Falsafaning evristik funktsiyasi («evrika» grekcha so’z bo’lib, kashf etish, degan ma’noni anglatadi)
gnoseologik vazifasi bilan bog’liq bo’lib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy yangi
qonuniyatlarini kashf etishni xarakterlaydi. Shu bilan birgalikda bu funktsiyaga o’zini o’zi anglashni, milliy
o’zlikni anglashni ham kiritish maqsadga muvofiq. Zero, inson va millatning o’zligini anglashi o’z tarixining
haqqoniy qirralarini va kelajak istiqbollarini kashf etish bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |