K. Yung freydning undan ajralib chiqqan birinchi o‗quvchilaridan biri bo‗lib
hisoblanadi. Ular o‗rtasidagi turli fikrlilikning paydo bo‗lishiga z. Freydning
panseksualizm g‗oyasi sabab bo‗ldi.
yung bo‗yicha, inson psixikasi uch daraja: ong, shaxsiy anglanmaganlik va
jamoaviy anglanmaganlikdan iborat. Inson shaxsi tuzilishida qadimgi o‗tgan
insoniyatdan qolgan xotiralardan hosil bo‗lgan jamoaviy
anglanmaganlik asosiy
o‗rinni egallaydi. Jamoaviy anglanmaganlik umumiylik xususiyatiga ega. U ham
o‗z navbatida turli darajalardan iborat. Bu milliy, irqiy va umuminsoniy meros
bilan belgilanadi. Eng chuqur daraja odamgacha bo‗lgan davrdan, ya‘ni, odamning
avlodi bo‗lgan hayvonlarning tajribasidan boshlanadi. Shunday qilib, yung ta‘rifiga
ko‗ra, jamoaviy anglanmaganlik – bu qadimgi ajdodlarimizning ongi bo‗lib, ular
o‗ylagan va his etgan, hayot va dunyo, xudolar va inson mavjudotlarini o‗rganish
vositalaridan iborat.
Jamoaviy anglanmaganlik ba‘zi odamlarda faqat tushlarida emas, balki, real
ijodkorlikda arxetiplar ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Masalan, ona arxetipi – bu
hissiyot va obraz mazmuniga ega bo‗lgan o‗z onasidan kelib chiqqan umumiy ona
g‗oyasi. Bola bu arxetipni tayyor ko‗rinishda irsiyat orqali oladi va shu asosda o‗z
onasining aniq obrazini yaratadi.
yung fikriga
ko‗ra, jamoaviy anglanmaganlikdan tashqari shaxsiy
anglanmaganlik ham mavjuddir, lekin u ongdan ajralmagan holatdadir. Shaxsiy
anglanmaganlik qachondir anglangan bo‗lib, keyinchalik yoddan chiqarilgan yoki
ongdan siqib chiqarilgan kechinmalardan iborat. Shaxsiy anglanmaganlikning
tuzilish birligini mulohazalar va xotiralar, tuyg‗ular qorishmasi, yig‗indisi tashkil
etadi.
Shuningdek, yung «men» tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha orqasiga
insonning yaxlitlikka va bir butunlikka intilishi yashiringan. Bu
orqali onglilik va
anglanmaganlik o‗rtasidagi mutanosiblikka erishiladi. «men» turlicha ifodalanishi
mumkin. Uning ifodalanishiga bog‗liq ravishda odamlarni ma‘lum tiplarga ajratish
mumkin. Yung insonning o‗ziga yoki ob‘ektga yo‗nalganligi asosida shaxs
tiplarining tasniflanishini keltiradi. Bunga muvofiq ravishda u barcha odamlarni
ekstravertlar va introvertlarga bo‗ladi.
freydning yana bir ustozidan uzoqlashgan mashhur o‗quvchilaridan
biri, individual psixologiyaning asoschisi – alfred adler hisoblanadi. U freydning
biologiyalashtirish nazariyasini keskin qoraladi. Adler, insonda asosiysi – uning
tabiiy ichki sezgilari emas, balki, o‗zi «umumiylik tuyg‗usi» deb nomlagan
ijtimoiy tuyg‗ulari ekanligini ta‘kidladi. Bu tuyg‗u tug‗ma bo‗lsada,
ijtimoiy
jihatdan rivojlantirilgan bo‗lishi zarur.
Bundan tashqari, adler freydning shaxsni uch bo‗lakka bo‗linishi haqidagi
fikriga qarshi chiqdi. Uning fikricha, shaxs tuzilishi bir butun bo‗lib, shaxs
taraqqiyotidagi bo‗linadigan qism bo‗lib, insonning ustunlikka intilishi
hisoblanadi. Lekin bu intilish har doim ham amalga oshavermaydi. Masalan, inson
tanasidagi organlarning nuqsonlari tufayli o‗zining mukammal emasligi tuyg‗usini
boshidan kechiradi, shuningdek, bu tuyg‗u bolalikdagi noqulay ijtimoiy sharoitlar
tufayli paydo bo‗lishi mumkin. Inson mukammal emaslik tuyg‗usini engish uchun
turli ko‗rinishdagi to‗ldiruvchilarni izlay boshlaydi. Masalan, adler
yuqori
to‗ldiruvchini ishlab chiqish imkoniyati haqida fikr yuritadi. Bu o‗zining
mukammal emasligiga qarshi reaksiyaning o‗ziga xos ko‗rinishidir. Yuqori
to‗ldiruvchanlikni ishlab chiqish malakasi, jismonan zaif va irodasiz odamlarning
matonat bilan faoliyat yuritishlariga sabab bo‗ladi. Bundan tashqari, yuqori
to‗ldiruvchanlikda adler ijodkorlik mexanizmi, faollikni ko‗radi. Misol tariqasida,
u napaleon shaxsiga izoh berishni yoqtirardi, va napaleonning sarkarda sifatidagi
alohida layoqatlarini, xususan, undagi kichik bo‗y o‗lchami tufayli yuzaga kelgan
mukammal
emaslik
tuyg‗usi
bilan
tushuntirib
berar
edi. Shunday
qilib, ko‗rganimizdek, mukammal emaslik tuyg‗usi o‗z tabiatiga ko‗ra tug‗ma
bo‗lgani uchun, adler freydning nazariy qarashlarini ijtimoiylashtirishga harakat
qilib ko‗rgan bo‗lsada, biologiyalashtirishdan to‗liq voz kecha olmadi.
z. Freydning izdoshlaridan biri karen xornining fikriga ko‗ra, inson
mohiyatining asosini, bolada tug‗ma bo‗lgan, xavotirlanish tuyg‗usida ko‗rish
mumkin ekan. Bu tuyg‗u, xorni fikricha, inson muntazam ravishda boshidan
kechiradigan dunyodagi qarama-qarshiliklar tuyg‗usi, va uni bartaraf etish istagi
inson harakatlari motivatsiyasining asosi bo‗lgan
xavotirlanishni yuzaga
keltirishidan hosil bo‗ladi.
Xornining ta‘kidlashi bo‗yicha, inson ikki tendensiya: xavfsizlikka intilish
va o‗z xohishlarini qondirishga intilish orqali boshqariladi. Bu ikkala intilish ko‗p
hollarda bir-birini inkor etadi, shunda inson hulq-atvorning ma‘lum usullarini
ishlab chiqqan holda, o‗zi so‗ndirishga harakat qiladigan asabiylashish holati
yuzaga keladi. Xorni hulq-atvorni to‗rt turga ajratdi: birinchi turida «muhabbatga
asabiy holatda intilish» hayotda xavfsizlikni ta‘minlash vositasi sifatida
ifodalanadi; ikkinchisi qandaydir ob‘ektiv
sabablar bilan emas, balki, odamlarga
nisbatan qo‗rqinch va dushmanlik bilan tushuntiriladigan «hokimiyatga asabiy
holatda
intilish» da
ifodalanadi; uchinchi turida hulq-atvor odamlardan
yakkalanishga intilishda ifodalanadi; to‗rtinchi turi o‗zning yordamga muhtojligini
(«asabiy tobelik») tan olishda ifodalanadi.
Xorni yo‗nalishlar sonini ko‗paytirishga harakat qildi, lekin, umumiy hisobda
uch turida to‗xtaldi: a) odamlarga intilish; b) odamlardan uzoqlashishga
intilish, mustaqillikka intilish; v) odamlarga qarshi harakat qilishga (tahdid)
intilish. Munosabatlarning bunday uch xil turiga mos ravishda Xorni shaxs asab
tizimining uch turini ajratadi: barqaror, bartaraf etilgan va tahdid soluvchi. Hulq-
atvorning bunday turlari sog‗lom insonlarga xosdir. Sog‗lom va nevrozga
chalingan odamlar o‗rtasidagi
farq shundan iboratki, nizoli tendensiyalari
o‗rtasidagi qarama-qarshilik sog‗lom odamda kasallikka chalingan odamga
nisbatan ancha kam darajada bo‗ladi.
SHunday qilib, Xorni Freyd ta‘limotining biologiyalashtirish mohiyatini
keskin tanqid ostiga olgan bo‗lsada, o‗zining asosiy holatidagi «dastlabki
xavotirlik» va «negizli xavotirlanish» haqidagi fikrlari bilan Freydni takrorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: