Ma’ruza matni



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/268
Sana08.06.2022
Hajmi3,17 Mb.
#642936
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   268
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.

MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 
19 
dolzarb, jismoniy, psixik rivojlanishi va takomillashish maqsadiga xizmat qilishi, yaqin rivojlanish 
zonasini ta‘minlashi kerak. 
Bola shaxsi rivojlanishining turli bosqichlarida ma‘lumot olish muhitini kerakli turli mavzular 
majmui, materiallar xilma-xilligini ta‘minlash kerak. Maktabgacha muassasalarni predmet-o‘yin 
muhitini zamonaviy, arxaik (qadimgi) va etnik (O‘zbekistonda yashovchi turli etnik guruhlarga 
tegishli) o‘yinchoqlar bilan ta‘minlashni ko‘zda tutish kerak. Birinchisi bola psixikasini 
umuminsoniy sifatlarini saqlash va qayta tiklash uchun kerak, ikkinchisi esa madaniy-ahloqiy va 
estetik qadriyatlarni avloddan-avlodga saqlash uchun kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Bolani ijodiy rivojlanishi uchun katta zahira yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘lib, 
bular maktabgacha yosh davriga o‘yin orqali va ramziy-modellashtirish faoliyatining boshqa turlari 
orqali kirishi mumkin. Yangi axborot texnologiyalari bolada informatsion jamiyatdagi hayotga 
motivatsion, intellektual va operatsional (oldinlab boruvchi) tayyorlikni shakllantiradi.
Ta‘lim tizimining tuzilish birligi bo‘lib, psixologik va ijtimoiylar xizmatlar hisoblanadi. 
Psixologik xizmatning asosiy maqsadi – bolani to‘laqonli psixik va shaxsiy rivojlanishiga 
yordam beruvchi muhit bilan ta‘minlash. 
Ijtimoiy xizmat tevarak-atrofdagi muhit doirasida – ta‘lim muassasasida, oilada, bolalar 
uyushmalarida va boshqalarda bola shaxsini to‘laqonli ijtimoiylashuvi, rivojlanishi va tarbiyalash 
uchun xizmat qiladi.
Bolalar psixologi faoliyatining asosiy turlari: psixologik maorif, psixoprofilaktika faoliyati, 
psixologik tashxis, psixologik maslahat berish, rivojlantiruvchi va korreksion faoliyat. 
Ijtimoiy pedagog faoliyatining asosiy turlari – ijtimoiy ta‘lim bo‘yicha regional dasturlar 
tuzish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, bolalar haq-huquqlarini himoya qilish, bola 
rivojlanishi va tarbiyasida oilaga ijtimoiy-pedagogik qo‘llashni ta‘minlash, buni amalga oshirish 
uchun boshqa mutaxassislarni jalb etish, ijtimoiy xavf-xatarga moyil oilalar bilan ishlash, 
ijtimoiylashuvda qiyinchilik sezgan bolalarni, vasiylikka muhtojlarni hisobga olish, ekstremal 
vaziyatdagilarga ijtimoiy-pedagogik yordam berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va uni 
bolalar, ularning oilalarida qo‘llash, ijtimoiy-psixologik muammolarni yechishda boshqaruv 
organlari, ijtimoiy muassasalar bilan birgalikda harakat qilish. 
Maktabgacha ta‘limni isloh qilish (o‘zgartirish), boshqarish tizimida o‘zgartirish kiritishni 
talab qiladi. Qishloq, viloyat, shaharda region xususiyatlarini hisobga olgan holda haqiqiy 
vaziyatdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta‘lim muassasalarini boshqarishning turli 
o‘zgaruvchan shakllarini yaratish maqadga muvofiq. 
Maktabgacha muassasalar ishini qayta qurish muassasadagi o‘zgarishlar va ish mazmuni 
bilan bir qatorda yuqori turuvchi muassasalar bilan munosabatlardagi o‘zgarishlarni ham o‘z ichiga 
olishi kerak.
Maktabgacha muassasa mudir va pedagogik kengash bilan hamkorlikda boshqariladi. Bu 
kengash doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi, pedagogik xodimlarni o‘z-o‘zini boshqaruvchi kollegial 
organ bo‘lib hisoblanadi. 
Maktabgacha ta‘lim tizimini isloh etish pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda 
o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarda maxsus pedagogik 
ma‘lumotga ega bo‘lgan yoki pedagogik ma‘lumotga ega bo‘lib, qayta tayyorlashni o‘taganlar 
ishlashlari zarur. 
Maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyachisi mehnatining ijtimoiy ahamiyati, samaraliligi va 
obro‘si uning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Bu jarayonda kasbiy tayyorgarlikni differensiatsiya 
tamoyilini tatbiq etish alohida ahamiyatga ega. 



Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish