moslashuvchanlik
potensiali
kiradi. Maklakovning
nuqtai nazari bilan qaraganda, har
bir odam
shaxsiy moslashuvchanlik potensialiga, ya‘ni, ijtimoiy muhit sharoitlariga samarali
moslashish imkonini beruvchi ma‘lum psixologik xususiyatlar to‗plamiga
ega. Shaxsiy moslashuvchanlik potensialining rivojlanish darajasiga ko‗ra
inson
turli
vaziyatlarda
o‗z hulq-atvorini u
yoki
bu
darajada
samarali
shakllantiradi. Shunday ko‗ra, hulq-atvorning
muntazamliligi haqida emas,
balki
turli sharoitlarda mutanosib hulq-atvorni belgilovchi
qirralar doimiyligi haqida
so‗z yuritish lozim.