xayrixohlik va xush ko‗rmaslik majmuasidir;
hulq
-
atvor
tarkibiy qism – mayl
ob‘ektiga nisbatan ma‘lum tarzda harakat qilish, iroda kuchini amalga oshirishdir.
Psixologiya tarixida shaxsning psixologik mohiyati haqidagi tasavvurlarga
ko‗p marta o‗zgartirishlar kiritilgan. Avvalambor, shaxsni, aynan,
psixologik
tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog‗liq nazariy qiyinchiliklarni
bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni psixologik voqelik kabi tashkil
etuvchi tarkibiy qismlarni sanab o‗tish hisoblanadi. Bu holatda shaxs inson
psixikasining sifatlari,
xossalari, qirralari, o‗ziga xos xususiyatlarining to‗plami
sifatida maydonga keladi. Muammoga bunday yondoshish A.V. Petrovskiy
tomonidan «kolleksiya to‗plash» deb nomlangan, bunda shaxs o‗zida temperament,
xarakter, qiziqishlar, layoqatlar va h.k.larning qirralarini
mujassamlashtirgan
qandaydir kattalik, hajmga aylanadi.
XX asr 60-yillarining o‗rtalarida shaxs umumiy tuzilishini o‗rganish bilan
bog‗liq tadqiqotlar o‗tkazishga qaratilgan harakatlar boshlab yuborildi. Bu
yo‗nalishda
shaxsni
bioijtimoiy,
tartibli
tuzilish
sifatida
ta‘riflagan K.K. Aflotunovning yondoshuvi e‘tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini
quyidagilarga ajratadi:
1. Yo‗nalganlik (fikrlar,
dunyoqarash,
mayllar,
istaklar,
qiziqishlar,
moyilliklar, ideallar kabi shakllarni o‗z ichiga oladi). Bu tuzilish osti tarbiya yo‗li
bilan shakllanadi.
2. Tajriba (ta‘lim olishda shaxsiy tajriba vositasida orttirib bo‗lingan, lekin
shaxsning biologik va hatto, irsiy belgilangan xossalarining sezilarli ta‘siri
ostidagi
bilimlar, malakalar, ko‗nikmalar va odatlarni birlashtiradi).
3. Aks
ettirish
turli
shakllarining
individual
xususiyatlari (his
etish, idrok, xotira, tafakkur, hissiyotlar, tuyg‗ular, iroda).
4. Biopsixik xossalar o‗zida temperament xususiyatlari, shaxsning jins va
yosh xususiyatlari, patologik, organik o‗zgarishlarni birlashtiradi (7.1 jadval).
Bu to‗rt tarkibiy qismga yana ikki tarkibiy qism jamlanadi: mustaqil tarkibiy
qism bo‗lib hisoblanmaydigan shaxsning umumiy sifatlaridan iborat, asosiy
tarkibiy
qismlarning
har
birining
xususiyatlaridan
tashkil
topgan
xarakter va layoqatlar.
Bunday yondoshuvning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki,
shaxs
umumiy tuzilishi uning biologik va ijtimoiy belgi, xususiyatlarining yig‗indisi
sifatida izohlanar edi. Natijada shaxs psixologiyasida shaxsdagi ijtimoiy va
biologik xususiyatlar nisbati muammosi asosiy muammolardan biri bo‗lib
qoldi. Lekin, aslini olganda, biologik xususiyatlar inson shaxsi tarkibida ijtimoiyga
aylanadi.
XX asr 70-yillarning oxirida shaxs muammosiga tuzilishli yondoshuv
yo‗nalishi tizimli yondoshuvni qo‗llash tendensiyasi bilan almashindi. SHu
munosabat bilan A.N. Leontev g‗oyalari alohida e‘tiborga loyiq. Uning fikricha,
shaxs, - bu insonning jamiyatdagi hayoti natijasida
yuzaga keladigan alohida
turdagi psixologik hosila. Turli faoliyatlarning birgalikda bo‗ysunishi ontogenezda
shakllanadigan shaxsning asosini yaratadi. SHu o‗rinda, A.N. Leontev ko‗rsatib
o‗tganidek, shaxsga tegishli bo‗lmagan,
avvalambor,
irsiyat
tomonidan
belgilangan: tana
tuzilishi, asab tizimining
turi,
temperament, biologik
ehtiyojlarning o‗sish kuchi, affektivlik, tug‗ma layoqatlar kabi, shuningdek,
orttirilgan ko‗nikma, bilim va malakalar, hamda, – kasbiy belgilarni ta‘kidlab
o‗tish joiz. Uning fikricha, sanab o‗tilganlar, insonning individual xossalarini
tashkil etadi.
SHaxs avvalgi tajribalar bilan boyitilgan individ emas. Individ xususiyatlari
shaxs xususiyatlariga aylanmaydi.
A.N. Leontev tomonidan belgilab berilgan shaxs muammosini o‗rganishga
umumiy
yondoshuv A.V.
Petrovskiy va V.A.
Petrovskiylarning
ishlarida
rivojlantirildi. Ularning fikriga ko‗ra, shaxs hamkorlikdagi
faoliyatning har bir
ishtirokchisi o‗rtasida o‗rnatilgan mazmun-mohiyati, qadriyatlari vositasidagi
barqaror shaxslararo aloqalar tizimida o‗rganilishi mumkin.
Bayon etilganlar shaxsni faoliyat va muloqotda yuzaga keladigan individual
munosabatlarning (sub‘ekt – ob‘ekt – sub‘ektiv va sub‘ekt – sub‘ekt – ob‘ektiv)
barqaror tizimiga nisbatan sub‘ekt sifatida o‗rganish imkonini beradi. A.V.
Petrovskiy va V.A. Petrovskiylar shaxs tuzilishini individning «o‗ta sezgir» tizimli
xususiyati sifatida ko‗rib chiqadilar. SHaxsni sub‘ektiv munosabatlar tizimida
ko‗rib chiqib, individ shaxsiy turmush tarzining uch xildagi atributsiyasini (qo‗shib
yozish, belgilash) yoki shaxs tushunchasining uch xil nuqtai nazarini ajratadilar.
Ko‗rib
chiqishning
Do'stlaringiz bilan baham: