujetlari asosida miniatyura usulida illyustratsiya ishlash; Sharq mumtoz adabiyot syujetlari asosida miniatyura usulida mustaqil kompozitsiya ishlash; shkatulka va biror buyumga miniatyura kompozitsiyasini ishlash. Sharq miniatyura asarlari namunalarining elementlaridan nusxa ko’rirish. 6 - sinf II choragida sharq miniatyurasi san’atiga 7 soat ajratilgan bo’lib, 1 soati san’atshunoslik mashg’ulotidir. 6 soati kompozitsion (ijodiy) mashg’ulot. Tasviriy san’at darslarida nazariy mashg’ulotlar amaliy ishlar bilan mustahkam aloqada olib boriladi. Xususan, sharq miniatyurasi san’ati yuzasidan suhbat o’tkazilib, sharq miniatyura asarlari namunalari bilan tanishgandan so’ng bolalar miniatyura usulida kompozitsiya ishlay olishlari, buning uchun esa, miniatyura san’ati asarlari namunalarining elementlaridan nusxa ko’chrib, miniayura usulida rasm ishlash ko’nikmalarini hosil qilishlari kerak bo’ladi Miniatyura elementlari gul, o’simliklar, daraxt, bulut, qum barxanlari, tog’, tuya, ot, kiyik, sozanda, darvesh, ovchi, yo’lovch, musiqa asboblari, jang qurollari (14-15 asrga oid) va hakozolardan iborat va o’quvchilar ulardan nusxa ko’chiradilar. Natijada o’quvchilarda asta sekin miniatyura usulida rasm ishlash ko’nikmalari hosil bo’ladi. Sharq miniatyura san’ati asarlari namunalaridan nusxa ko’chirish mashgulotida elementlar bir nechta nusxada ko’paytirilgan va lominad qilingan tarqatma materiallardan foydalangan ma’qul. Miniatyura san’ati mo’jaz rang tasvir turi bo’lganligi uchun, nusxa kochirishda ham kichik hajmda, masalan rasm daftar varag’iga 4 ta nusxa chizishlari ham mumkin. O’quvchilar nusxa ko’chirishda nimalarga e’tibor berishi kerak? Chiziladigan rasmni obdon kuzatish, tahlil qilish, masalan usimliklar,daraxtlar, ularning nomlari va qayerda o’sishi, shakli va rangi, tabiiy 6 holatdagi ko’rinishi, qush va hayvonlar ko’rinishlari, tuyalar, ularning saxroda yurishlari, tog’,suv,bulutlarning miniatyura usulida ishlanishi, sozanda, darvesh, ovchikabi syujetlar ishlanganda, ularning ko’rinishlari, liboslari,xarakatlari, yuz mimikalariga e’tibor berish,tahlil qila olishlari muhim ahamiyatga ega. Sharq miniatyurasi asarlari namunalari elementlaridan nusxa ko’chirishda kichik guruhlarga bo’linib ishlash darsning tartibli va mazmunli o’tishiga zamin yaratadi. Kichik guruhlarga bo’linganda o’quvchilar bir-birlari bilan yaqin muloqatda bo’lib, miniatyura san’ati elementlari haqida fikr almashadilar. O’zbek xalq ertaklari va Sharq mumtoz adabiyoti syujeti asosida miniatyura usulida kompozitsiya ishlash. Kompozitsiya atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, tuzilish, birlashish ma’nolarini anglatadi. Asarning kompozitsion tuzilishi ijodkor g’oyasini tomoshabinga aniq oson, tezetib borishiga xizmat qiladi. Kompoitsion faoliyat o’quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatni, o’z fikr va taassurotlarni rasmda obrazli qilib tasvirlash, hamda badiiy didni o’stirishni maqsad qilib qo’yadi. Kompozitsion faoliyat o’z mazmuniga ko’ra uch qismga bo’linadi. 1. Rangtasvir kompozitsiyasi. 2. Dekorativ kompozitsiyasi. 3. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi. Miniatyura usulida kompozitsiya ishlash rangtasvir kompozitsiyasi qismiga kiradi. Miniatyura usulida kompozitsiya ishlash o’ziga xos bo’lib 3 o’lchamli rangtasvir kompozitsiyasidan farq qilib, ya’ni 2 o’lchamlidir. Miniatyura kompoitsiyasida perspektiva, soya yorug’, qoidalariga amal qilinmaydi. Miniatyura- kompozitsiyasida mussavvirlarning asosiy qoidasi milliylikni tasvirlash, turmushni bilish, inson qalbiningnafis musiqiy, ba’zan esa sirli tebranishni ko’rsatish. 7 Miniatyura usulida kompozitsiya ishlashda mavzu tanlab ezkizlar ishlanadi. Albatda kompozitsiya ishlashda miniatyura asarlari reproduksiyalarini kuzatish, tahlil qilishdan tashqari tevarak atrofni kuzatish, tabiat hodisalari vavoqelarni kuzatish katta ahamiyatga ega. O’quvchilar tanlangan mavzuga ko’ra, uning elmentlarini qog’oz yuzasida bir-biriga bog’liq holda joylashtirish, yaxlit kompozitsiyanihosil qilish, mavzu mazmuniga mos keladigan kompozitsiyanitopish uchun bir nechta ezkizlar ishlaydilar. Har qanday kompozitsiya ishlash qat’iy ketma-ketlik asosida bo’ladi. Xususan, 1. Mavzu tanlash. 2. Mavzu yuzasidan mazmun tanlash. 3.Tanlangan mazmunning dastlabki kichik o’lchovli ezkizini aks ettirish. 4. Kompozitsiya qoralama tasvirini, ranglamalarini ishlash. Bu ishlar darsdan tashqari vaqtlarda ham ishlanishi mumkin. 5. Kompozitsiya ezkizi tayyor bo’lgach, uni aniq o’lchamli qog’ozda chiziqli tasvirini ishlash. 6. Bo’yoqda ishlash bosqichlari amalga oshiriladi. Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlariga ko’pincha 2-3 soat ajratiladi ularning birinchi soatida mavzu, mazmun aniqlanadi, material to’planadi, ishchi ezkiz tayyorlanadi, chiziqli rasm ishlanadi. Mashg’ulotning ikkinchi soatida esa chizilgan rasmni bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Bolalar o’z rasmlarini tezroq bo’yab tugallashga juda qiziqishadi, buning oqibatida ularning rasmlari kompozitsion jihatdan bo’sh va chla bo’lib qoladi. Oquvchilarning fikrlarini boyitish va harakatlarini qullab quvvatlash maqsadida yordamchi ko’rgazmali materiallar faqat darsning boshlanish qismida emas, bolalarning mustaqil ishlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Bu rasmlar miniatyura sanatiga oid reproduksiyalar, namunali ishlangan miniatyura kompozitsiyalari bo’lishi mumkin. Miniatyura usulida bolalar o’zbek xalq ertaklariga, yoki mumtoz adabiyot usulida mustaqil kompozitsiya ishlashlari mumkin. Albatda buning uchun bolalar o’zbek xalq ertaklari va mumtoz adabiyotlaridan ma’lum darajada bilimga ega 8 bo’lishlari va o’zlariga yoqgan asar mazmuniga mos rasm ishlay olishlari kerak bo’ladi. Miniatyura san’ati elementlarini o’quvchilar rasm daftarga yoki alohida formatlarga ishlashlari mumkin. Miniatyura kompozitsiyasini esa alohidaformatga ishlash ma’qul keladi, o’lcamini o’quvchilar o’zlari tanlashlari yoki o’qituvchi tavsiyasi bilan belgilab olishlari mumkin. Miniatyura chizishda tayyor fon berilgan karton yoki qog’ozlarga (kul rang, malla tusda) ham kompozitsiyalar ishlashlari mumkin. Bundan tashqari oddiy yozuv daftarlarining rangli muqovalaridan ham miniatyura chizishda foydalanish, ishning sifatli va vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.


0*zbekiston rassomlari va haykaltaroshlari. 0 ‘zbekistonda tasviriy san’at, ayniqsa, mo‘yqalam san’atining shakilanishida Yevropaning ilg‘or tasviriy san’ati an’analari, rus va boshqa xalqlar rassomlarining ta’siri katta. Yevropa davlatlarida ancha ilg‘oriab ketgan uch oichamlilik qonuniyatlari asosida rivojlangan tasviriy san’at aynan o‘sha davriarda bizning o‘lkamizda deyarli mavjud emas edi. Ajdodlarimizning san’atga ixlosmand vakillari ko‘proq xalq amaliy bezak san’ati bilan mashg‘ul boiganlar. Asta-sekin mahalliy an’analar bilan uyg'unlikda rivojlangan tasviriy san’atimizning yanada ravnaq topishi va miliiy kadrlarni iayyorlashga M. Novikov, I.S. Kazakov, P.P. Benkov, N.V. Rozanov, T.N. Nikitin, L. Bure kabi rassomlar katta hissa qo‘shishdi. XX asming 20-30-yillariga kelib, 0 ‘zbekiston tasviriy san’ati o‘ziga xos shakl-shamoyiliga ega boia boshladi. Bunda A. Volkov, P. Kuznesov, M. Kurzin, S. Finkelshteyn, N. Karaxan, V. Ufimsev, Usta Mo'min (A. Nikolayev), N. Kashina, O. Tatevosyan, P. Benkov, S. Kovalevskaya, I. Ikromov, 0 ‘. Tansiqboyev, Ch. Ahmarov, L. AbduUayev kabi mo‘yqalam ustalarining ijodiy namunalari e’tiborga molik boidi. Toshkentda 1919-yilda o‘lka badiiy maktabi-Turkiston xalq maktabi tashkil qilindi. Unda S. Yudin, I. Kazakov, A. Isupov, I. Golovin, A. Volkov va boshqa rassomlar o'qituvchilik qildilar, 1921- yilda maktab tarqatildi; 1921-1923-yillarda Toshkentda badiiy texnikum ishlab turdi. 0 ‘zbek kitob grafikasining asoschilaridan biri, rassom iskandar Ikromov shu bilim yurtida ta’lim oigan. 0 ‘zbekiston xalq rassomi Iskandar Ikromov kitob grafikasi sohasida sermazmun ijod qildi. U o‘z faoliyatida o‘zbek naqqoshlik san’atining boy merosidan unumli foydalanib, bir qancha kitoblarni bezadi. U Navoiy lirikasi, Ibn Sino va Beruniyning ilmiy to‘plamlari, Oybek asarlarining to‘rt tomligi, shuningdek, rus adabiyoti klassiklarining asarlariga illyustratsiyalar ishladi. I. Ikromov 1904-yilda Toshkent shahrida tugMldi. Yoshlik yillarida rasm ishlashni ishtiyoq bilan o‘rgandi va grafika san’atiga boigan qiziqishi yanada ortdi. Uning rasmlari «Bolalar dunyosi» jumalida, hajviy rasmlari esa «Mushtum»da chop etila boshladi. Rassom tasviriy san’at sirlarini chuqurroq o‘rganish uchun Sankt-Peterburgga borib o‘qiydi. U Sankt-Peterburgdan «Kitob san’atining texnik rassomi» diplomi bilan qaytadi. Bunday mutaxassis kadr o‘z davrida respublikamizning davlat nashriyoti uchun juda zarur edi. Iskandar Ikromov 0 ‘zbekistonning birlnchi poligrafchi-rassomi sifatida tanila boshladi. Bu borada samarali ijod qilish bilan birga, tasviriy san’atning grafika turiga doir qoMlanmalar yaratdi. 1932-yilda rassomning «Rasmni 0‘rganish», 1933-yilda «Kitob va jumallar qanday nashr etiladi» albomi, 1935-yilda «Harflarni yozislini o‘rgan» kabi kitoblari chop etildi. Iskandar Ikromov pedagogikaga oid kitoblar yaratish bilan birga, kitob grafikasini yanada puxta o‘rganib, o‘zbek shoir va yozuvchilarining asarlariga kitob mazmunini ochib bera oigan ko‘plab rasmlar ishladi. Ayniqsa, o‘zbek adiblari, shoirlari kitoblarining o‘ziga xos milliy va an’anaviy bezaklar bilan boyitilishi rassomni tez orada san’at va adabiyot vakillari o‘rtasida e’tibor qozonishiga sabab bo‘ldi. U yaratgan asarlar kitob, jurnal va gazetalaming mazmunini boyitib, o‘quvchilarga manzur bo‘ldi. 0 ‘sha davrda Davlat san’at muzeyi qoshida A. Volkov rahbarligida badiiy studiya ishlab turardi. 1924-yildan studiyaga Moskvadan kelgan realist-rassom N. V. Rozanov rahbarlik qildi. I. Repinning shogirdi N. Rozanov badiiy ta’limni realistik yo'nalishda olib bordi. Atoqli manzarachi-rassom 0 ‘. Tansiqboev, rassomlar A. Toshkenboyev, X. Valiyevlar 1927-yilda tuzilgan badiiy studiyada ta’lim oldilar. XX asr 20-yillarining oxirida 0 ‘zbekistonda paydo bo‘lgan turli badiiy guruhlar orasida eng yirigi «Yangi Sharq ustalari» guruhi edi. Bu davrda realist-rassomlar o‘z oldilariga ijodiy kuchlami birlashtirish va milliy kadrlar tayyorlash vazifasini qo‘ydilar. Rassomlar hayotni, uni yaratuvchi insonni zo‘r ishtiyoq bilan tasvirlashga kirishdilar. Asosiy mavzu - mehnat ahli, uning ijodkorligi, g‘ayrati, shijoatini ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi. Rassomlar jamoa xo‘jaliklari, qurilishlar, zavodfabrikalarga borishib, mehnatkashlaming fidokorona mehnatini polotnolarda aks ettirishga harakat qildilar. Tasviriy san’at ko‘rgazmalariga A. Volkov, M. Kurzin, V. Markova, A. Nikolayevlar bilan bir qatorda, mahalliy yoshlaming ham ijodiy ishlari qo‘yila boshladi. 1933-yilda Toshkent tasviriy san’at bilim yurtiga mahalliy yoshlami jalb etishda iste’dodli rassom Bahrom Hamdamiy (1910- 1942)ning hissasi katta bo‘ldi. Yoshligidan san’atga qiziqqan B. Hamdamiy awal o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, so‘ngra Toshkent badiiy bilim yurtida o‘qib, tajribali rassomlar A. Volkov, M. Kurzin, O. Tatevosyanlar qoiida ta’lim oldi. Keyinchalik B. Hamdamiy o‘zi ham shu dargohda o'qituvchilik qilib, milliy ijodkor kadrlar tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shdi. 0 ‘zbek rassoiiilaridan S. Abdullayev, L. Nasriddinov, M. Nabiyev, S. Muhamedov, R. Ahmedovlar B. Hamdamiy qoiida ta’lim olib, undan realistik san’at sirlarini o‘rgandilar. B. Hamdamiy o‘z asariarida insonning go‘zalligini, uning kuch-qudratini, matonatini aks ettirishga harakat qildi. («Gruppaviy portret», «Muhitdinova portreti»). B. Hamdamiyning 1939-yilda moyli bo‘yoqda ishlagan avtoportretida jiddiy, kuch-quwati, g‘ayrati jo‘sh urib turgan bug‘doy rang yuzli kishi gavdalanadi. Iste’dodli mo‘yqalam sohibi Hamdamiy «Ish tugadi» polotnosida yangi kanalni qurib bitkazgan quruvchilaming o‘z mehnatlari samarasini ko‘rib zavqlanayotgan paytini tasvirlagan. Suratdagi milliy xarakterlar, ayrim tipajlar mohirona ifodalangan. Shu davrda zamondoshlarining portretlarini yaratish ustida ish olib borgan rassom V. E. Kaydalov (1907-1985) ksilografiya texnikasida bir qancha portretlar chizdi. Y. Oxunboboyev, G‘. G‘ulom va S. Ayniy portretlarida rassom ulaming ichki dunyosini chuqur ruhiy asosda ochib berishga harakat qildi. Uning «Qirq qiz» eposiga yaratgan illyustratsiyalari respublika badiiy madaniyatining oltin fondidan munosib o‘rin oigan. Shu davrda Nikolay Karaxan (1909-1970) manzara ustasi sifatida ko‘zga ko‘rindi. Rassom chizgan tabiat manzaralari dekorativligi, ranglaming Sharqqa xos jilvaligi va yorqinligi bilan ajralib turadi. Karaxanning manzaralarida kishilarning ijodiy mehnati yetakchi mavzulardan biri boiib qoldi. U kishilarni mehnat jarayonida yoki tabiat qo‘ynida hordiq chiqarayotgan paytlarida tasvirladi. 0 ‘zbekiston san’atining ravnaq topishida A. N. Volkov (1896- 1957) ning ijodi alohida o‘rin egallaydi. Uning ijodiy yo‘nalishi ranglarga boyligi, rang orqali shakl yaratish, insonning ichki dunyosini bo‘yoqlar vositasida ochib berish bilan bogiiq. Realist-rassom A. Volkov mashaqqatli izlanish yoiini bosib o‘tdi. 0 ‘zbekiston unga qadrdon ona yurt boigani uchun (A. Volkov Farg‘onada tugilgan) milliy san’at an’analarini chuqur o‘rgandi, xalqqa tushunarli, uning ruhiyatini ifodalovchi asarlar yaratish ishtiyoqi bilan ijod qildi va o‘zbek san’atini o‘z asarlari bilan boyitdi. 0 ‘rta Osiyoning boy madaniy merosini sevib, uni yangicha mazmun bilan boyitishga hissa qo‘shgan rassomlardan biri A. NikolayevUsta Mo‘min (1891-1957) ham O‘zbekiston tasviriy san’atiga 30- yillarda kirib kelgan. A. Nikolayevni o‘zbek xalqining naqshlari maftun etdi. U xalq urf-odatlarini o‘rgandi va milliy sharq miniatyurasi uslubida asarlar yaratdi. Usta Mo‘minning «Bedana tutgan bola», «Oila», «Naychi» kabi asarlari kishida lirik tuyg‘ular uyg‘otadi. 0 ‘zbek san’ati ravnaq topayotgan yillarda boshqa rassomlar qatori ajoyib o‘zbek qizi Shamsiro‘y Hasanova ham ijod qilgan. Shamsiro‘y 1917-yilda ishchi oilasida tavallud topdi. 1932-yilda o‘rta maktabni tamomlab Toshkent badiiy bilim yurtiga o‘qishga kirdi. Uning ustozi A. N. Volkov edi. Bilim yurtini bitirgach, Samarqandda P. P. Benkov rahbarlik qilgan badiiy studiyada tahsilni davom ettirdi. Uning ijodi o‘zi sevgan va chuqur o‘rgangan sharq miniatyurachiligi va monumental tasviriy san’ati bilan chambarchas bog'liqdir. Shamsiro‘y Sharqning betakror shoirasi Zebunisobegim obrazini yaratish yo‘lida bir qancha polotnolar yaratdi. Podshoh va adib Bobuming nevarasi bo‘lmish Zebuniso XVII asrning ikkinchi yarmida Hindistonda yashab ijod qildi. Uning asarlari 0 ‘rta Osiyo, Hindiston, Eron hamda Afg‘onistonda ma’lum va mashhurdir. ^ " * ‘ 40-yillaming boshidayoq Shamsiro‘y o‘rta asr Sharq shoiralarining portretlari turkumi ustida ishlashni davom ettirdi. Hozir 0 ‘zbekiston Davlat san’at muzeyi fondida qo‘qonlik shoira Nodira va Uvaysiyning, samarqandlik shoira j Mehrining portretlari saqlanadi. I Uning ilk asarlari miliiy ruh I bilan sug‘orilgan bo‘lib, an’anaviy miniatura uslubida ishlangan. Qisqa, lekin sermazmun ijodi davomida san’atkor shoira musiqachi ayollar portretlari galereyasini yaratish ustida ish olib bordi. Bular orasida keng Sh. Hasanova. Shoira Mutriba. tomoshabinga tanilgani qashqar shoirasi Mutriba portretidir. Portretda shoira va musiqachi ayolning ilhomi jo‘sh urgan payti mohirona tasvirlangan. Asarning tiniq ranglari san’atkoming nozik lirik obraz yaratishiga imkon bergan. Sh, Hasanova turli janrlarda ijod qilib, 0 ‘zbekiston tasviriy san’atiga munosib hissa qo‘shdi. Toshkent badiiy bilim yurtini tamomlagan rassomlardan biri Latif Nasriddinovdir (1913-1943). Rassom xilma-xil janrlarda asarlar

Miniatyura lotin. Minium-kinovar qizil bo‘yoq- nafis ishlangan kichik hajmli tasviriy san’at asarlari: q oi yozma kitoblarga ishlangan surat, manzara, grafík tasvirlar; emal, guash, akvarel va boshqa bilan ishlangan kichik portret, suratlar. Markziy Osiyo, jumladan 0 ‘zbekiston hududida ham qoiyozma kitoblarga ishlangan tasvirlar qadimdan bor. Miniatyura san’ati X-XI asrlarda rivoj topgan. Sharafíddin ali Yazdiyning «Zafarnoma»si hamda «Shayboniynoma», «Fatixnoma», «Tarixi Abulhayron» kabi tarixiy asarlar katta mahorat bilan miniatyurada bezatilgan. Hirot miniatyura maktabi, Tabriz miniatyura maktabi, Isfaxon miniatyura maktabi, Buxoro miniatyura maktabi, Hindiston miniatyura maktablari mavjud boigan. Rossiyada Mstera, Palex, Fedoskino, Xoluy miniatyura maktablari vujudga kelgan.




Sharq miniatyura maktablarining rivojlanishi va ularning uslublari. 0 ‘rta Osiyo, Eron, Hind, Misr miniatyurasi. Kitoblarga bezak ishlash maktabi (K.Behzod). Samarqand, Shoxruxiya, Buxoro maktablari. 0 ‘zbekistonda tasviriy san’atni o'qitilishiga doir dastlabki ma’lumotlar. 0 ‘zbekis-tonda XX asr boshlarida tasviriy san’atni o‘qitilishi va shakllanishi. Tasviriy san’at o‘qituvchilarini o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanishi. 0 ‘zbekiston hududida eramizdan avval ham tasviriy san’atning rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik turlari nihoyatda rivojlangan bo‘lib, ularning namunalari Varaxsha, Afrasiyob, Qalchayon, Tuproq qal’a, Bolalik tepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, Fayoz tepa, Qo‘yqirilgan qal’a, Ajina tepa, Teshik qal’a va boshqa bir qator joylardan topilgan. Bu asarlar eramizdan avvalgi IV-I asrlarda yaratilgan bo‘lib, ulaming yoshi 5-6 ming yilga to‘g‘ri keladi. Bu asarlaming badiiyligi hozirgi zamon rassomlari va haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday yuksak badiiy saviyadagi asarlami o‘sha davrda to‘plangan ilg‘or tajriba, tasviriy san’at maktablarisiz yaratish mumkin emas. Ma’lumki, san’at bir necha avlodning ko‘p yillar davomida shakllangan an’analari, ustaning shogirdga o‘tkazgan bilimlari asosidagina taraqqiy topadi. Bu esa so‘zsiz umumiy badiiy ta’lim yo‘nalishida bo‘lmasa ham, kasbiy badiiy ta’lim shaklida rivojlanganligidan dalolat beradi. Ma’lum davrlarda 0 ‘zbekiston hududidagi san’at taraqqiyotida uzilishlar ro‘y berganligining sabablari, Iskandar Zulqaynar, mo‘g‘illar, arab, rus istilollariga borib taqaladi. Amir Temur mustaqil davlat tuzgan davrda tasviriy san’atning miniatyura turini gullab-yashnagani ham buning yaqqol dalilidir. Amir Temur davrida miniatyura va kitob grafikasi shunchalik tez rivojlandiki, u nafaqat Sharq, hattoki Yevropa mamlakatlari san’atiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, Samarqand, Buxoro, Hirot miniatyura maktablari bilan bir qatorda Bag‘dod, Tabriz, Sheroz, Ozarbayjon, Hind, Isfaxon, Turk miniatyura maktablari ham shakllandi va rivojlandi. Mazkur miniatyura maktablarida, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tayyorlangan dasturlarida san’atshunoslik asoslari, rangtasvir va qalamtasvir ishlash, naturaga qarab tasvirlash, borliqni idrok etish bo‘limlari mavjud bo'lib, kasbiy badiiy va umumiy badiiy ta’lim tizimlari o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘yib boimaydi. Tasviriy san’atning nazariy asoslari hisoblangan rang, hajm, perspektiva, kompozitsiya asoslari kabilar, ham kasbiy, ham umumiy ta’lim tizimida o‘rganiladi. Faqat tasviriy san’atni o‘qitilishida talaba va bolalaming yoshlari, idroki, psixologik xususiyatlari, tasviriy malakalari hisobga olinishi lozim, xolos. Tasviriy san’at tarixida buyuk naqqosh va musawir Kamoliddin Behzodga Hirotlik Mirak naqqosh ustozlik qilgani, unga miniatyura rangtasviri sirlarini o'rgatgani haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, ustoz Mirak naqqoshning Hirot «Nigoristoni» (San’at akademiyasi) bo‘lganligi va unda Kamoliddin Behzod tarbiya olganligi ham ma’lum. Professor Orif Usmonov o‘zining «Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi» nomli kitobida Behzod Tabrizda yashagan vaqtda nafis tasviriy san’at maktabini yaratganini qayd qiladi. U yerda musawir o‘z atrofiga eng iste’dodli yoshlami to‘plagani, ularga san’atining sirasrorlarini o‘rgatgani va Tabrizda Sulton Muhammad, Mirzo Amir, Oqo Mirak, Muzaffar Ali, Sulton Muhammad Nur, Shomuhammad Nishopuriy, Yusuf Mullo, Mir Ali, Rizo Abbosiy, Mahmud Muzahhib, Mavlono Yoriy, Hasan Bag'dodiy, Abdulla Sheroziy, Darvesh Muhammad, Mir Said Ali, Qosim Ali singari o‘nlab iste’dodli musawirlarni tarbiyalaganligini yozadi. Uning shogirdlari Behzodning tasviriy san’at uslubini davom ettirganlari ham rasmiy ma’lumotlardan ayon. 0 ‘zbekistonda hozirgi zamon ta’lim tizimining paydo bo'lishi XX asming birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Bir guruh fan va madaniyat vakillari Sankt-Peterburg va Moskvalik rassomlar Turkistonga yuboriladi. Bu rassomlar Turkistonning yirik shaharlarida badiiy studiyalar tashkil etdilar, o‘z asariarining ko‘rgazmalarini o‘tkazdilar. 1918-yilda Toshkentda badiiy kommuna ochiladi, bir yildan keyin Samarqandda Turkiston o‘lka badiiy xalq maktabi ishga tushadi. 1920- yilda Andijonda rangtasvir maktabi, yangi Buxoroda san’at to‘garagi tashkil etildi, musulmonlar uchun tasviriy san’at kurslari ochildi. Bir yildan so‘ng respublikada badiiy maktab va studiyalar soni 29 taga yetdi va unda shug‘ullanuvchilar soni 500 kishidan oshib ketdi. 1921-yili ochilgan badiiy politexnikumda 170 o‘quvchidan 150 tasi o‘zbeklar edi. 1924-yilda Toshkent tasviriy san’at muzeyi qoshida badiiy studiya ochildi. Unda M.Kupriyanov (Mashhur Kukrinikslar gumhidan), S.Chuykov, mahalliy yosh rassomlardan 0 ‘. Tansiqboyevlar yoshlar bilan mashg‘ulotlar olib bordilar. 1927-yilga kelib, Toshkent va 1929-yilda 0 ‘zbekiston poytaxti hisoblangan Samarqandda badiiy bilim yurti tashkil etildi. Bu bilim yurtlariga ko‘proq mahalliy yoshlar qabul qilindi. Bu bilim yurtlarining asosiy maqsadi rassomlar tayyorlash bo‘lsa-da, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘qituvchilar tayyorlash borasida ham ma’lum rol o‘ynadi. Shu bilan birga ta’lim tizimida estetik va badiiy ta’lim masalalariga ham e’tibor qaratila boshlandi. Natijada maktab dasturlari qayta ko‘rib chiqildi. Rasm darslarining asosini naturaga qarab rasm ishlash, mavzu asosida rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash, san’at haqida suhbat o‘tkazish mashg‘ulotlari tashkil etdi. Bu dasturlarda o‘lkashunoslik materiallari ko‘p bo‘lmasada, har qalay o‘z aksini topdi, eng muhimi bu dasturda darsdagi o‘qituvchining yetakchilik roli katta ekanligi belgilab qo‘yildi. 1924-yilga kelib, maktab o‘quv rejalarida rasm darslari o‘z o‘rnini topmagan bo‘lsa-da, ayrim rassomlar bolalar tasviriy ijodini rivojlantirishga harakat qildilai'. Ana shunday iqtidorli yosh grafik rassomlardan biri Iskandar Ikromov edi. U 1925-yilda «Maorif va o'qituvchi», keyin «Alanga» jumallarida rasm chizishga doir maqolalar e’lon qildi. 1932-yilga kelib, uning «Rasm chizishni o‘rganish qo‘llanmasi», 1933-yilda esa «Kitob va jurnallar qanday nashr etiladi» albomi nashr etildi. 1935-yilda rassomning «Harf yozishni o‘rgan» kitobi ham chop etildi. Bu maqola va kitoblar yagona mehnat va politexnika maktablari talablari asosida yaratilgan «Rasm» predmeti dasturlariga mos edi. Mazkur ishlar faqat umumiy ta’lim maktablari uchungina emas, balki tasviriy san’at studiyalai'i, klublar, havaskorlik to‘garaklari, grafikani mustaqil o'rganuvchilar uchun ham ahamiyatli bo‘ldi. 1920-yügi o‘quv rejalaiida san’atga doir o‘quv predmetlariga tegishli o‘rin ajratilmagan bo‘lsa-da, 1929-yilga kelib, bu kamchilik bartaraf etila boshlandi. Maktablarda maxsus rasm o‘quv predmetlari o‘qitila boshlandi. Lekin 0 ‘zbekiston maktablari Rossiya maktablari uchun yaratilgan dasturlar asosida ishlay boshladi. Bu dasturlar ma’lum miqdorda 0 ‘zbekiston sharoitiga moslab lokalizatsiyalashgan edi. Shu munosabat bilan 0 ‘zbekiston xalq morifi kommisarligi tegishli joylarga yuborilgan xatida shunday deyilgan edi: «Majmuaning maqsadi unga tegishli material mazmuni, majmua bilan ishlash metodlari lokalizatsiya qilinadi. 0 ‘qituvchi oldindan o‘lkashunoslik materiallarini to‘plab oigan holda, o‘z tumani hayotiga oid eng xarakterli jihatlami dasturga kiritadi».

Tasviriy san’at darslarida sharq miniatyurasiga oid mavzularining o’qitilishi



Tariximiz va madaniyatimizni ifoda etadigan moddiy va madaniy boyliklarimiz muhim tarbiya vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy-mфa’naviy boyliklar bitmas-tuganmas xazina, yoshlar ongiga singdiriladigan, ularni barkamol avlod qilib tarbiyalaydigan bebaho omillardir. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek “Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros , madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qladi” degan so’zlari boy merosimizga qanday munosabatda bo’lish kerakligini ko’rsatib beradi. Kelgusida farzandlarimiz, ozod va obod vatanimizning yuksak ma’naviyatli, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini avaylaydigan, tariximizni ulug’laydigan, barkamol shaxslar bo’lib yetishishlari darkor. Kelajak avlodimiz ma’naviyati va tafakkurini yuksaltirishda tasviriy san’at fanining o’rni beqiyosdir. Tasviriy san’at ta’limida Amir Temur va temuriylar davridagi yaratilgan mo’jaz rang tasvir namunalari hozirgi kun zamonaviy miniatyura san’atining zamini hisoblanadi. Ma’lumki, Amir Temur о’z davrida Samarqandni ulkan bir madaniyat markaziga aylantirdi. Shuningdek, tasviriy san’at ham buyuk bobomiz sohibqiron Amir Temur davrida taraqqiy etgan. Amir Temurgacha bо’lgan davrdagi tasviriy san’atning mahalliy ilg’or vakillari monuviylikka borib taqaladi. U davrda Samarqand hozirgi Afrosiyob xarobalari о’rnida bо’lgan, mo’g’il bosqinchilaridan sо’ng u yerda yashayotgan xalq, jumladan, ijodkorlar ham Samarqandning temuriylar davridagi о’rniga kо’chganligi ma’lum. Qadimgi Afrosiyob madaniy aloqalari, xususan, Temur davridagi tashqi aloqalar va san’at vakillarining bir joyga tо’planishi natijasida Samarqandda sharqona tasviriy san’at maktabi shakllandi. Amir Temur davrida yashagan va ijod qilgan tasviriy san’at ustalaridan mashhur ustod Gung sohibqiron davri tasviriy san’at maktabining asoschisi 2 bо’lgan. Amir Temur davridagi muasvvirlardan buxorolik ustod Jahongir, bag’dodlik Abdulxay va ustod Shamsiddin, tabrizlik Pir Said Ahmad, samarqandlik Ahmad Bog’ishamoliy, Shox Muhammad Tamimiy va boshqa tasviriy san’at vakillarining Samarqanddagi ijodiy faoliyatini qayd qilish mumkin. Temuriylar davrida mahobatli rangtasvir tarqqiy etgan bо’lib, Ulug’bek rasadxonasining devorlariga olamni aks ettiruvchi suratlar tasvirlangan. Temuriylar davrida sharqona miniatyura san’atining bir qancha maktablari va uning buyuk ijodkorlari yuzaga keldi. Natijada temuriylar davrida shakllangan nafis tasviriy san’atning dovrug’i jahonga yoyildi. Miniatyura san’ati haqida fikr yuritar ekanmiz, XIX asr boshlarigacha “miniatyura” iborasi ishlatilmagan.Miniatyuru sо’zi fransuzcha-“miniature”, lotincha-“minium” sо’zlaridan olingan bо’lib, qizil bо’yoq degan ma’noni bildiradi. Miniatyura- badiiy usullari о’ta nafis bо’lgan kichik hajmli mо’jaz tasviriy san’at asarlaridir.O’rta asr qо’lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mо’jaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, toshqog’oz, metall, chinni, ba’zan rangtasvirga ham miniatyura, ya’ni, lokli miniatyura atamasi qо’llaniladi. Miniatuyura san’ati uch о’lchamli tо’g’ri perespektivaga asoslangan tasviriy san’atdan farq qilib, bir tekislik yuzasida tasvirlanshi yoki teskari perespiktiva qonuniyatlariga amal qilinganligi uchun о’ziga xos mо’jizali sirlari bilan ajarilib turadi. O’rta asrlarda Sharqminiatyura san’atining o’ziga xos maktablari shakllangan. Miniatyura qo’lyozma kitoblarning mo’jaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida XII –XIX asrlarda Sharqda keng tarqalgan. Buyuk mussavir sifatida Moniydan so’ng, Junayid Bag’dodiy, Hoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, G’iyosiddin Naqqosh, Kamolliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Basavan, Rizoyi Abbosiy va boshqalarning nomlari mashhurdir. Temuriylar davrida alohida varaqlarga miniatyura ishlash va ulardan muraqqa tuzish an’anaga aylangan. Amir Temur davrida Samarqandda shakllangan tasviriy san’at maktabi an’analari Hirot orqali jahon xalqlari madaniyatiga qо’shgan hissasi alohida e’tiborga molikdir. Bu borada tasviriy san’atimiz tarixida o’zining noyob namunalari va ajoyib san’at vakillarini yuzaga keltirgan Hirot ,,Nigoriston” (nafis san’at akademiyasi) maktabi jahon tasviriy san’ati maktablari ichida oldingi saflarda turadi.Aynan shu maktabda, Kamoliddin Behzoddek buyuk musavvir ijodiyoti shakllangan.K.Behzodning hayoti va ijodi Sharq xalqlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari madniyatida muhim ahamiyat kasb etadi. U o’z ijodi davomida Sulton Muhammad, Qosim Ali, Darvish Ustod Muhammadiy, Muzaffar Ali, Yusuf Mulla, Rustam Ali, Shayxzoda Xurosoniy, Shoh Muzaffar, Mirsaid Ali, Mahmud Muzahhib kabi ko’plab shogirdlar tayorladi. Kamoliddin Behzod ijodi Hirot, Tabriz, Buxoro, Samarqand, Sheroz, Isfahon, Istambul, Hindiston mo’jaz rang tasvir san’ati maktablari rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Kamoliddin Behzod ijodini Sharq va G’arbda birdek yuksak baholaydilar. Kamoliddin Behzod ijodi XV-XVI asrlarda Movarounnahr madaniy hayoti uchun ahamiyatli bo’libgina qolmay, balki butun Sharq, hattoki Yevropada kitob grafikasining rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Behzodning hayoti va ijodi ta’sirida XV-XVI asrlarda MarkaziyOsiyo ( Movaraunnahrda) tasviriy san’atda keskin burilish ro’y berdi. Olim va san’atkorlar bu hodisani san’at tarixida ,,Uyg’onish “ (Renessans) davri deb atadilar. Behzodning asarlari yuksak qadrlanib, AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya, Eron, Fransiya, Germaniya, Misr kabi qator mamlakatlarning kutubxonalarida avaylab saqlanmoqda. Toshkentda milliy rassomlik va dizayn institutiga Kamoliddin Behzod nomi berilgan. Toshkentda Kamoliddin Behzod hayoti va ijodiga bag’ishlangan alohida muzey tashkil etilgan. K. Behzod ijodi hozirgi kun zamonaviy O’zbekiston miniatyurasida asosiy zamin vazifasini o’taydi.Yurtimiz mustaqillikka erishgach O’zbekiston miniatyura san’ati yanada rivojlandi, bu sohada ko’plab musavvirlar yetishib chiqdi va yoshlarga mumtoz tasviriy san’at sirlarini o’rgatib kelmoqdalar. Miniatyura sanati yo’nalishida ijod qilayotgan yosh istedodlarimiz ham yuqori natiijalarga erishmoqdalar.Respublika rassomlik kollejinig lok miniatyura bo’limi oquvchisi Gulhayo Abdullayeva o’z ijodiy ishlari bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’ldi va K. Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutiga imtiyozli qabul qilindi. Mumtoz tasviriy san’atimiz hozirgi kunda qanchalik qadrlanayotganligi, buning uchun esa yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilganligini O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan o’tkazilayotgan

tadbirlarda namoyon bo’lmoqda.

Xullas, buyuk ajdodlarimizdan yetib kelgan ma'naviy meros, ko'hna tarixiy

yodgorliklar, ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar sifatida biz

tarbiyalayotgan yoshlarni ma'naviy jihatdan, ayniqsa, estetitik jihatdan

tarbiyalashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Tasviriy sanat fanidan davlat ta’lim standartida 6-sinf II choragida

o’quvchilar Sharq miniatyura san’ati haqida quyidagi bilim, ko’nikmava

malakalarni egallashi zarur.

San’atshunoslik asoslari:

 Sharq miniatyura san’ati tarixi;

 sharq miniatyura san’atining yirik namoyondalari (Mirak Naqqosh,

Kamoliddin Behzod, Murod Muhammad Samarqandiy);

 sharq miniatyura san’ati rivojlanishi markazlari (Samarqand, Hirot,

Tabriz)

 miniatyura san’ati namunalari(Dehlaviviy, Firdavsiy, Nizomiy,

Navoiy, Bobur, Sharafiddin Ali Yazdiy asarlari misolida), ular saqlanadigan yirik

muzeylar (Nyu-york-metropoliten muzeyi, Parij – Fransiya milliy kutubxonasi,

London – Britaniya muzeyi, Sankt-Peterburg – Ermitaj, Hindiston, Turkiya muzeyi

va kutubxonalari, Toshkent Sharqshunoslik kutubxonasi va hakozo).

 miniatyurada sintetik jarayonlar(syujetli kompozitsiyalar, naqqoshlik,

xattotlik vaboshqalar;

 O’zbekiston zamonaviy miniatyurasi rassomlari (SH.

Muhammadjnov, N. Xolmatov, N. Nazarov, A. Tursunov, Sh.Shoyoqubov,



D.Po’latova ba boshqalar);

Kompozitsion (ijodiy) faoliyat: O’zbek xalq ertaklari syujetlari asosida miniatyura usulida illyustratsiya ishlash; Sharq mumtoz adabiyot syujetlari asosida miniatyura usulida mustaqil kompozitsiya ishlash; shkatulka va biror buyumga miniatyura kompozitsiyasini ishlash. Sharq miniatyura asarlari namunalarining elementlaridan nusxa ko’rirish. 6 - sinf II choragida sharq miniatyurasi san’atiga 7 soat ajratilgan bo’lib, 1 soati san’atshunoslik mashg’ulotidir. 6 soati kompozitsion (ijodiy) mashg’ulot. Tasviriy san’at darslarida nazariy mashg’ulotlar amaliy ishlar bilan mustahkam aloqada olib boriladi. Xususan, sharq miniatyurasi san’ati yuzasidan suhbat o’tkazilib, sharq miniatyura asarlari namunalari bilan tanishgandan so’ng bolalar miniatyura usulida kompozitsiya ishlay olishlari, buning uchun esa, miniatyura san’ati asarlari namunalarining elementlaridan nusxa ko’chrib, miniayura usulida rasm ishlash ko’nikmalarini hosil qilishlari kerak bo’ladi Miniatyura elementlari gul, o’simliklar, daraxt, bulut, qum barxanlari, tog’, tuya, ot, kiyik, sozanda, darvesh, ovchi, yo’lovch, musiqa asboblari, jang qurollari (14-15 asrga oid) va hakozolardan iborat va o’quvchilar ulardan nusxa ko’chiradilar. Natijada o’quvchilarda asta sekin miniatyura usulida rasm ishlash ko’nikmalari hosil bo’ladi. Sharq miniatyura san’ati asarlari namunalaridan nusxa ko’chirish mashgulotida elementlar bir nechta nusxada ko’paytirilgan va lominad qilingan tarqatma materiallardan foydalangan ma’qul. Miniatyura san’ati mo’jaz rang tasvir turi bo’lganligi uchun, nusxa kochirishda ham kichik hajmda, masalan rasm daftar varag’iga 4 ta nusxa chizishlari ham mumkin. O’quvchilar nusxa ko’chirishda nimalarga e’tibor berishi kerak? Chiziladigan rasmni obdon kuzatish, tahlil qilish, masalan usimliklar,daraxtlar, ularning nomlari va qayerda o’sishi, shakli va rangi, tabiiy holatdagi ko’rinishi, qush va hayvonlar ko’rinishlari, tuyalar, ularning saxroda yurishlari, tog’,suv,bulutlarning miniatyura usulida ishlanishi, sozanda, darvesh, ovchikabi syujetlar ishlanganda, ularning ko’rinishlari, liboslari,xarakatlari, yuz mimikalariga e’tibor berish,tahlil qila olishlari muhim ahamiyatga ega. Sharq miniatyurasi asarlari namunalari elementlaridan nusxa ko’chirishda kichik guruhlarga bo’linib ishlash darsning tartibli va mazmunli o’tishiga zamin yaratadi. Kichik guruhlarga bo’linganda o’quvchilar bir-birlari bilan yaqin muloqatda bo’lib, miniatyura san’ati elementlari haqida fikr almashadilar. O’zbek xalq ertaklari va Sharq mumtoz adabiyoti syujeti asosida miniatyura usulida kompozitsiya ishlash. Kompozitsiya atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, tuzilish, birlashish ma’nolarini anglatadi. Asarning kompozitsion tuzilishi ijodkor g’oyasini tomoshabinga aniq oson, tezetib borishiga xizmat qiladi. Kompoitsion faoliyat o’quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatni, o’z fikr va taassurotlarni rasmda obrazli qilib tasvirlash, hamda badiiy didni o’stirishni maqsad qilib qo’yadi. Kompozitsion faoliyat o’z mazmuniga ko’ra uch qismga bo’linadi. 1. Rangtasvir kompozitsiyasi. 2. Dekorativ kompozitsiyasi. 3. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi. Miniatyura usulida kompozitsiya ishlash rangtasvir kompozitsiyasi qismiga kiradi. Miniatyura usulida kompozitsiya ishlash o’ziga xos bo’lib 3 o’lchamli rangtasvir kompozitsiyasidan farq qilib, ya’ni 2 o’lchamlidir. Miniatyura kompoitsiyasida perspektiva, soya yorug’, qoidalariga amal qilinmaydi. Miniatyura- kompozitsiyasida mussavvirlarning asosiy qoidasi milliylikni tasvirlash, turmushni bilish, inson qalbiningnafis musiqiy, ba’zan esa sirli tebranishni ko’rsatish. Miniatyura usulida kompozitsiya ishlashda mavzu tanlab ezkizlar ishlanadi. Albatda kompozitsiya ishlashda miniatyura asarlari reproduksiyalarini kuzatish, tahlil qilishdan tashqari tevarak atrofni kuzatish, tabiat hodisalari vavoqelarni kuzatish katta ahamiyatga ega. O’quvchilar tanlangan mavzuga ko’ra, uning elmentlarini qog’oz yuzasida bir-biriga bog’liq holda joylashtirish, yaxlit kompozitsiyanihosil qilish, mavzu mazmuniga mos keladigan kompozitsiyanitopish uchun bir nechta ezkizlar ishlaydilar. Har qanday kompozitsiya ishlash qat’iy ketma-ketlik asosida bo’ladi. Xususan, 1. Mavzu tanlash. 2. Mavzu yuzasidan mazmun tanlash. 3.Tanlangan mazmunning dastlabki kichik o’lchovli ezkizini aks ettirish. 4. Kompozitsiya qoralama tasvirini, ranglamalarini ishlash. Bu ishlar darsdan tashqari vaqtlarda ham ishlanishi mumkin. 5. Kompozitsiya ezkizi tayyor bo’lgach, uni aniq o’lchamli qog’ozda chiziqli tasvirini ishlash. 6. Bo’yoqda ishlash bosqichlari amalga oshiriladi. Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlariga ko’pincha 2-3 soat ajratiladi ularning birinchi soatida mavzu, mazmun aniqlanadi, material to’planadi, ishchi ezkiz tayyorlanadi, chiziqli rasm ishlanadi. Mashg’ulotning ikkinchi soatida esa chizilgan rasmni bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Bolalar o’z rasmlarini tezroq bo’yab tugallashga juda qiziqishadi, buning oqibatida ularning rasmlari kompozitsion jihatdan bo’sh va chla bo’lib qoladi. Oquvchilarning fikrlarini boyitish va harakatlarini qullab quvvatlash maqsadida yordamchi ko’rgazmali materiallar faqat darsning boshlanish qismida emas, bolalarning mustaqil ishlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Bu rasmlar miniatyura sanatiga oid reproduksiyalar, namunali ishlangan miniatyura kompozitsiyalari bo’lishi mumkin. Miniatyura usulida bolalar o’zbek xalq ertaklariga, yoki mumtoz adabiyot usulida mustaqil kompozitsiya ishlashlari mumkin. Albatda buning uchun bolalar o’zbek xalq ertaklari va mumtoz adabiyotlaridan ma’lum darajada bilimga ega bo’lishlari va o’zlariga yoqgan asar mazmuniga mos rasm ishlay olishlari kerak bo’ladi. Miniatyura san’ati elementlarini o’quvchilar rasm daftarga yoki alohida formatlarga ishlashlari mumkin. Miniatyura kompozitsiyasini esa alohidaformatga ishlash ma’qul keladi, o’lcamini o’quvchilar o’zlari tanlashlari yoki o’qituvchi tavsiyasi bilan belgilab olishlari mumkin. Miniatyura chizishda tayyor fon berilgan karton yoki qog’ozlarga (kul rang, malla tusda) ham kompozitsiyalar ishlashlari mumkin. Bundan tashqari oddiy yozuv daftarlarining rangli muqovalaridan ham miniatyura chizishda foydalanish, ishning sifatli va vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi. Sharq miniatyurasi mavzusini mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi tezkor savollarni berish mumkin. 1. K. Behzodning uztozi kim? 2. K. Behzodga kim rahnomolik qilgan? 3. Buyuk musavvir K. Behzod qaysi sharq muafakkirlari asarlariga miniatyuralar ishlagan? 4. K. Behzod va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan miniatyura asarlari qaysi shaharlarda yaratiladi? 5. K. Behzodning 545 yilligi nechanchi yilda nishonlandi? 6. Yevropalik san’atshunoslar K. Behzodga qanday nom berishgan? 7. Samarqandning qadimiy nomi nima? 8. Kichik hajmli badiiy asar? 9. Zafarnoma asari muallif kim? 10. 1404- yildaSamarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elhsi? 11. Amir Temur portretini yaragan oz’bek xalq rassomi? 12. Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi o’lkaning o’rta asr nomi? 13. AQShdagi kolleksionerlar qulidagi K. Behzod asari? 14. Nizomiyning ,,Xamsa’’ qulyozma asari qaysi muzeyda saqlanadi? 15. K. Behzod tahsil olgan Hirotdagi nafis san’at maktabi?
Download 31,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish