Arab-fransuz guruhi talabasi
Shamsiddinov Abdulaziz
Essey
Arab adabiyotining ijodiy metodlarga ko'ra tahlili.
Ijodiy metodlarni biz davrlarga bo’lib o’rganadigan bo’lsak, ular asrlar davomida turli bosqichlarni bosib otgan. Bunda davrlardagi ijtimoiy siyosiy munosabatlar, xalqning turmush tarzi va oziga xosligi kabi omillar sabab bòlgan.
Romantizm - Yevropa va Amеrika mamlakatlarida XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida ijodiy mеtod sifatida shakllangan. Dastavval shu bilan tavsiflanadiki, bu hayotni badiiy tadbiq etganda, uni sotsial konkrеtligi bilan korsatishga nisbatan hayot haqidagi konsеpsiyalarga tayanib ish tutadi.
Falastinlik yozuvchi G'asson Kanafaniyning yozish metodi bu deyarli bir mavzu Falastinlik musulmonlarning yahudiy sionistlarga qarshi kurashidir. "Biz qaytib kelgunimizcha” qissasi o‘z yeri va xotini uchun qasos olish maqsadida dushmanning chuqur ichkarisiga kirib kelgan bir partizan haqida hikoya qiladi. Uning haddan tashqari charchaganiga qaramay portlovchi moddalar ham ko'ziga ko'rinmaydi. Amaldor undan qancha vaqt shu holatda qolishini so'raganda, qahramon qat'iy javob beradi: Biz qaytib kelgunimizcha. Bu inqilobiy qalbdagi saboq va qaytishning ko'r umidi. Inson uzoq va mashaqqatli yo'ldan zerikmasligini faqat u xohlaydi.
Hikoya Negev sahrosida qum ustida yotgan Abu Hassan obrazi bilan boshlanadi. Hikoya reprospektetiv usulda ya'ni natija mavjud, bu natijaga olib kelish yo'llari asosida yozilgan. Bo'lib o'tgan voqealarga qayta nazar soladi. Ushbu hikoya G'asson Kanafaniyning boshqa hikoyalari kabi Falastin xalqini sionistlarga qarshi kurashi asosida yozilgan. Voqealar rivoji abstrakt holda qahramon o'y-hayollarida, ichki-kechinmalarida yuzaga keladi.
Yozuvchi hikoyasida tashbex san'atidan ham foydalangan: "Oyog‘ini mayin qumga kovlab, eski yog‘och bo‘lagi to‘g‘ri qurimagan yelimni sug‘urib olganidek, oyoqlarini sug‘urib oladi".
Metafora usulidan ham foydalangan, unda qahramonning burni komposga qiyoslanadi. "Uning burni hozir xuddi kompasdek ishladi va u maqsadiga yaqinlashayotganini his qildi, u o'zini o'zi hayratda qoldirdi".
Asarda hozirgi Isroil diyorlari falastinlik musulmonlarniki ekanligining g'oyasi ilgari surilgan. Falastin xalqining ularga qarshi mardonavor kurashi aks etgan.
Hikoyadagi konflikt turi inson-inson (sionistlarga qarshi falastinlik musulmonlar), inson-texnikaga esa qurolsiz jang qilgan musulmonlar hamda AQSH tomonidan qurollantirilgan yahudiylar jamoasi. Bu nomutanosiblik natijasida musulmonlar imkoniyatni boy bergan.
Misol qilib aytish mumkunki Jazoir yozuvchisi Abdulhamid Benhaduganing “Maxr narxi” romanini misol qilib olsak boladi. “Maxr narxi” romani xronologik sujetda yozilgan. Romanda Abdi degan bola Zulayha ismli qizga bolgan muhabbati bilan boshlanadi. Lekin Zulayhoning otasi ularni toyiga qarshi boladi, sababi Abdi kambag’al bolgani uchun. Shundan keyin Zulayho qancha ketma desa ham yigit maxrga pul yigib ishlash uchun fransiyaga ketadi. Oshanda Zulayha aytadiki, «bizning vatan yaxshi emasmi, shu yerda yashab pul topsayam boladiku?»deb, Abdi «qanaqa Vatan? Bizning vatanimiz yoqku» deganida Zulayho tushunmaydi, shu vatanda yashayapmizku? Nega unday dedi deb yosh bolgani uchun mustamlaka haqida unchalik tushunchasi yoq bolgani uchundir balki, tushunmaydi. Abdi Fransiyaga jonab, u yerda boshqalardan qarz olib yashab yuradi, keyinchalik og’ir ishlarda ishlab jigarini kasal qilib qoyadi. Shundan keyin kasalxonaga yotib qolib maxr pulini dostiga berib Zulayhani otasiga bergin deydi. Shunda dosti qizning otasiga shu maxr pulini beradi. Bu romanda fransuz mustamlakasida bolagan jazoir xalqining turmushi yoritib berilgan.
Realizm - voqelikni haqqoniy, obyеktiv va xuddi òziga òxshatib ifodalashni taqozo etuvchi ijobiy mеtod.
Bu yonalishda ijod qilgan Marokash yozuvchisi Muhammad Zefzaf ning «Tirik qolishga urinish» romanida ikkinchi jagon urushidan keyin Ispaniyaning Marokash davlatiga mustamlakasi va osha davrdagi xalqning hayoti – bir yosh Hamid ismli yigitning sarguzashtlari va kechinmalari orqali tasvirlanib yozilgan. Bu bola sharoit ogirligi tufayli yoshligidan otasiga yordamlashib, ozgina pulga kun korishadi, lekin keyinchalik otasi ishlamay qoyganda Hamid gazeta tarqatuvchisi bolib ishlashni boshlaydi. Oshanda ham bor topganlarini kop qismini shavqatsiz politsiya va komissarlar olib uning hayotini qiyinlashtiradi. Hamid shu adolatsizlikarni korib ham baribir odamlarning yaxshi bolishlariga ishonchi kabi o’y kechinmalari yozuvchining marokash yoshlariga qilingan chaqiruvi yoki umidi deb hisoblasak mubolag’a bolmaydi. Muhammad Zefzaf jamiyatni yemiruvchi omillar hisoblangan: prostitutsiya, korrupsiya, ishsizlik, odamlarning yerga urilishi, lavozimdagi odamlarning xudbinlikarni shu romanda yaqqol tanqid ostiga olgan. Afsuski bu narsalar bosh qahramon Hamidga ham ta’sirini korsatmay qolmaydi va u bir ahloqsiz qizga o’ralashib, unashtirilgan qizga toyi kuni tuhmat qilib ketib qolishi bilan tugaydi.
Adabiyotda ijodiy metodlarning muhim vazifalaridan biri bu – asarlarni shu metodda yozish orqali shu yonalishda chtag chiqmagan holda, chalkashlillar bolmasligi, va oquvchining shu yonalishda asar topa olishi yoki shu yonalishga qiziqishini oshiradi degan fikrdaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |