o‗zaro bog‗liq bo‗lgan o‗zgarishlarini e‘tiboriga
qabul qiluvchi bir qancha
konsepsiyalar
shakllandi.
Ushbu
taraqqiyot
konsepsiyalari
integratsiya
konsepsiyalariga kiradi.
Shunday konsepsiyalardan biri amerikalik ruhshunos olim e. Erikson
tomonidan ishlab chiqilgan nazariya hisoblanadi, u taraqqiyotga nisbatan o‗z
qarashlarida
epigenetik tamoyil
: inson o‗z shaxsiy taraqqiyotida tug‗ilishidan
boshlab, to so‗nggi kunlarigacha majburiy ravishda bosib o‗tadigan bosqichlarning
irsiy belgilanganligiga rioya qiladi. E.erikson har bir odamda muqarrar ravishda
ro‗y beradigan sakkiz xildagi hayotiy ruhiy inqirozlarni ajratib, ta‘riflab berdi:
1. Ishonch inqirozi – ishonchsizlik (hayotining birinchi yili davomida).
2. Gumonsirash va uyatchanlikka qarshi o‗laroq, o‗zini idora qilish (2-3
yoshlar atrofida).
3. Aybdorlik hissiga qarshi o‗laroq, tashabbuskorlikning paydo bo‗lishi
(taxminan uchdan olti yoshgacha).
4. Mukammal emaslik kompleksiga qarshi o‗laroq, mehnatsevarlik (7 dan 12
yoshgacha).
5. Individual g‗o‗rlik va konformizmga qarshi o‗laroq, shaxsiy yo‗nalishga
ega bo‗lish (12 dan 18 yoshgacha).
6. Shaxsiy ruhiy yakkalanishga qarshi o‗laroq,
samimiylik va
muloqotchanlik (20 yoshlar atrofida).
7. «o‗ziga g‗arq bo‗lish»ga qarshi o‗laroq, yangi avlod tarbiyasi haqida
qayg‗urish (30-60 yoshlar orasida).
8. Umidsizlanishga qarshi o‗laroq, bosib o‗tilgan hayot yo‗lidan mamnunlik
(60 yoshdan katta) (16.2 jadval).
Erikson konsepsiyasida shaxsning vujudga kelishi har bir bosqichda sodir
bo‗ladigan inson ichki olami va atrofdagi odamlar bilan munosabatlarining sifat
o‗zgarishlari almashinuvi tarzida tushuniladi. Buning
natijasida u shaxs sifatida
rivojlanishning, aynan, hozirgi bosqichiga tegishli bo‗lgan va butun umri davomida
saqlanib qoladigan yangi xususiyatlarga ega bo‗ladi. Bunda yangi shaxsiy qirralar,
erikson fikricha, faqat avvalgi rivojlanish asosida yuzaga keladi.
Inson shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishida ijobiy sifatlar bilan birga
kamchiliklarga ham ega bo‗ladi. Turli xildagi ijobiy va salbiy yangi hosilalarni
birgalikda yagona nazariyada izchil tarzda umuman tasavvur qilib bo‗lmaydi.
Shuning uchun erikson o‗z konsepsiyasida shaxs rivojlanishining faqat ikki keskin:
normal va anormal yo‗nalishlarni aks ettirdi. Hayotda ular sof ko‗rinishda deyarli
uchramaydi, lekin aniq chegaralangan qutblar
yordamida inson shaxsiyati
taraqqiyotining barcha oraliq turlarini tasavvur qilish mumkin.
Shaxs taraqqiyoti muammosini o‗rganishda mualliflar inson rivojlanishini
belgilab beruvchi sabablarni aniqlashga harakat qiladilar. Tadqiqotchilarning
ko‗pchiligi shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida turli
ko‗rinishdagi ehtiyojlar majmuasini tan oladilar. Bunday ehtiyojlar orasida o‗z-
o‗zini o‗stirishga bo‗lgan ehtiyoj asosiy o‗rinni egallaydi. O‗z-o‗zini o‗stirishga
bo‗lgan intilish qandaydir erishib bo‗lmaydigan etuklikka intilishni bildirmaydi.
Shaxsning aniq maqsad yoki ijtimoiy darajaga erishishga bo‗lgan intilishi o‗ta
muhimdir.
Shaxs taraqqiyotining umumiy muammolari qatorida o‗rganiladigan
masalalardan yana biri shaxsiy xossalarning barqarorlik
darajasi haqidagi masala
hisoblanadi. Ko‗pchilik shaxs nazariyalarining asosida shaxs ijtimoiy-psixologik
noyob hodisa sifatida o‗zining asosiy ifodalanishida hayotiy barqaror tuzilma
bo‗lib hisoblanishi haqidagi faraziy tushuncha yotadi. Aynan shaxs
xususiyatlarining barqarorlik darajasi harakatlarining ketma-ketligini va ma‘lum
hulq-atvorni
belgilaydi, uning harakatlariga qonuniylik xususiyatini beradi. Lekin
qator tadqiqotlar natijasida inson hulq-atvori anchayin o‗zgaruvchanligi aniqlandi.
Shuning uchun qonuniy ravishda inson shaxsi va hulq-atvorining barqarorligi
haqiqatdan ham nimada va qanchalik ifodalanishi haqidagi savol tug‗iladi.
Tadqiqotlarning natijalariga ko‗ra, tug‗ma anatomik va fiziologik
xususiyatlar, asab tizimi xossalari bilan bog‗liq bo‗lgan
shaxsning dinamik
xususiyatlari yuqori darajadagi barqarorlikka ega bo‗ladi. Ularga temperament,
emotsional reaktivlik,
ekstraversiya
– introversiya va boshqa ba‘zi bir
sifatlar kiradi. Shuningdek,
aniqlanishicha, shaxsning ham
barqaror,
ham
o‗zgaruvchan real hulq-atvori doimiy ijtimoiy vaziyatlarga bog‗liqdir.
«umumiy psixologiya» (2002 y.) Darsligining muallifi a.g. maklakovning
fikriga ko‗ra, inson barcha odamlarga xos bo‗lganligidan o‗ta barqaror hosilani
tashkil
etuvchi
shaxsning
qator
xususiyatlariga
egadir. Bular
integrativ xususiyatlardir, ularga
shaxsning
Do'stlaringiz bilan baham: