MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
18
Yuqorida qayd etilganlar shuni ko‘rsatadiki, shaxsiy yondashuvni
amalga oshirishda faqat
bola shaxsini yoki faqat pedagog shaxsini rivojlanishi emas, balki ta‘lim jarayonining bir butun
sub‘ektini rivojlanishi ko‘zda tutiladi. Yaxlit sub‘ektni rivojlanish ko‘rsatkichlari ma‘no (mazmun)
tizimi bo‘lib hisoblanadi: bola ongidagi shaxsiy fikrlar tizimi va pedagog shaxsining shaxsiy,
hayotiy mazmun va mazmunlar tuzilishi tizimi.
3. Maktabgacha ta‘lim tizimining tuzilish tavsifi
Maktabgacha ta‘lim tizimini isloh qilish – bu eng avvalo, maktabgacha muassasaga to‘g‘ri
keladigan tartib yaratishdir. Bundan kelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya muassasasiga bolalar
tarbiya va ta‘limiga davlat qo‘ygan talablarga javob beradigan muassasa deb qarash kerak.
Ota-onalar ehtiyojlariga mos holda ularga maktabgacha tarbiya muassasasini - turi, xili va
sohasiga qarab tanlash huquqiga egaligini ta‘minlash.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida turli maktabgacha
tarbiya muassasalar tizimi
tashkil etilgan:
turlari
bo‘yicha – maktabgacha muassasalar, ―maktabgacha ta‘lim muassasasi –
boshlang‘ich maktab‖ komplekslari, ―Mehribonlik‖ uylari, ―bolalar qishlog‘i‖;
xususiylik shakli
bo‘yicha – davlat va nodavlat; bolalar bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha: umumiy,
maxsus va
sanator.
Maktabgacha ta‘lim tizimi murakkab tuzilishga ega. Maktabgacha ta‘lim tuzilishi 2 tarkibga
ega – maktabgacha ta‘lim muassasalari va maktabgacha ta‘limni ishlashi va rivojlanishini
ta‘minlovchi xizmatlar.
Maktabgacha ta‘lim muammolariga qaratilgan asosiy halqa maktabgacha tarbiya muassasasi
bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda hududning asosiy muammolaridan biri guruhlarning to‘lish normalarini,
aholining turli maktabgacha muassasalarga bo‘lgan ehtiyojlarini, ekologik sharoitni hisobga olgan
holda qishloq, hudud va shaharlarda loyihalar bo‘yicha maktabgacha muassasalar qurish. Loyihalar
musiqa va jismoniy tarbiya zallari, tasviriy san‘at
studiyalari, basseynlar, o‘yin xonalari, har bir
guruh uchun alohida yotoqxona va o‘yin xonalari, o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida xojatxonalar,
tarbiyachilarga psixologik yordam xonalari qurishni ko‘zda tutishi lozim. Ma‘muriy xo‘jalik
xonalari
rejalashtirilganda, xodimlar ishlashi uchun qulay shart-sharoit yaratish kerak.
Yangi binolar qurish va eski binolarni ta‘mirlash individual loyihalar bo‘yicha amalga
oshirilganda maqsadga muvofiqdir. Bu binolarda 6ta guruhdan ko‘proq guruhlarni joylashtirish
mumkin emas. Bolalar uchun mo‘ljallangan xonalarda ularni turli faoliyati uchun qulaylik yaratish
kerak. Guruh xonalarini funksional o‘zgaruvchan jihozlar bilan jihozlash. Ular joylashishini
o‘zgartirish oson bo‘lib, guruh xonasini turli variantlar bo‘yicha fazoviy bezatish mumkin.
Maktabgacha ta‘lim muassasalari rivojlanuvchi predmetlar
muhitini tashkil qilishga, ya‘ni
bolaning ma‘naviy, jismoniy va psixik ko‘rinishi rivojlanish mazmunini funksional
modellashtiruvchi, bola faoliyatini material ob‘ekti tizimiga alohida e‘tibor qaratishi kerak.
Bolalikni rivojlantiruvchi predmet muhiti – bola shaxsi va faoliyati to‘liq rivojlanishini
ta‘minlovchi sharoitlar tizimidir. U bolaning to‘laqonli jismoniy, estetik,
bilish va ijtimoiy
rivojlanishi uchun zarur bir qator tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Ularga: tabiat muhiti va
ob‘ektlari, madaniy landshaftlar (ko‘rinishlar), jismoniy o‘yinlar va sog‘lomlashtiruvchi inshootlar,
predmet-o‘yin muhiti, bolalar kutubxonasi, o‘yingoh, videoteka, dizayn studiyasi, muzey, musiqa-
teatr muhiti, mashg‘ulotlarni predmet-rivojlantiruvchi muhiti, kompyuter o‘yingohlari kiradi.
Predmetli muhitga boshlang‘ich talab – uni rivojlantiruvchi xarakteridir. U o‘zining mazmun
va jihatlari orqali ob‘ektiv holda har bir bolaning ijodiy faoliyati uchun sharoit yaratishi kerak;