Falsafa fanining uslubiy vazifasini izohlash uchun avvalo uslub (metodologiya) tushunchasini bilib olish
lozim. Metodologiya — falsafa fanining tadqiqot ob’ektini o’rganishga yo’naltirilgan eng umumiy tamoyillar,
usul va vositalar tizimidir. Metodologiya so’zining mantiqiy mazmuni ham borliqni bilishning usul va vositalari
haqidagi ta’limot, degan ma’noni anglatadi. Shu ma’noda falsafa boshqa fanlar uchun metodologiyadir.
Falsafaning gnoseologik vazifasi, uning borliqni bilish uchun umumiy metodlar tizimini yaratishi bilan
bog’liq. Bunda bilimlarning haqiqiyligi masalasi asosiy o’rin tutadi. Falsafaning gnoseologik funktsiyasi, ong va
dunyoni bilish masalasiga bag’ishlangan ma’ruzalarimizda ancha batafsil ma’lumotlar berish ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |