MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
15
1-Chizma
Didaktik tamoyillar
Ta‘lim vositalari
Ta‘lim bosqichlari
O‘zaro ta‘sir turlari
Didaktik tamoyillar:
faollik tamoyili bola xususiyatlarini bilish faoliyati sub‘ekti sifatida hisobga olishga
asoslanadi;
ko‘rgazmalilik tamoyili bolalar tomonidan tevarak olamni idrok etish xususiyatlariga
asoslanadi;
tushunarlilik tamoyili bolalar bilish faoliyatining rivojlanish qonuniyatlari bilan bog‘liq;
amalga oshiriluvchi tamoyil ta‘lim jarayonida bolalarning individual xususiyatlarini
inobatga olishni taxmin qiladi;
tizimlilik tamoyili bolaning tevarak-atrofni anglashi orqali muloqot darajasini hisobga olish
bilan bog‘liq.
Ta‘lim vositalari: nutqiy, faoliyatli, moddiy, texnik. Bosqichlari: tanishtiruvchi,
differensiatsiya, integratsiya.
O‘zaro ta‘sir turlari:
I-tur – emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifasi - emotsional-shaxsiy
munosabatlar tajribasi bilan almashish, kelgusi birgalikdagi faoliyat uchun emotsional kayfiyat va
motivatsiyani yaratish.
II-tur – ijodiy faoliyat tajribasini o‘zgartirish. O‘zaro ta‘sirning mazkur turi ta‘limning bilish
jihatini, ta‘lim maqsadini amalga oshirib, bolani individuallashtirishga qaratilgan.
III-tur – o‘quv vazifalarini yechish mumkin bo‘lgan vositalarni mustahkamlash uchun
faoliyat usullarini amalga oshirish tajribasi bilan almashish. O‘zaro ta‘sirning bu turi ta‘limning
psixologik jihatiga asoslanib, rivojlanuvchi maqsadni amalga oshiradi va bola shaxsi shakllanishiga
yordam beradi.
IV-tur – ta‘limning akmeologik jihatini amalga oshirish. Pedagog notanish sharoitlarda
yo‘nalish olishni yaratadi. O‘zaro ta‘sir mazkur turining vazifasi – mazmun va munosabatlarni
anglash jarayonida bola tomonidan tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsi fikrlash sohasida ―olam
obrazi‖ning, ya‘ni ―olamni bolalarcha ko‘rish‖ning shakllanishidan iborat.
Isloh qilingan ta‘lim texnologiyasini amalga oshiruvchi o‘zaro ta‘sirning 4 ta turi faqatgina
pedagog va bolalarning hamkorlikdagi faoliyat vositasi va xarakterini aniqlabgina qolmasdan, balki
bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirni ham belgilaydi. Bu esa shaxsiy faoliyat metodida asosiy manba
bo‘lib hisoblanadi.
Isloh qilingan ta‘lim texnologiyasining
uslubiy modeli
ta‘lim jarayonining yaxlit sub‘ekti
sifatida pedagog va bolalar fikrlarini shakllantirish va munosabatlarini boshqarishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak. Uslubiy model uslubiy tamoyillarni, vositalar, bosqichlar, metod va yo‘llarini o‘z
ichiga oladi (2-chizma).
2-Chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |