Nazariy savollar:
1.Adabiyotshunoslikning qanday tarkibiy qismlarini bilasiz?
“Adabiyot tarixi”,”Adabiy tanqid” va “Adabiyotshunoslik metodologiyasi” adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi bo’lib,ularning yutuqlari asosida “Adabiyot nazariyasi”fani bunyodga keladi.
2.Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslik tarkibiy qismi ekanligini qanday metodlaysiz?
Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi sanaladi.Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning yaratilishi haqidagi qonun-qoidalar haqidagi fandir.Unda badiiy adabiyotning spetsifikasi,hayot bilan aloqasi,ijtimoiy-estetik qimmati,badiiy asarning tuzilishi,ijodiy jarayon hamda badiiy metod masalalari o’rganiladi.Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari,baholash mezonlari,tahlil metodlarini ishlab chiqadi.Adabiyotshunoslik esa badiiy adabiyotning kelib chiqishi,mavjudligi,qonuniyatlari,ijtimoiy aloqalarini chuqur va etroflicha o’rganadi.
Shundan kelib chiqadi-ki,hech gumonlarsiz adabiyot nazariyasini adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi deb bemalol ayta olamiz.
3.Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari o’rtasida qanday munosabat bor?
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasida aloqa juda muhimdir.Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasidagi bu uzilmas aloqaga XIX asrdayoq N.G.Chernishevskiy katta e’tibor qilgan edi: “San’at tarixi san’at nazariyasiga asos bo’lib xizmat qiladi,keyin san’at nazariyasi san’at tarixining yana ham mukammalroq,yana ham to’laroq ishlanishiga yordam beradi.Tarixiy ishlash nazariyasining ham mukammallashuviga xizmat qiladi.Nazariya va tarixning bu bir-biriga foydali ta’siri so’ngsiz davom etadi.Predmetning tarixisiz predmetning nazariyasi bo’lmaydi.”
Demak,adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasiga xitoy devoir qo’yib qo’ymaslik kerak.Nihoyat,eng muhimi,an’anaviy tarzda farqlanuvchi uch sohaning har biri badiiy adabiyot bilan bog’liq muayyan masalalar majmuini o’z oldiga maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda o’rganadi;ayni bu sohalar o’zaro mustahkam aloqada bo’lib,bir-birini to’ldiradi,bir-biriga manba yaratadi,asos bo’lib xizmat qiladi va shu tarzda yagona bir tizim-adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi.
4.Jamiyat badiiy madaniyatini o’stirishda bu fanning ahamiyati nimada?
Adabiyot nazariyasi jamiyat badiiy madaniyatini o’stirishda,san’atkorlarning ijodiy tajribalariga,taraqqiy etgan adabiyotlar tendensiyalariga asoslanadi.Badiiy adabiyot,uning jamiyat badiiy madaniyatida tutgan o’rni va ahamiyati juda beqiyosdir.
5.Nazariya qanday yuzaga keladi?
Nazariya-bilimning biror sohasiga oid asosiy g’oyalar tizimi;voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida butun bir tasavvur beradigan bilim shakli.
Nazariya:
Fanda-biror hodisa va faktlarni izohlovchi va bashorat qila oluvchi bilimlar tizimi,sxemasidir.
Nazariya borliqning muayyan sohasiga oid bo’lgaan tajribalardan umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |