birinchi
nuqtai
nazari
–
intraindivid shaxsiy atributsiya: shaxs sub‘ektning o‗ziga xos bo‗lgan xossasi
sifatida tushuntiriladi; shaxs individ turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan
holatda bo‗ladi.
Ikkinchi nuqtai nazar
– shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va
mavjudlik sohasi bo‗lib xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi
sifatidagi interindivid shaxsiy atributsiya.
Ko‗rib
chiqishning
uchinchi
nuqtai
nazari
–
metaindivid shaxsiy atributsiya. Ushbu holatda individning o‗z faoliyati orqali
boshqalarga ko‗rsatadigan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ta‘siri ko‗zda tutiladi. SHaxsga
yangicha nazar bilan qaraladi: uning individ sifatlari qatoridagi muhim
xususiyatlarini faqat o‗zida emas, balki boshqa odamlardan ham izlash taklif
etiladi. Bunda shaxs boshqalarda ideal tarzda tasavvur etilishi, ularning o‗zga
turmush tarzi, uning shaxs sifatida alohidalanishida yuzaga keladi.
Bunday ideal tasavvur etishning mohiyati – sub‘ekt faoliyati yoki uning
hamkorlikdagi faoliyatini yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va affektiv-
ehtiyojiy sohasidagi real faol o‗zgarishlardan iborat. Bunday holatda gap shaxsning
boshqalarda o‗z hayotini davom ettirishi mumkin bo‗lgan faol jarayon haqida,
boshqalarda o‗zining davomiyligini ko‗ra bilishi haqida ketadi. Individ o‗limidan
so‗ng shaxs butunlay yo‗qolib ketmasdan o‗zgalar hayoti bilan davomiyligini
saqlab
qoladi. A.S.Pushkin so‗zlarini
esga
olsak:
«Yo‗q, butunlay
o‗lmayman … dunyoda bitta bo‗lsa ham shoir qolmagunicha».
SHaxsning psixologik tuzilishini quyidagi ko‗rinishda tasavvur etish mumkin
(1 rasm).
Inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi – hozirgi zamon
psixologiyasining markaziy muammolaridan biri. Psixologiya fanining bunyodga
kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar
o‗rtasidagi mavjud bo‗lishi mumkin bo‗lgan aloqalar ko‗rib chiqildi. Psixik taraqqiyot
to‗laligicha ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo‗lgan muayyan jarayon sifatida,
ham faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning
intividga ko‗rsatadigan parallel ta‘sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi.
SHunday qilib, ijtimoiy, psixik va biologik nisbatlarni turli xilda izohlovchi
konsepsiyalarning bir nechtasini ajratish mumkin.
Psixik taraqqiyotning ichki ta‘sir natijasida vujudga kelganligini isbot qiluvchi
konsepsiyalar guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar bilan bog‗liq
bo‗lmagan, o‗zining ichki qonunlariga to‗laligicha bo‗ysunadigan hodisa sifatida
o‗rganiladi. Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai nazaridan inson organizmiga psixik
faoliyatning qandaydir «sig‗imi» sifatida o‗rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar
ko‗proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e‘tirof etuvchi mualliflar ishlarida
uchratamiz.
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir
bo‗ladigan hodisaning chiziqli funksiyasi sifatida o‗rganiladi. Bu konsepsiyalarga
asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning barcha xususiyatlari
biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning taraqqiyoti esa biologik
qonunlarga bo‗ysunadi. Ko‗p hollarda bu konsepsiyalarda psixik taraqqiyotni
tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni qo‗llaniladi, bu
qonunga ko‗ra, individ taraqqiyoti o‗zi tegishli bo‗lgan tur evolyusiyasining asosiy
ko‗rinishlarida amalga oshiriladi. Ushbu e‘tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda
mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‗lmasligi, barcha ruhiy hodisalarni biologik
(fiziologik) tushunchalar yordamida ta‘riflash yoki tushuntirish mumkinligi haqidagi
fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning fiziologlar o‗rtasida juda keng
tarqalganligini alohida ta‘kidlab o‗tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai
nazarning tarafdori edi.
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‗lib, ular ham rekapitulyasiya
g‗oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o‗zgacha tarzda namoyon bo‗ladi. Ushbu
konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi jamiyat tarixiy
rivojlanishi, avvalambor, ma‘naviy hayot, madaniyatning taraqqiyoti jarayonining
asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‗z tasdig‗ini topgan.
SHunga o‗xshash konsepsiyalarning mohiyatini V. SHtern yanada yorqin tarzda
ifodalagan. U taklif etgan ta‘limotda rekapitulyasiya tamoyili ham hayvonlar psixikasi
evolyusiyasini, ham jamiyat ma‘naviyatining taraqqiyoti tarixini qamrab oladi. Uning
yozishicha: «Inson individi go‗daklik davrining birinchi oylarida tuban hissiyotlarning
ustunligi holatidagi anglanmagan refleksli va impulsli mavjudligi bilan sut emizuvchi
bosqichini egallaydi; ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish
faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va ikki
yoshda gavdani tik tutib yurish va nutqni egallagandan so‗ng oddiy insoniy holatga
erishadi. O‗yin va ertaklarning birinchi besh yilligida u ibtidoiy halqlar bosqichida
turadi. So‗ngra maktabga o‗qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka ma‘lum
majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu insonning davlat va iqtisodiy
tashkilotlarga ega bo‗lgan madaniyatga a‘zo bo‗lishining ontogenetik
taqqoslanishidir. Maktab davrining birinchi yillarida ko‗hna va qadimgi olamning
oddiy mazmuni bola ruhiga o‗ta mutanosibdir, o‗rta maktab yillarida diniy
madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat etuklik davrida YAngi davr
madaniyati holatiga mos keluvchi ma‘naviy darajalarga erishiladi».
Lekin, fikrimizcha, bunday o‗xshashliklar keltirilganida, har bir jamiyatda
tarixiy rivojlanib, har bir ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o‗ziga xos bo‗lgan ta‘lim va
tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda odamlarning har bir avlodi jamiyatning
ma‘lum bir rivojlanish bosqichiga to‗g‗ri kelib, o‗sha bosqichda tarkib topgan ijtimoiy
munosabatlarga kirishadi. SHuning uchun insonga o‗z taraqqiyotida bosib o‗tilgan
tarixiy bosqichlarni qisqartirilgan ko‗rinishda takrorlab o‗tirish shart emas.
Odamning ma‘lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech kim
tomonidan inkor etilmaydi. SHu bilan birga, inson ma‘lum ijtimoiy muhitda tug‗ilgani
uchun faqat biologik ob‘ekt sifatida emas, balki, ma‘lum jamiyat vakili sifatida ham
rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o‗zaro ta‘sirda bo‗lganliklaridan
psixologiya uchun o‗zaro aloqalarining xususiyatini aniqlash muhimdir.
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko‗p sonli
tadqiqotlar individ psixik taraqqiyotining boshlang‗ich sharti uning biologik
rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ ruhiy taraqqiyotining asosi
bo‗lgan ma‘lum biologik xossalar va fiziologik mexanizmlar to‗plami bilan dunyoga
keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar jamiyati sharoitida mavjud bo‗lgandagina
amalga oshishi mumkin.
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o‗zaro faoliyati va
o‗zaro ta‘siri muammosini ko‗rib chiqib, odam tuzilishining uch darajasini ajratish
mumkin, bular: biologik daraja, ijtimoiy daraja va ruhiy darajalardir. SHunday qilib,
shuni ko‗zda tutish lozimki, gap uchlikdagi: «biologik – ruhiy – ijtimoiy» o‗zaro
ta‘sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha aytganda, shaxs tuzilishidagi biologik – ruhiy –
ijtimoiylik uzluksiz birlikni tashkil etadi.
Mashhur rossiyalik ruhshunos B.F. Lomov, shaxs shakllanishi muammosini
tadqiq qilib, shaxsdagi biologik va ijtimoiy nisbatning barcha murakkabligi va turli
mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. Uning bu muammoga qarashlari quyidagi
asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, individ taraqqiyotini tadqiqi etib, alohida
ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan chegaralanib bo‗lmaydi. Barcha ruhiy vazifalar
shaxs shakllanishi va taraqqiyoti ma‘nosida ko‗rib chiqilishi lozim. SHu munosabat
bilan biologik va ijtimoiy nisbat muammosi organizm va shaxs nisbati muammomi
sifatida namoyon bo‗ladi. Ikkinchidan, shuni nazarda tutish lozimki, bu
tushunchalardan biri biologik fanlar doirasida, ikkinchisi esa ijtimoiy fanlar doirasida
shakllangan. Lekin ikkovi ham odamga ham Homo sapiens turining vakili
sifatida, ham jamiyat a‘zosi sifatida munosabatda bo‗ladi. SHu bilan birga, bu
tushunchalarning har birida inson xususiyatlarining turli tizimlari: organizm
tushunchasida – inson individi tuzilishi biologik tizim sifatida, shaxs tushunchasida
esa – insonning jamiyat hayotida qatnashishi aks etgan. Uchinchidan, psixologiya
shaxs shakllanishi va taraqqiyotini tadqiq etib, shaxs – individning ijtimoiy sifati
ekanligidan kelib chiqadi, bunda odam inson jamiyatining a‘zosi sifatida namoyon
bo‗ladi. Individning bu sifati jamiyatdan tashqarida mavjud bo‗lolmasligidan,
«individ – jamiyat» munosabatlari tahlilidan tashqarida tushunish etish mumkin emas.
Individ shaxsiy xususiyatlarining ob‘ektiv asosi bo‗lib, uning o‗zi yashab, rivojlanib
kelayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimi xizmat qiladi. Va, nihoyat, to‗rtinchidan,
shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayonini inson tomonidan ushbu jamiyatda
ma‘lum tarixiy bosqichda tarkib topgan ijtimoiy dasturlarning o‗zlashtirilishi sifatida
ko‗rib chiqish zarur. Bunda jamiyat tomonidan bu jarayonning maxsus ijtimoiy
institutlar, birinchi navbatda, ta‘lim va tarbiya tizimi yordamida yo‗naltirilishini
ko‗zda tutish lozim.
Bundan kelib chiqqan holda quyidagi xulosani keltirish mumkin: individ
taraqqiyoti xususiyatlarini belgilovchi omillar tizimli xususiyatga ega bo‗lib,
yuqori dinamika bilan ajralib turadilar, ya‘ni, rivojlanishning har bir bosqichida
turli xil o‗rinlarni egallaydilar.
SHaxs psixologiyasi taraqqiyotini uch davrga ajratish mumkin, bular:
falsafiy-adabiyot, klinik va tajribaviy.
Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan
bo‗lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs
psixologiyasining asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati
haqidagi masalalardan iborat bo‗ldi. SHaxs haqidagi birinchi ta‘riflar etarli
darajada kengroq edi. Ular o‗z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan
o‗ziniki bo‗lgan: uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori,
madaniyati va h.k.larni jamlagan edi.
XIX asrning birinchi o‗n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan
faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug‗ullana boshladi. Ular
birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda
kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida
bemor hayoti tarixini o‗rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda
odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo‗ldi. Keyinchalik ular tomonidan
aniqlangan o‗ziga xos xususiyatlar sog‗lom odamlarning deyarli barchasida
mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‗ta kuchli tarzda
ifodalanishi
aniqlandi.
Bu,
masalan,
xavotirlik
va
rigidlik,
zatormojennosti va qo‗zg‗aluvchanlik holatlariga tegishlidir.
SHaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar
bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik,
ham aksentuirovannuyu
shaxsga
ta‘rif
berish mumkin
edi. SHunga
qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb
hisoblanmaydi. Bunday yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta‘riflash uchun
juda qisqa va etarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq
ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo‗lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan
edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini
keltirish mumkin.
XX asrning dastlabki o‗n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson
holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‗ullanayotgan psixologlar
tomonidan o‗rganila boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal
olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega
bo‗lish maqsadida ma‘lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash
qo‗llanildi. SHu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib
shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi
navbatdagi vazifa bo‗lib qoldi.
SHaxsga tegishli bo‗lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan
yondoshuvlarning turli xillari mavjud. Masalan, R.S. Nemov shaxsga doir
nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos bo‗ladigan
besh ko‗rsatkich bo‗yicha baholanishi mumkin. Bularga hulq-atvorni tushuntirib
berish usuli; shaxs haqida ma‘lumotlarga ega bo‗lish usuli; shaxsga burchak
ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab beruvchi tushunchalar kabi
ko‗rsatkichlar kiradi.
Mavjud bo‗lgan shaxs nazariyalarining barchasini hulq-atvorni tushuntirib
berish usuli bo‗yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |