o‗zaro munosabatlarga kirishishi natijasida unda o‗zi haqida tasavvur paydo
bo‗ladi. Lekin o‗zini baholashning shakllanishi nizolilarsiz o‗tmaydi. Ko‗p
hollarda atrofdagilarning baho berishi o‗zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson
ko‗pda atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o‗z fikrida qolishdan birini tanlay
olmay, qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo‗ladi, buni
Rodjers «jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola
organizmida bo‗lib o‗tadi, ya‘ni, bu erda biz yana bir bora tug‗ma sifatlar
tushunchasi bilan to‗qnashamiz.
Psixologiyadagi umuminsoniy yo‗nalishning
boshqa vakili amerikalik
ruhshunos Abraxam
Xarald
Maslou bo‗ladi. Uning
nuqtai
nazariga
ko‗ra, insonning
asosiy
ehtiyoji – bu
o‗zini
dolzarblashtirish, o‗zini
mukammallashtirish va o‗zini namoyon etish. A. Maslouning yozishicha: «O‗zini
dolzarblashtiruvchi odamlarning barchasi qandaydir faoliyat bilan mashg‗ul
bo‗ladi … Ular bunga berilgan bo‗lib, ular uchun bu ish juda qadrli – bu o‗ziga
xos layoqat». Bunday turga mansub odamlar yuksak qadriyatlarni amalga
oshirishga
intiladilar (ular
ichida –
yaxshilik, haqiqat, insoflilik, go‗zallik, haqqoniylik, etuklik va boshqalar), bunday
odamlar uchun bular hayotiy muhim ehtiyoj bo‗lib xizmat qiladi. SHaxs
tuzilishi Maslou bo‗yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan iborat. Bu
ehtiyojlarni
tubandan
yuqoriga
sanab
o‗tamiz:
fiziologik (organik) ehtiyojlar, xavfsizlikka bo‗lgan ehtiyojlar, mansublilik va
muhabbatga bo‗lgan ehtiyojlar, hurmat qilish ehtiyojlari, bilish
ehtiyoji, estetik
ehtiyoj va o‗zini dolzarblashtirish ehtiyojlari.
YUksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo‗lgan o‗zining barcha
qobiliyatlarini to‗la rivojlantirish, ma‘nan o‗sish va ahloqiy yuksalishga intilish
kabi dolzarblashtirish ehtiyojlari bildiradigan xususiyatga ega bo‗ladi.
Inson ehtiyojlar darajasi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida egallagan
o‗rnining o‗zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq darajadagi
ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz darajada bo‗lsa, ham
qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb ehtiyojga
aylanadi; agar
insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida, uning yaxlit ehtiyojlar
darajasi ham qaytadan tuziladi.
Maslou fikricha, o‗zini dolzarblashtirish — bu doimiy taraqqiyot va o‗z
imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayoni. Maslou o‗zini dolzarblashtirish –
tug‗ma hodisa bo‗lib, inson tabiatiga kiradi deb hisoblaydi. Inson yaxshilik,
ahloqiylik, samimiylikka bo‗lgan ehtiyojlar bilan tug‗iladi. Ular insonning asosini
tashkil etadi, va odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni bilishi kerak bo‗ladi.
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma‘lum bo‗lgan tadqiqotlar L.S.
Vigotskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bog‗liq. SHaxs muammosini
hal etishga A.N. Leontev va L.I. Bojovich katta hissa qo‗shganlar.
L.S.
Vigotskiy, L.I. Bojovich tomonidan kiritilgan etakchi faoliyat va
taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko‗rish bola
hayotining turli davrlarida faoliyatning o‗zaro ta‘siri va shaxslararo muloqotning
murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma‘lum nigoh
bilan qarash shakllanishini ko‗rsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim
xususiyatlaridan biri, faoliyat etakchi motivlari yig‗indisi sifatida tushuniladigan
taraqqiyotning sharti bo‗lib hisoblanadi.
A.N. Leontev o‗zining markaziy o‗rinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs
tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. L.I. Bojovichning konsepsiyasiga
o‗xshash, bu
konsepsiyada ham, shaxsning asosiy ichki xususiyati shaxsning
motivatsiya sohasi bo‗lib hisoblanadi. Uning nazariyasidagi muhim tushuncha
inson faoliyati maqsadlarining uning motivlariga, ya‘ni, ayni damda bevosita
qo‗zg‗atuvchiga yo‗nalganlikka bo‗lgan munosabatini
ifodalovchi shaxsiy
mohiyatdir. SHaxsga tegishli bo‗lgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman
bo‗lsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning o‗zi esa shunchalik
ma‘nan boy bo‗ladi.
Xulosa o‗rnida, shaxs bo‗yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib
borilayotganini ta‘kidlab o‗tish joiz. Hozirgi zamon
tadqiqotlarining muhim
xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan
iborat.
Ijtimoiy munosabatlar tizimida odamlar bilan o‗zaro muloqotga kirishgandan
so‗ng inson o‗zini atrofdagi muhitdan ajratadi, o‗zidagi jismoniy va ruhiy holatlar,
harakatlar va jarayonlarning sub‘ekti sifatida his etadi, shaxsan o‗zi
uchun «boshqalar» qarshisida turgan, shu bilan birga, ularga bevosita bog‗liq
bo‗lgan «Men» sifatida namoyon bo‗ladi. SHaxsan «Men» mavjudligining
sub‘ektiv kechinmasi, avvalambor, insonning hozirgi, o‗tgan zamon
va kelajakda
shaxsan
o‗ziga
nisbatan o‗zining
Do'stlaringiz bilan baham: